Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   216
2021 4-son

31 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
texnologiya fani kundalik hayotimizda 
doimiy qo‘llaniladi, muhandislik esa uylar, 
yo‘llar, ko‘priklar va mashina mexanizmlarda 
o‘z aksini topgan biror bir kasb, kundalik 
mashg‘ulotlarimiz ozmi-ko‘pmi matematik 
hisob-kitoblar bilan bog‘langandir. 
STEAM ta’limiy yondashuvi o‘quvchilarga 
dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, atrofda 
ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy 
mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani 
anglab yetishga, o‘zi uchun yangi, noodatiy 
va qiziqarli narsalarni ochishga imkon 
beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali 
o‘quvchida qiziquvchanlikni rivojlantiradi. 
O‘zi uchun qiziqarli masalani aniqlab olishni, 
uning yechimini topishning algoritmini ishlab 
chiqishni, natijalarini tanqidiy baholashni, 
fikrlashni muhandislik stilini shakllantirishga 
olib keladi. Jamoaviy faoliyat olib borish 
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bularning 
barchasi o‘quvchi rivojlanishining yuqori 
bosqichga ko‘tarilishini va kelajakda to‘g‘ri 
kasb tanlashga zamin yaratadi
4
.
STEAM ta’limida fanlararo aloqa va 
loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, 
uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, 
muhandislik ijodiyotiga va matematikaga 
integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik 
bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik 
amalga oshiriladi. 
Provardida ilmiy texnik bilimlarni real 
hayotda qo‘llash taqozo etiladi. STEAM 
ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, 
bolalarga ilmiy-texnik bilimlardan real hayotda 
foydalanish namoyish qilinadi. Har bir 
darsda o‘quvchilar zamonaviy loyihalashga 
oid modellarni ishlab chiqadi, quradi va 
modelni takomillashtiradi. Ular aniq loyihani 
o‘rganadi, natijada real mahsulotning 
prototipini yaratadilar. Masalan, o‘quvchilar 
harakatlanuvchi sodda robotni yasashda 
muhandislik kasbi, muhandislik dizayni, 
elektrotexnik, konstruktor, loyihalash, 
texnologik jarayon, texnologik xarita kabi 
tushunchalar bilan tanishadilar. Tanqidiy 
tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va 
muammolarni yechish. 
STEAM dasturi, bolalar kundalik 
hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni 
yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy tafakkur 
va muammolarni yechish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. Masalan, bolalar tez yuradigan 
mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra uni 
sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan 
so‘ng kutilgan natijaga erishilmasa, uning 
4 Tarnoff John. STEM to STEAM. Recognizing the Value of Creative Skills in the Competitive. — [URL]: (http://www.huffingtonpost.com/john-tarnoff/stem-to-steam-recognizing_b_756519.
html
sabablari haqida o‘ylaydi va topadilar. 
Balki, g‘ildiraklarning kattaligi yoki ishlash 
mexanizmlari to‘g‘ri kelmagandir. Har bir 
sinovdan so‘ng mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etib boriladi. Ushbu jarayonlarning 
ketma-ketlikda amalga oshirilishi esa 
yosh ijodkorlarda o‘z kuchiga ishonch 
hissini ortishiga xizmat qiladi. O‘quvchilar 
robototexnika, mashina va samolyot modelini 
ishga tushirish va boshqa ishlarni bajarishda 
oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish 
uchun harakat qiladilar. Har bir sinovdan 
so‘ng modelni takomillashtirib boradilar. 
Oxirida barcha muammolarni o‘z kuchlari bilan 
yengib, o‘ylagan maqsadlariga erishadilar. 
Bu o‘quvchilar uchun ruhlanish, g‘alaba va 
quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng 
ular o‘z kuchlariga yanada ishonadilar. 
STEAM dasturi faol kommunikatsiya va 
jamoada ishlash bilan farqlanadi. Muloqot 
davrida o‘z fikrlarini bayon qilish va bahs-
munozara olib borish uchun erkin muhit 
vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot 
o‘tkazishga o‘rganadilar. O‘quvchilar doimo 
o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotda 
bo‘ladilar. O‘quvchilar har bir ish jarayonda 
faol qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab 
qoladilar. 
5-6- sinflarda STEAM ta’limining vazifasi, 
o‘quvchilarni texnologiya faniga bo‘lgan 
qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, 
bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini 
rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
STEAM mashg‘ulotlari juda dinamik va 
qiziqarli bo‘lsa, o‘quvchilar mashg‘ulot vaqtida 
zerikishmaydi va darsdan unumli foydalanadilar. 
Har bir jarayonni bajarish davomida loyihalarga, 
kreativ va innovatsion yondashuv asosidagi 
bosqichlarni bajarib borish talab etiladi. 
STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol 
(vazifa), muhokama, dizayn, qurish, sinovdan 
o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlar 
tizimli loyihalash yondashuvining asosi 
hisoblanadi. Turli imkoniyatlarning birgalikda 
mavjud bo‘lishi yoki birgalikda ishlatilishi 
o‘z navbatida kreativlik va innovatsiyaning 
asosi bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, fan va 
texnologiyaning birgalikda o‘rganilishi ko‘pgina 
yangi innovatsion loyihalarni yaratishga olib 
keladi. 
Ta’lim va karera orasidagi ko‘prik bu-
turli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda 
talabgor eng ko‘p bo‘lgan 10 ta mutaxassisdan 
9 tasiga aynan STEAM bilimlari zarur bo‘ladi. 
Bunday kasblarga: muhandis-kimyogar; neft 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
32 
bo‘yicha muhandislar; kompyuter tizimlari 
analitiklari; muhandis-mexaniklar; muhandis-
quruvchilar; robototexniklar va boshqalar 
kiradi. O‘quvchilarni texnologik innovatsion 
hayotga tayyorlashda STEAM ta’limi texnologik 
rivojlangan dunyoda yashashga tayyorlaydi
5

Texnologiyalar bundan keyin ham rivojlanishda 
davom etadi va STEAM ko‘nikmalar bu 
rivojlanishning asosi bo‘ladi. Ta’lim jarayoniga 
tatbiq qilinayotgan har bir metod va vositalar 
sifat darajasini oshirishga xizmat qilishi zarur 
bunday tushunchalardan “Kompetentlik”– 
tushunchasi dastlab ta’lim sohasiga psixologik, 
pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan 
tushuncha bo‘lib, zamonaviy atama sifatida 
qo‘llanilib kelinmoqda.
Ta’limning barcha bosqichlarida yangi 
pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, 
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 
samarali va oqilona foydalanish va yuqori 
samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat 
berish darkor. Jahon talablariga mos keluvchi 
raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashga, 
kelajak avlodni yuksak ma’naviyatga, ijtimoiy 
hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga 
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga, milliy 
qadriyatlarimiznning mohiyatini chuqur anglab 
yetadigan barkamol shaxslarni tarbiyalash 
yo‘lida ta’limning turli vosita va metodlaridan 
foydalangan holda ijodkor, izlanuvchan, fidoyi 
yoshlarni tarbiyalash lozim. Shuningdek 
o‘qituvchida ham mahorat va san’at bo‘lishi 
5 Хотунцев Ю.Л., Кожина O.A. Развитие творческих способностей учащихся в образовательной области «Технология»: Методические рекомендации для учителей и студентов 
факультетов технологии и предпринимательства. – М. МИПККРО, 1999. – 44 с.
6 Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари: - Пед.фан.док. ёзилган дисс. автореферати. – Т.: 2007, – 36 б.
kerakki, u o‘quvchilarni o‘ziga jalb eta olishi, 
darsini qiziqarli qilib o‘tishi va o‘quvchiga bilim 
va tarbiya bera olishi kerak. Hozirgi kundagi 
asosiy vazifalarimizdan biri o‘quvchilarni 
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida 
uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan 
turli tipdagi malakalarini samarali ravishda 
qo‘llashga o‘rgatish, ijod qila olish , mustaqil 
ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab 
topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni 
oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko‘zda 
tutilmagan noaniq, ya’ni muammoli vaziyatlar 
vujudga kelganda ish beradigan malakalarga 
alohida ahamiyat berish hamda egallagan 
bilimlarni kundalik turmushi jarayonida qo‘llay 
oladigan xususiyatlarni shakllantirishni 
tarbiyalashdan iboratdir
6
.
O‘quvchilarda bu xususiyatlarni 
tarbiyalashda, ayniqsa, texnologiya faniga 
oid bilim, ko‘nikma va malakalarning dars 
jarayonida singdirish bilan birgalikda ularda 
kompetensiyalarni ham shakllantirilishi lozim. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning 
jahon hamjamiyatida iqtisodiyotimizning 
raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq 
texnik va texnologik ta’lim talab etilayotganligi 
dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi 
kunda STEAM ta’limi jamiyat va davlatning 
rivojiga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin