TALABALARNING MA’NAVIY IMMUNITETINI OSHIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ZARURATI Toshpo‘lat Boshbek o‘g‘li Nazarov – Maktab menejmenti kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyati oshib borayotgan ayni davrda ehtiyoj sezilayotgan ma’naviy immunitet hamda uning ahamiyati haqida, shuningdek, ma’naviy immunitetni oshirishda tarbiyaning roli, tarbiyaning samaradorligini kuchaytirishda ota-ona va o‘qituvchi hamkorligi masalalari haqida, ibrat na’muna tarbiyasining ahamiyatli ekanligi haqida so‘z boradi. Аннотация: В стате обсуждается необходимост духовного иммунитета и его важност в нынешнюю эпоху расширения доступа к социалным сетям, а также рол образования в повышении духовного иммунитета, сотрудничество родителей и учителей в повышении эффективности образования, образцовое образование имеет важное значение. Abstract: This article discusses the need for spiritual immunity and its importance in the current era of increasing access to social networks, as well as the role of education in enhancing spiritual immunity, parent-teacher cooperation in enhancing the effectiveness of education, exemplary education is important. Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya “manbasi”, internet, internet tarmog‘i foydalanuvchilari, ma’naviyat, ma’naviy immunitet, tarbiya muhiti, bola tarbiyasiga kompleks yondashuv, ma’naviyat mavqesi, “ommaviy madaniyat”, insonparvarlik, mehr-oqibat, adolatlilik, vijdonlilik. Ключевые слова: образование «источник» образования, Интернет, ползователи Интернета, духовност, духовный иммунитет, образователная среда, комплексный подход к воспитанию детей, рол духовности, «массовая култура», человечност, доброта, справедливост, сознателност. Keywords: education "source" of education, Internet, Internet users, spirituality, spiritual immunity, educational environment, integrated approach to child rearing, the role of spirituality, "popular culture", humanity, kindness, justice, conscientiousness. Kundan kunga jadal rivojlanib
borayotgan hozirgi zamonda ta’lim-tarbiya
masalalari hushyorlikni talab qilmoqda.
Yaqin tariximizga nazar tashlasak, asosiy
ta’lim-tarbiya “manbalari” bo‘lgan o‘qituvchi
va uning “hamrohi” bo‘lgan kitoblarning qadr-
qimmati juda yuqori, o‘qituvchi bamisoli
yo‘lboshchi, kishilik jamiyatidagi eng ziyoli
qatlam vakili, kimdadir bilimga ehtiyoj sezilsa,
o‘qituvchi uning uchun yagona najotkor
bo‘lgan. Ammo bugungi kunda bilimga
ehityoj sezilsa, globallashuv zamonining eng
ilg‘or “o‘qituvchisi” bo‘lgan internet darhol o‘z
javobini bera oladi. U orqali dunyoning bir
chetida joylashgan kutubxonaga ham kirib
borish mumkin.
Bugungi kunda butun yer yuzidagi
aholining yarmidan ko‘p qismi internetdan
foydalanadi. Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)
maʼlumotlariga ko'ra, “1997-2017-yillarda
100 nafar aholiga internet foydalanuvchilari”
grafigida zamon rivojlangani sari aholining
internetga munosabati o‘zgarib bormoqda
(x o'qi bo'yicha yillar, y o'qi bo'yicha
foydalanuvchilar soni 1-rasm).
Yurtimizda ham kundan kunga internetdan
foydalanuvchilar soni oshib borayotganligi
sababli internetdagi ma’lumotlarning milliy
tizimimizga ta’siri bizni sergak tortishga
majbur qilishi kerak. Internet cheksiz ummon
emas. Uning ham chegarasi bor.
Britaniyaning Netcraft kompaniyasi 2012-yilga
kelib Internetda 600 millionga yaqin sayt
mavjudligini hisoblab chiqdi. Keyingi har bir
yilda Internet-saytlar ko‘payib bordi. Real
bo‘lmagan darajada ko‘payib bordi. Axir har
kuni har xil mavzular bo‘yicha o‘n minglab turli
xil saytlar yaratiladi va o‘chiriladi. 2013-yilda
saytlar soni faol ravishda bir milliardga
erishmoqchi edi. Va 2014-yil boshida, yirik
monitoring kompaniyasining ma’lumotlariga
ko‘ra, saytlar soni taxminan 860 millionni
tashkil etdi!
2015-yilda saytlar soni 1 milliarddan
oshdi. Ammo foydalanuvchilarning taxminiy
hisob-kitoblari kuzatuvchi kompaniyalar
tomonidan ham amalga oshiriladi va ularning
ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yil oxirida ikki
IJTIMOIY FANLAR