117 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son chetlab o‘tgani yo‘q. Masalan, keyingi
yillarda mamlakatimiz sharoitida mavjud
bo‘lmagan ko‘plab o‘simliklar introduksiya
qilindi
15
. Maqsadli introduksiya, bir tomondan,
mintaqalar florasini bir-biriga yaqinlashtirdi,
ikkinchi tomondan esa, ulardagi o‘simliklar
dunyosida kechayotgan o‘zgarishlarga
o‘xshashlik ato qildi.
Beshinchidan, jahonning barcha
mintaqalarida hayvonot olamidagi
o‘zgarishlarning unifikatsiyalashuvi
kuzatilmoqda. O‘simliklar kabi hayvonot
olami ham o‘zining benihoya boyligi bilan
xarakterlanadi. Ma’lumotlarga qaraganda,
bugungi kunda olimlar tomonidan 1 million
600 mingdan ziyod hayvonlar turlari qayd
qilingan
16
. Ular mintaqalar bo‘ylab turli tarzda
joylashganini e’tirof qilmasak ham bo‘ladi.
Bir ekotizimga mavjud bo‘lgan hayvonlarning
boshqa ekotizimga ko‘chib o‘tishi hollari avval
ham bo‘lgan. Biroq o‘tgan asrning ikkinchi
yarmiga kelib bu jarayonlar sezilarli ravishda
jadallashdi, natijada mintaqalardagi fauna
qiyofalari bir-biriga yaqinlasha boshladi.
Oltinchidan, jahonning barcha
mintaqalarida qayta tiklanmas resurslardan
foydalanishning unifikatsiyalashuvi
kuzatilmoqda. Qayta tiklanadigan resurslar
tarkibida neft, gaz va ko‘mir alohida o‘rin
tutadi. Asrlar davomida asosiy resurs
vazifasini yog‘och mahsulotlari o‘tab kelgani
bizga ma’lum. XIX asrga kelib, sanoat
kapitalizmining taraqqiy topishi, ayniqsa qator
yetakchi mamlakatlarda sanoat inqilobining
sodir bo‘lishi mutlaqo o‘zga energetik resurslar
asosida ishlaydigan texnika vositalarining
ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Xususan, bug‘
mashinalarining vujudga kelishi ko‘mir
iste’molini, ichki yonish dvigatellarining paydo
bo‘lishi neftga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi. Gaz
iste’moli ham turli omillar ta’sirida yuksala bordi.
Ko‘mir, neft va gazdan ommaviy foydalanish
jahon iqtisodiyotining lokomativi vazifasini
o‘tadi, uning intensiv ravishda rivojlanishiga
zamin yaratdi, albatta. Biroq bu holat barcha
mintaqalar, rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyotini aynan ana shu
energetik resurslarga bog‘lab qo‘ydi. XX asrning
so‘nggi choragiga kelib, barcha mintaqalarda
qayta tiklanmas resurslardan foydalanish
xarakterida unifikatsiyalashuv hollari kuzatila
15 Ёзиев Л.Х. Интродукция болотного кипариса и метасеквойи в Узбекистан.- Т.: Фан, 2002. 16 Грант В. Эволюция организмов.- М.: Мир, 1985. boshlandi.
Ettinchidan, jahonning barcha
mintaqalarida “biomassa-texnomassa”
aloqadorligidagi o‘zgarishlarning
unifikatsiyalashuvi kuzatilmoqda. Ma’lumki,
biomassa deganda tabiiy shart-sharoitlarda
mavjud bo‘lgan barcha tirik organizmlarning
yig‘indisi nazarda tutiladi. Texnomassa esa
inson tomonidan sun’iy tarzda yaratilgan
narsalar yig‘indisini anglatadi. Har qanday
mintaqada ekologik vaziyat optimal holatda
bo‘lmog‘i uchun biomassa va texnomassa
o‘rtasida muayyan mutanosiblik, pozitiv
proporsionallik saqlanmog‘i kerak. Insoniyat
tarixi davomida biomassa va texnomassa
o‘rtasidagi mutanosiblik keyingisining
foydasiga asta-sekinlik bilan o‘zgara bordi.
Tarixiy taraqiyotning dastlabki bosqichlarida
sayyoradagi biomassa ulushi ancha
salmoqli, texnomassa esa ancha kichik edi.
Kishilik jamiyatidagi iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotning jadallashishi, xususan moddiy
ne’matlar ishlab chiqarishning intensivlashishi,
ular miqdorining oshishi, insoniyat qo‘li bilan
yaratilgan sun’iy muhitning kengayishi, eng
ahamiyatlisi, bunday ne’matlarni yaratish
va sun’iy muhitni takomillashtirish bilan
bog‘liq texnologiyalarning boyishi mazkur
mutanosiblikni o‘zgartirdi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ekologik vaziyat
deganda muayyan hududdagi tabiiy shart-
sharoitlar va resurslar, shart-sharoitlarning
inson turmushi uchun maqbulligi darajasi, uni
ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgartirayotgan
va o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan omillar
yig‘indisi nazarda tutiladi. U mintaqadagi er,
suv, iqlim, o‘simliklar, hayvonot olami, tabiiy
boyliklar ahvoli, tabiiy shart-sharoitlarning
inson turmushi uchun maqbulligi darajasiga
qarab aniqlanadi. Insoniyat tarixi davomida
turli ob’ektiv va antropogen omillar ta’sirida
muttasil o‘zgarib borgan ekologik vaziyat XX
asrning 70-yillaridan global tus ola boshladi.
Ekologik vaziyatning globallashuvi deganda
turli mintaqalardagi er, suv, iqlim, o‘simliklar
dunyosi, hayvonot olami, tabiiy boyliklari
tarkibi va rivojlanish tendensiyalarida, tabiiy va
sun’iy muhit orasidagi mutanosiblik darajasida
sodir bo‘layotgan unifikatsiya jarayoni nazarda
tutiladi.
IJTIMOIY FANLAR
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 118