ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 98 navoiyshunos va tasavvufshunoslar
nazdida olami kubro ko‘ngil, insonning
ruhiyat olami deb qarashadi. Vaholanki,
dunyodagi va koinotdagi barcha moddiy-
nomoddiy olamni butun borlig‘i-yu go‘zalligi
inson tafakkuri va ko‘ngli bilan idrok etilib,
bahramand bo‘linar ekan, olami kubro
aynan ko‘ngil olami ekanligini ham inkor
etib bo‘lmaydi. Zero Xudo Qurʼonda odamni
yaratib Yerda o‘z xalifamni yaratdim,
undagi mo‘jiza inson tafakkuri, ko‘ngli, aql-
zakovatida degan muqaddas kalomidan
ham shunday xulosa qilish mumkin.
Nomoddiy olamning muhim bir jihati –
ishq masalasi mutafakkir merosida asosiy
o‘rindaligini aytish lozim. Bu haqda Navoiy
“Mahbub ul-qulub”ning “ishq zikrida”gi
faslida aniq aytib ketgan. Unda ishq uchta
qism (darajaga) bo‘linadi:
Аvvalg‘i qism avom un-nos avom
ishqidur – derlar “Falon falong‘a oshiq
bo‘libdur”. Va bu navʼ kishi har navʼ kishig‘a
bo‘lsa bo‘lur, shag‘ab va iztiroblaricha
lazzati jismoniy va shahvati nafsoniy emas
va bu qismning biyikrak martabasi sharʼiy
nikohdirkim...”
Ikkinchi qism. Xavoss ishqidurkim,
xavvos ul ishqqa mansubdirlar. Ul pok
ko‘zni pok nazar bila pok yuzga solmoqdir.
Uchinchi qism. Siddiqlar ishqidurkim,
alar Haqning tajalliyoti jamolig‘a mazohir
vositasidin ayru vola va mag‘lubdirlar
10
.
“Xazoyin ul-maoniy”da, insonning yana
bir nomoddiy neʼmatdan bahramandligi va
u orqali olamning idroki xususida shunday
deydi:
Fayz agar olmas vujuding gulsitoni
atridin,
Shammai naqshi vujud imkon emas
imkon aro
11
Bu yerda Navoiy nomoddiy olamga
xos hid va hid bilish (shomia) organini
nazarda tutib, agar hid va hidni sezish
imkoni, xususiyati bo‘lmaganida edi,
olamni butunligida qusur bo‘lardi va uning
go‘zalligini ham to‘liq his qilib bo‘lmasdi,
deydi.
Olamdagi juda ko‘p narsalar odam
anglab yetmaydigan, nihon, pinhon qilib
yaratilganligi ko‘p o‘rinlarda aytilgan.
Xususan, “Xazoyin ul-maoniy”da jonni
10 Навоий. А. МАТ: 20 - жилдлик. 14 жилд. Маҳбуб ул-қулуб. - Тошкент: “Фан”, 1998. –Б. 65-71. 11 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 2 т. Наводир ун-ниҳоя. - Тошкент: “Фан”, 1987. – Б. 15. 12 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 2 т. Наводир ун-ниҳоя. - Тошкент: “Фан”, 1987. – Б. 10. 13 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 17 т. Насойим ул-муҳаббат. - Тошкент: “Фан”, 2001. – Б. 250-251. 14 Навоий. А. МАТ: 20 томлик. 17 т. Насойим ул-муҳаббат. - Тошкент: “Фан”, 2001. – Б. 250-251 nihonligi, yaʼni yashirinligi xususida:
Navoiyg‘a jon oshkoru nihonsen,
Zihi el nihoni sanga oshkoro
12
Ko‘ngil va tafakkurni – mirʼot - yaʼni
olamning o‘zida aks ettiradigan oyna,
ko‘zgu tarzida ham ifodalangan. Аslda,
o‘zbek tilida falsafaga oid manbalarda tez-
tez uchraydigan inʼikos so‘zi ham aks etish
so‘zidan olingan bo‘lib, uning o‘zagidir
Xotira, bilish, bilim, aql-idrok,
tajribaning effekti shundaki, kishi muayyan
bir xil narsani qayta-qayta o‘rganmaydi.
“Nasoyim ul-muhabbat” asarida,
mashhur mutasavvuf olim Muhammad
G‘azzoliy asarlari tahlilida uning falsafiy
qarashlari, xususan, borliq falsafasiga oid
fikrlarini, jumladan, moddiy va nomoddiy
borliq tafsilotiga qaratilgan quyidagi
parchani keltiradi.
“...Ruh hasti nestnamoydurki,
kishi anga yo‘l topmas va sultoni qohir
va mutasarrif uldur. Qolib aning asiru
bechorasidir. Har ne ko‘rsalar qolibdin
ko‘rarlar va qolib andin bexabar;
barcha olamg‘a olam qayyumi bila
ushbu misoldurki, olam qayyumi “hasti
nestnamoydur”ki olam zarrotidin hech
zarrag‘a vujud va qivom o‘zi bila emas”,
deyilgan
13
.
Shuningdek, Navoiy shu bobda,
G‘azzoliyning asarlaridagi borliqqa oid
falsafiy fikrlarini quyidagi parchada
keltiradi: “Girdborki(tuproq,chang), sofi
havoda yerdin qo‘par... Kishi anga boqsa
sog‘inurki, tufrog‘ o‘zin chirmaydur va
tebranadur va andog‘ emasdur. Balki ul
tufroqdin har zarra bila havodurki, aning
muharrikidur (harakatlanuvchi). Аmmo
havoni ko‘rsa bo‘lmas va tufroqni ko‘rsa
bo‘lur. Bas, tufroq muharriklig‘da nesti
hastnamoydur va havo hasti nestnamoy.
Tufroqqa harakatda musaxxarlig‘din
o‘zga yo‘qdur havo ilkida. Va saltanat
borcha havog‘adur va havoning saltanati
nopaydo”
14
.
Insoniyat ko‘plab ixtirolarini,
ayniqsa, aviatsiya sohasidagi ixtirolarini
qushlarning parvozi (uchishi, qo‘nishi) suv
hayvonlarining suzishi (baliq, delfin) holati
va harakatlariga qarab kuzatib yaratdi.
Raketalar va boshqa uchar asboblarning
IJTIMOIY FANLAR