Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
110 
ana shu xalq, yurt, davlat va elning umidi 
va kelajagi hisoblanadi. “Sog‘lom bola” 
shiori ostida yosh avlod uchun qilingan 
xizmat butun el-yurt kelajagi uchun, butun 
davlat, xalq kelajagi uchun qilingan xizmat 
bo‘ladi. Shuning uchun ham qadimdan 
har bir xalq,yurt, davlat o‘zining bolalariga, 
yoshlariga, kelajak avlodiga alohida e’tibor 
berib kelgan. Jumladan, Alloh taoloning 
ohirgi va mukammal dini, qiyomatgacha 
boqiy qoluvchi dini va barcha zamonlar 
va makonlarda insoniyatga ikki dunyo 
soadat yo‘lini ko‘rsatib beruvchi dini Islom 
ham bu masalada ilohiy ta’limotning eng 
mukammalini taqdim qilganlar. Ana shu 
nuqtayi nazaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
Islomda ham bolaning ruhiy-ma’naviy 
jihatdan, ham jismoniy jihatdan sog‘lom 
o‘sishi to‘g‘risida qayg‘urish bola hali 
dunyoga kelmasdan avval, balki homila 
bo‘lmasidan avval boshlanadi.
“Sog‘lom bola” shiori ostida eng 
muhim jihatlardan biri bu TARBIYAdir. 
Farzandni dunyoga keltirib unga eng 
chiroyli ism qo‘yib, uni voyaga barkamol 
inson qilib tarbiyalashda tarbiya muhim 
hisoblanadi
2
. Biz bilamizki, har bir oilada 
har xil tarbiyadagi farzandlar voyaga 
yetadi, ularning ba’zilari tarbiyali, odobli va 
fahm farosatli bo‘ladi, ba’zilari esa buning 
teskarisi. Bunga asosiy sabab oiladagi 
tarbiyaga bog‘liq.
Ota-ona farzandlarining hayotda har 
tomonlama go‘zal va kamchiliklardan 
xoli yashashlarini istashadi. Farzandlarini 
shu maqsadga yetkazish yo‘llarini axtarib 
yashashadi. Shu maqsadda yo‘lda to‘g‘anoq 
bo‘ladigan barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga 
intiladi. Аfsuki, baʼzi oilalarda bolaning 
risoladagidek inson bo‘lib yetishuvida 
moddiy neʼmatlarning o‘rnini yuqori 
baholab, tarbiyaning ahamiyatini unutib 
qo‘yishadi. Mutafakkirlarimizdan bizgacha 
yetib kelgan maʼnaviy manbalarda farzand 
tarbiyasi qachondan boshlanishi kerakligi 
haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad 
Yusufning shunday fikrlari bor: “Qadimdan 
odamlar insonni axloqi onadan 
tug‘ilganidan birga qo‘shilib tug‘iladimi yoki 
2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ruhiy tarbiya" “Hilol” nashr Toshkent 2019, 6 bet
3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tarbiya va xulq” mavzusidagi ma’ruzalari. 2020-yil https://youtu.be/sd90r6u9mqY
4 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sog’lom bola”, “Hilol” nashr Toshkent 2019, 82 bet
5 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tarbiya va xulq” mavzusidagi ma’ruzalari, 2020-yil https://youtu.be/sd90r6u9mqY
tug‘ilganidan keyin hayoti davomida o‘zi 
u xulqdan bu xulqdan o‘rnak olib yaxshi 
xulqli yoki yomon xulqli bo‘lib qoladimi” 
degan savolni o‘rtaga qo‘yib turlicha bahs 
qilganlar
3
.
Ba’zi toifalar inson bolalari onadan 
tug‘ilganda xulqi ona bilan birga qo‘shilib 
tug‘iladi deb fikr bildirgan va keyinchalik 
bundan hech narsa qolmaydi, onasidan 
qanday tug‘ilgan bo‘lsa shunday o‘sib 
voyaga yetadi. Tug‘ilganida unga yaxshi 
axloqlar qo‘shilib tug‘ilgan bo‘lsa yaxshi 
axloqli odam bo‘ladi. Yomon xulq bilan 
tug‘ilsa yomon xulqli farzand bo‘ladi deb 
o‘z fikrlarini aytib o‘tishgan.
Boshqa toifadagi odamlar esa 
aksincha, onasidan tug‘ilganda musaffo 
ravishda tug‘uladi, keyinchalik hayoti 
davomida o‘rganish, ta’lim olish, mashq 
qilish, ibrat olish kabi vositalar orqali go‘zal 
xulqli yoki yomon xulqli farzand bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad 
Yusuf bu fikrlarni umumlashtirib “Ikkala 
fikrlar ham noto‘g‘ri’’,- deb aytib o‘tganlar, 
chunki har bir farzand tarbiyani ta’siri 
ostida yaxshi tarbiyalansa yaxshi xulqlari 
rivojlanib, yaxshi axloqli odam bo‘ladi. 
Tarbiyasiz qolsa va axloqsiz tarbiya olgan 
bo‘lsa, asta-sekin axloqsizlik taraflari 
kuchayib axloqiy taraflari susayib, axloqsiz 
odamga aylanib qoladi deyiladi”,- deb o‘z 
fikrlarini aytib o‘tganlar.
Imomi G‘azzoliy o‘sha avvalgilari 
bilan tortishib aytadilarki, sizlar bir nazar 
solib qaranglar dunyoga odamlar otni 
o‘rgatishadi, otni o‘sha o‘zi xohlagan 
narsaga o‘rgatishadi, qanday qilib 
odamni o‘rgatish mumkin emas. Shuning 
uchun axloqqa e’tibor berishimiz kerak 
deydilar. Islomda bolalar tarbiyasi ota-
onaning eng ma’suliyatli va uzoq davom 
etadigan burchidir. Bunda albatta farzand 
tarbiyasiga uning tarbiyasiga diqqat 
e’tiborni qaratmasak, uning kelajagi qanday 
bo‘lishini ayta olmaymiz
4
. Shuning uchun 
ham farzandni dunyoga keltirishdan oldin 
tarbiyasiga e’tiborni qaratishimiz muhim 
ahamiyatga ega
5
.
Farzand tarbiyasi qanchalik erta 
boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik 
IJTIMOIY FANLAR



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin