Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   216
2021 4-son

TAHRIRIYAT MINBARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

OLIY TA’LIMDA TUB BURILISH: 
ELEKTRON TA’LIM IMKONIYATLARI
Botir To‘xtamishev –
 o‘quv ishlari prorektori, t.f.n., dotsent, Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya:
 Ushbu maqolada Jizzax davlat pedagogika institutida elektron ta’lim boshqaruvi va elektron ta’lim bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar yoritiladi. 
Аннотация:
В статье описаны изменения в управлении электронным обучением и электронным обучением на 
примере Джизакского государственного педагогического института. 
Abstract:
 The article describes changes in the management of e-learning and e-learning using the example of the Jizzakh State 
Pedagogical Institute. 
Kalit so‘zlar:
 Ta’lim, oliy ta’lim, elektron ta’lim, elektron boshqaruv, talaba, o‘quv jarayoni, elektron adabiyot, konsepsiya. 
Ключевые слова:
Образование, высшее образование, электронное обучение, электронное управление, студент, 
процесс обучения, электронная литература, концепция.
Keywords:
 Education, higher education, e-learning, e-government, student, learning process, e-literature, concept.
Oliy ta’limda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar talabalarga berilayotgan ta’lim 
sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki o‘quv 
jarayonini zamonaviy texnik vositalar, amaliy 
laborotoriyalar va multmedia imkoniyatlarini 
qo‘llash orqali tashkil etilishi darslarni 
qiziqarli va mazmunli olib borish imkoniyatini 
bermoqda. Shu bois ta’lim jarayoniga raqamli 
texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy 
etish oliy ta’limni rivojlantirishning ustuvor 
sohasi hisoblanadi. Hurmatli Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev oliy ta’limni rivojlantirishning 
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida axborot 
texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan kadrlarni 
tayyorlashni aytib o‘tdilar:
“Ayni paytda 
axborot texnologiyalari sohasini chuqur bilim 
va malakaga ega bo‘lgan, ulardan unumli 
foydalana oladigan zamonaviy mutaxassislar 
milliy iqtisodiyotimiz uchun nihoyatda 
zarur. Biz esa bu masalani chuqur anglagan 
holda, shu maqsadga erishish uchun jiddiy 
harakat qilishimiz shart”
1

Bunday kadrlarni 
tayyorlash uchun oliy ta’lim muassasalari ham 
o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan 
samarali foydalanishi zarur bo‘ladi.
2019-yil 8-oktabrda tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” 
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va 
zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha tegishli 
vazifalar keltirildi
2
. Jumladan, quyidagilarni 
amalga oshirish belgilab berildi:
w
raqamli iqtisodiyot uchun yuqori 
malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash 
tizimini tashkil etish;
w
zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining 
mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu 
borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini 
uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha 
1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. –Т.: Ўзбекистон, 2021. –Б. 230.
2 Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш Концепцияси // https://lex.uz/docs/4545884
sharoitlar yaratish;
w
ta’lim jarayonlarini raqamli 
texnologiyalar asosida individuallashtirish, 
masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, 
vebinar, onlayn, "blended learning", "flipped 
classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng 
joriy etish;
w
zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim 
dasturlarini tashkil etish;
w
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, 
seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish 
imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron 
axborot saqlovchilarga yuklovchi "E-MINBAR" 
platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim 
jarayonlarida "bulutli texnologiyalar"dan 
foydalanish;
w
masofadan turib foydalanish imkonini 
beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy 
etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida 
o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona 
fondi, axborot bazalaridan foydalanishini 
yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini 
uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini 
kengaytirish;
w
milliy elektron ta’lim resurslari 
yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron 
ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil 
etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar 
salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish
elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni 
mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida 
kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron 
resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish 
tizimini yaratish;
w
oliy ta’lim muassasasining konferensiya 
materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik 
va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-
texnik ma’lumotlar elektron bazasini yaratish
kelgusidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin