119 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son leksikaga xos jihatlariga bog‘lab, uning
qo‘llanish muammolariga qarab chiqamiz.
So‘zlar o‘z ifoda mundarijasiga ko‘ra
bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘ladi. Adabiy
til va shevalarda mavjud bo‘lgan so‘zlar
ayrim sheva, dialektlarda boshqa ma’noda
qo‘llanadi
2
. Ko‘p ma’noli so‘zlar hodisasi
polisemiya deb ataladi.
So‘zning leksik ma’nosiga qo‘shimcha
tarzda subyektning his-tuyg‘u, kayfiyatini,
turli munosabatini ifodalovchi ma’no so‘zning
qo‘shimcha (konnotativ) ma’nosi deyiladi.
Masalan: yuz, aft, chehra
3
. Jamiyatdagi
insonlarning o‘zaro aloqa vositasi til leksikasi
hisoblanadi. Har qanday til ichki qonuniyatlar
asosida ham boyishi mumkin. Tillar uslubiy,
stilistik bo‘yoq va vaziyat taqozasidan qat’i
nazar insonlar muloqotida ma’lum holatlar
uchungina ishlatiladigan neytral so‘zlarni o‘z
ichiga oladi. Ana shunday so‘zlarni noadabiy
so‘zlar deb ataymiz.
Barcha uslublarning leksik asosini,
umum tomonidan qo‘llanuvchi so‘zlar
yoki neytral so‘zlar nomi bilan ataydilar.
Neytral leksika tarkibida u yoki bu uslubda
qo‘llanuvchi so‘zlar mavjud
4
.
Odatda, har bir so‘z ma’lum bir predmet,
belgi, harakat kabilarning nomi sifatida
paydo bo‘ladi. Keyinchalik u boshqa turdagi
predmet, belgi va harakatlarga tatbiq qilinadi,
natijada monosemantik so‘z polisemantik
so‘zga aylanadi. Polisemantik so‘zlarning
ma’nosi faqat kontekstda aniqlanadi.
Polisemiya deyarli barcha turkumlar
xos hodisadir:
1.Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding “Yuragim”, (Zulfiya)
Ushbu she’rdagi “Yuragim” so‘zi “yor”,
“jonon” ma’nosida berilgan.
Polisemantik so‘zlar ma’nolari o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi: Tunni ruh azobi bilan
o‘tkazgan Oftobxon “boshim og‘riyapti”
degan bahona bilan maktabga bormadi.
(T.Malik. iblis devori. 132-bet).
-Obbo, endi og‘rimagan boshimga
shu yetishmay turuvdi, - dedi. (T.Malik. Iblis
devori. 135-bet). (Insonning tana a’zosi
-bosh). Ko‘cha boshi (bosh-ko‘chaga javobgar
shaxs). Tashkilotning bosh direktori (bosh-
2 Ишаев А. Ўзбек диалектал лексикографияси. Тошкент, 1990. 101-бет. 3 Қиличев Э. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Бухоро, 2001, 63-бет. 4 Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек тилининг сўзлашув услуби. Тошкент, 1991, 49-бет. 5 Қиличев Э. Ўзбек тилининг практик стилистикаси. Тошкент. 1985, 23-бет. 6 Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек тилининг сўзлашув услуби. Тошкент, 1991, 96-бет. tashkilot rahbari). Ko‘rsatilgan misollardagi
bosh so‘zining asosiy ma’nosi inson
tanasidagi “bosh” so‘zi bilan bog‘langan.
Yozuvchi va shoirlar ko‘p ma’noli
so‘zlardan unumli foydalanishga harakat
qiladi. Chunki asardagi voqealarni yanada
aniqroq ochib berish uchun stilistik so‘zlardan
yaxshi foydalanadi.
Polisemantik so‘z ma’nolari orasidagi
aloqaning uzilishi natijasida omonim
vujudga keladi
5
. Demak, polisemantik
so‘zlardan farqi omonimlar boshqa-boshqa
tushunchalarni ifodalaydi. Omonimlar har xil
so‘z turkumlari bilan ifodalanadi. Masalan:
may (ichimlik, oy), yosh (ot, son), boy (sifat,
ot), kul (ot, fe’l), yot (sifat, fe’l, ko‘makchi fe’l);
Bek yiqilayotib bedorning oyog‘iga teparkan:
“Yot!” – dedi. (N.Ismoilov. 1-kitob, 119-bet).
Yulduz qopdagi pullarning hammasini yerga
ag‘dardi, uch-to‘rttasini ushlab ko‘rdi. Keyin
miyig‘ida kuldi. (N.Ismoilov 1-kitob, 121-
bet). Avval do‘q-po‘pisa qildi, keyin yalindi.
Ko‘z yosh to‘kdi (N.Ismoilov, 1 kitob, 126
bet). Insof qilinglar. O‘zlaring shu yoshda
bo‘lmagansilar (N.Ismoilov. 1kitob, 127-
bet). Men ham qizimni boy-badavlat xonaga
uzataman (N.Ismoilov, 1-kitob, 150-bet).
So‘zlar leksik ma’nosidan tashqari,
ko‘chma ma’noda ham qo‘llanadi. So‘zlar
ko‘chma ma’noda qo‘llanganda ma’lum
narsa va voqealarni atab, narsa va voqealarni
tasvirlash vazifasini ham bajaradi. Ko‘chma
ma’noli so‘zlar so‘zlashuv, badiiy, publitsistik
uslubda keng foydalanadi.
Polisemantik so‘zlar ma’no
ko‘chirishning metafora, metonimiya,
sinehdoxa turlarida uchrashi mumkin.
Stilistika so‘z qo‘llash yo‘llari bilan ish
ko‘radi, bunda so‘zning ko‘chma ma’nosi
jonlilik, obrazlilik kasb etadi va ifodalilikni
vujudga keltiruvchi leksik-semantik vositalar
troplarni (ma’no ko‘chirishi) vujudga
keltiradi
6
.
Troplar tinglovchi yoki kitobxonda turli
xil his-tuyg‘ularni shakllantirib, ularning fikrini
faollashtiradi.
Polisemantik so‘zlardan stilistik
maqsadlarda foydalanishda ularning asosiy,
o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolariga