Tafakkur ziyosi


YOSHLARDA YOT G‘OYALARGA QARSHI



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   216
2021 4-son

YOSHLARDA YOT G‘OYALARGA QARSHI 
KURASHDA MUSTAHKAM E’TIQODNI 
SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI
Umidjon Saidkamolovich Musayev –
 o‘qituvchi,TTA Urganch filiali 
Annotatsiya:
 Maqolada yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g‘oyaviy tahdidlar va ularning oldini olish, yoshlarning 
mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasi o‘rganilgan.
Аннотация:
В статье был проведен краткий научный анализ идеологических угроз, негативно влияющих на 
воспитание молодежи и их профилактику, формирование идеологического иммунитета молодежи
 Abstract:
 A brief scientific analysis was carried out on ideological threats that negatively affect the education of young 
people and their Prevention, the formation of ideological immunity of young people
Kalit so‘zlar:
 inson, insoniyat, g‘oya, tahdid, “ommaviy madaniyat”, fobiya, immunitet, ta'lim, tarbiya.
Ключевые слова:
человек, человечность, идея, угроза, "массовая культура", фобия, иммунитет, образование
воспитание.
 Keywords:
 human, humanity, idea, threat, "mass culture", phobia, immuneitet, education, upbringing.
Insoniyat XXIasrga qadam qo‘ydi. Yangi 
davrning tahdid va xavf-xatarlarini tobora 
kuchayotganligi muntazam ogoh va sezgir 
bo‘lishga undamoqda. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat 
bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning 
mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan 
turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan 
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, 
axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, 
kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish 
har qachongidan ham muhimdir”
1
.
Inson qalbi va ongini zabt etuvchi o‘zida 
yovuz va zararli g‘oyalar orqali namoyon 
bo‘layotgan g‘oyaviy ta’sir, oshkora mafkuraviy 
tazyiqlar teran fikrlashni taqozo etmoqda. 
Yoshlar tarbiyasiga raxna solishga intilayotgan 
ekstremizm, terrorchilik, missionerlik, 
prozelitizm kabi tahdidlarni chegara bilmasligi 
dunyo afkor ommasining kayfiyati, ruhiyati, 
dunyoqarashiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. 
Ushbu mafkuraviy-g‘oyaviy tahdid har 
qanday xalq va millatning o‘ziga xosligini rad 
etuvchi g‘oyani targ‘ib etmoqda
2
. “Ommaviy 
madaniyat” zamiriga e’tibor qaratilsa, u o‘zida 
tuban va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon 
etish orqali mamlakat taraqqiyotiga raxna 
solayotganligi tobora oydinlashmoqda. 
Axborot-tahliliy o‘rganishlarga ko‘ra, “ommaviy 
madaniyat” tarafdorlarining asl maqsadi milliy 
davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik 
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. 
18.10.2016
2 Mansur Musayev. Global miqyosda madaniyat ko’rinishida targ’ib qilinayotgan “Ommaviy madaniyat” tahdidi. Demokratlashtirish va inson huquqlari jurnali. Toshkent. 2017. №1 son. B-45.
3 Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. 30.06.2017
4 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch –T.:Manaviyat, 2013. B. 117
5 Falsafa: qomusiy lug‘at – T.:Sharq, 2004. B.
uyg‘otish orqali uning ma’naviy xavfsizligiga 
raxna solish orqali moddiy va ma’naviy 
boyliklarini egallashdan iboratdir.
Bu masala yuzasidan Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev shunday ta’kidlab 
o‘tadilarki, “ommaviy madaniyat” kabi 
xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar 
davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy 
qadriyatlarga putur yetkazmoqda”
3
. Albatta, 
“ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar suqilib 
kiradiki, sezmay va hatto bilmay ham qoladi 
inson.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, “...chetdan biz uchun 
mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy 
tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy 
madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini 
unutmasligimiz kerak”
4
. Bu hozirgi globallashuv 
sharoitida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
“Ommaviy madaniyatga falsafiy 
ma’noda ta’rif beradigan bo‘lsak, – madaniyat 
mavjudligining murakkab, hamma vaqt bir 
xil talqin qilinmaydigan o‘ziga xos shakli. 
Ommaviy madaniyatni G‘arb madaniyati bilan 
bog‘liq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni 
g‘oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi 
sifatida baholash-keng tarqalgan
5
”. 
Haqiqatdan ham biror bir tarixiy 
madaniyatni targ‘ib etmaydi, na ma’no, 
na mazmun va na bir asosli ketma ketlik 
bor. Faqatgina insonni o‘ziga tortuvchi 
IJTIMOIY FANLAR



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin