Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
30 
soatlariga bog‘lanib qolmasdan darsdan 
bo‘sh vaqtlari ham dars mashg‘uloti davomida 
olgan bilim ko‘nikma va malakalarini darsdan 
keyin qo‘shimcha ravishda mustahkamlasa, 
o‘z ijodiy qobiliyatlarini o‘quv ustaxonasida 
shakllantirsa, boyitsa maqsadga erishilgan, 
qaysidir yutuqlarni qo‘lga kiritishlarida asos 
bo‘lib xizmat qiladi.
Ijodkorlik – bu nafaqat xalq xo‘jaligi 
uchun zarur bo‘lgan ijobiy samarali texnik 
yechim, balki obyektiv borliqni bilish yo‘li 
hamdir. O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil 
qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga 
olish lozim. Ularning birinchisi – o‘quvchilar 
ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni 
rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, 
ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan, 
ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘zlari 
uchun tanish bo‘lgan jarayonlarda va amaliy 
faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish 
bilan belgilanadi. Odatda ijodkor o‘quvchilar 
eng yaxshi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga 
va amaliy tajribalarni egallashga intiladilar. 
Ijodkorlik faoliyatini eng yuqori natijasi sifatida 
ixtirolar ilmiy kashfiyotlar kabi, ma’lumotlarni 
tahlil qilish va qayta ishlash jarayonida 
yaratiladi.
O‘quvchining ijodkorlik qobiliyatini 
shakllantirishda STEAM va SMART ta’limidan 
foydalanish keng imkoniyatlarni yaratadi. 
Buning amaliy natijasi sifatida usbu ta’lim 
o‘z ichiga ijodkorlikning barcha parametr va 
ko‘rsatkichlarini qamrab olgan. 
«STEAM» abbreviaturasi (qisqartmasi) 
birinchi marta 1990-yillarda amerikalik 
olimlar tomonidan taklif qilingan, biroq faqat 
2000-yillardan faol qo‘llana boshlagan. 
«STEAM» Science – tabiiy fanlar, Technology – 
texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, 
Art – san’at, Mathematics – matematika 
ma’nolarini anglatadi. 
«STEAM – ta’lim» komponentlari 
quyidagilardan iborat: fanlararo integrativ 
yondashuv; ilmiy-texnik bilimlardan real 
hayotda foydalanish; tanqidiy fikrlash; 
o‘z kuchiga ishonchni tarbiyalash; faol 
kommunikatsiya va jamoaviy ish; texnik 
fanlarga qiziqishni rivojlantirish; loyihalarga 
kreativ va innovatsion yondashuv; texnik 
ijodkorlikka motivatsiyani rivojlantirish; kasbga 
erta yo‘naltirish; ta’lim oluvchilarni texnologik 
innovatsiyalarga tayyorlash kabi xislatlar 
o‘quvchining ijodiy qobiliyatlarini oshiradi.
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi 
kelgusida faoliyati yuqori texnologiyalar bilan 
“IT”, “Big Data” mutaxassislari, dasturchilar 
3 Abduraimova G.O. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “Texnologiya” fanini o‘qitishga tayyorlash yo‘llari va vositalari. // Pedagogika. – Toshkent, 2019. – №1. – B. 20 – 28.
kasblariga talab katta bo‘ladi. Bu kabi ijtimoiy 
buyurtmaga ta’lim tizimi robototexnika, 
dasturlash, modellashtirish (STEAM) 
to‘garaklari sonining ortishi bilan javob 
qilishini bugungi davr talab qilmoqda. Biroq 
ilmiy-texnik bilimlar yetarli emasligi haqida fikr 
tobora ko‘p takrorlanmoqda. Kelgusida “4K” 
(kommunikatsiya; kooperatsiya; kritik (tanqidiy 
fikrlash); kreativlik) XXI asr ko‘nikmalariga 
talab ortadi. 
Hozirgi vaqtda yuqori texnologiyali 
mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar 
zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga 
aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda 
robot dizayni, modellashtirish va dizayn 
loyihalashtirish ishlari yetakchi o‘rinni 
egallamoqda. 
Mamlakatimizning raqobatbardoshligini 
oshirish uchun ko‘proq texnik ta’lim talab 
etilayotganligi dolzarb muammolardan 
hisoblanadi. Bugungi kunda STEM ta’limi 
jamiyat va davlatning rivojiga katta hissa 
qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlash imkonini bermoqda. 
Ma’lumki, zamonaviy ta’lim tizimi, 
an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, amaliyotda 
o‘rganilayotgan ilmiy-nazariy va metodik 
uslubni kundalik hayotda qanday qo‘llash 
mumkinligini ko‘rsatishga imkon beradigan 
aralash muhit hisoblanadi. Matematika 
va fizika bilan bir qatorda o‘quvchilar 
robototexnika va dasturlashni o‘rganadilar. Bu 
jarayonda o‘quvchilar aniq va tabiiy fanlardan 
olgan bilimlarini texnologiya fanida amaliy 
natijasini shaxsan ko‘rib turadilar. 
STEAM ta’limining muhimligi shundaki, 
haqiqiy fan sohasida ta’lim sifatining pastligi, 
moddiy-texnika bazani yetarli darajada 
emasligi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning sust 
motivatsiyasi – bularning barchasi ta’lim 
tizimining eng katta muammosidir. Shu 
bilan birga, bosqichma-bosqich rivojlanib 
borayotgan davlatimiz yuqori texnologiyalar 
sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo‘nalishlari 
bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlashni talab qiladi. 
STEAM ta’limi negizida o‘quvchilarning 
muntazam ravishda bilimlarni o‘zlashtirish va 
ijodiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy 
faoliyat jarayonida bilimlarni olish, ulardan 
amaliyotda qayta foydalanish, ya’ni o‘yinlarda 
turli konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot 
elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid tadqiqot 
ishlarida amalga oshiriladi
3
.
STEAM ta’limi o‘quvchining rivojlanishini 
tashqi olam bilan bevosita bog‘laydi. Ma’lumki, 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin