“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
10
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI
BAYRAMI KUNI
TIL-MILLAT QALBI, RUHIYAT
VA MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI
Usmonjon Qosimov –
fil.f.d., Jizzax davlat pedagogika instituti
Sobir Ahmedov –
fil.f..falsafa d., Jizzax davlat pedagogika instituti
Donishmandlar tomonidan aytilgan ko‘hna
bir haqiqat bor: tog‘ cho‘qqilarining yuksakligi
ularga olisdan qaralganda, yanada yaqqolroq
ko‘zga tashlanadi. Bu tashbehni “O‘zbek tilimizning
davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Jizzax davlat
pedagogika instituti 2019-yil, 21-oktyabrdagi
va 21-oktyabrni “O‘zbek tili bayrami kuni” deb
nishonlash to‘g‘risidagi tarixiy Farmonlarga
nisbatan ham qo‘llash barcha hamyurtlarimizning
ham dilidagi haqiqatni ifodalashi mumkin. Bu
tarixiy voqeaning xalqimiz
madaniyati va yosh
avlodning kamoloti uchun nechog‘lik katta ijtimoiy-
siyosiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi yillar
o‘tgan sari yanada yaqqolroq namoyon bo‘lib
borishi shubhasizdir. Mustaqilligimiz sharofati
bilan hayotimizning deyarli barcha jabhalarida
ulkan islohotlar, ijobiy o‘zgarish va yangilanishlar
jarayoni boshlandi. Ayniqsa,
Istiqloldan keyin ona
tilimiz va adabiyotimizni chuqur o‘rganishga e’tibor
har qachongidan ham kuchayganligi o‘zining
ulkan samarasini bermoqda. Xalqimizning o‘zligini
anglashida va ma’naviyati yuksalishida ona tili va
adabiyotimizning o‘rni va ahamiyati beqiyosligi
muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev nutq-
ma’ruzalari va asarlarida alohida ta’kidlangani
bejiz emas.
Jahon madaniyati va adabiyoti tarixiga
nazar tashlasak, shunday bir haqiqatning guvohi
bo‘lamiz: ulug‘ adib va mutafakkirlar
hamisha
o‘z milliy tilining ravnaqi va istiqboli uchun faol
kurashganlar. Ayni paytda, ko‘plab Sharq va G‘arb
tillarini ham o‘rganib, o‘z asarlarida va nutq-
maqolalarida ulardan oqilona foydalanganlar
va shu yo‘l orqali ham ona tilimiz va milliy
tafakkurimizni boyitishga xizmat qilganlar.
O‘zbek tilining xalqaro
nufuzi va
ravnaqi ma’naviyatimiz rivojining asosiy omili
ekan, beqiyos tilimiz va adabiy merosimizni
chuqur o‘rganish zarurati hozirgi globallashuv
sharoitida yanada ortadi. So‘z san’ati barcha
zamonlarda ham adabiyotning, demakki,
tilshunoslik va adabiyotshunoslikning ham mangu
muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Mumtoz shoir-
yozuvchilar va adabiyotshunoslar “Adabiyot-
so‘z san’ati”, “Adabiyot tildan boshlanadi”,1 “Til-
adabiyotning asosiy quroli” deb ta’riflashlarida
ham chuqur haqiqat mujassam. Ulug‘
adiblar
1 Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Т.: 2014, 69-б.
badiiy asar tiliga va undagi har bir so‘z-iboraga
alohida e’tibor bilan qarashgan. Bu qutlug‘ adabiy-
estetik an’analar zamondosh adiblar va tanqidchi-
adabiyotshunoslar tomonidan ijodiy davom
ettirilayotgani ham so‘z san’ati rivojining muhim
omilidir. Chunki so‘z-eng avvalo, fikr-tuyg‘u va
ijoddir.
Yangilanayotgan
O‘zbekistonimizning
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida kun sayin
qadrlanib borayotgan bu tarixiy voqelik adabiyot va
ijod ahli zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Etuk shoir va yozuvchilarimizning asarlari matnini
va ularning so‘z san’atkorligini o‘rganishda bu
boradagi qadimiy ijodiy an’analarimizni, jumladan,
o‘tmishdagi aksariyat shoir va allomalar ikki tilda-
ham turkiy, ham forsiyda samarali ijod qilganliklarini
ham unutmaslik lozim. Binobarin, tilimiz va
adabiyotimizning buyuk
yalovbardori Navoiy, ayni
paytda, fors va arab tillarini ham mukammal bilgan
ligi uning favqulodda nodir iste’dodining yorqin
bir qirrasi edi. Ulug‘ shoirning boy va rang-barang
ijodi, jumladan, yuzlab ruboiylari ham fikrimizga
dalil bo‘la oladi. Ularning deyarli barchasiga xos
bo‘lgan yorqin fazilat bor: bu-ularning ham ma’nan,
ham shaklan poetik mukammalligi. Bunday
g‘oyaviy-badiiy mukammallikka erishishda, avvalo,
Navoiyning tilimizning serjilo va ma’nodorligi kabi
o‘ziga xos jihatlari va
imkoniyatlaridan mohirona
foydalangani ustuvor ahamiyat kasb etgan. Shu
bilan birga she’r va dostonlarida keng qo‘llangan
fors-arabcha so‘z- iboralarning ham muayyan o‘rni
borligini ta’kidlash joiz. “Muhokamat ul-lug‘atayn”
asarida “So‘z va iboradan maqsad ma’nodir”
1
deb
bilgan Navoiy turkiy va fors tillarining kamoli va
tafovutlarini yoritib, arab tili fasohati va badiiyat
ziynati yuksak qadrlashini ham e’tirof etadi. Bu
ilmiy-nazariy fikr qanchalar asosli ekanligiga ulug‘
shoir yaratgan ruboiylari misolida ham ishonch
hosil qilish mumkin:
Dostları ilə paylaş: