“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
120
ko‘proq e’tibor beriladi.
1. Narsa va
voqealar orasidagi nisbat
o‘xshashlik asosida ma’no ko‘chishi metafora
hisoblanadi:
Qaynaydi o‘zligin yo‘qotib,
To‘zitar osmonga kumush chang
(Zulfiya “Shalola”).
“Bilaman. Odamlar bekordan bekorga
quloq qilinmayapti, odamlar bekordan-
bekorga azobga tortilmayapti”, deganlar.
(T.Malik. Iblis devori. Toshkent, 2007, 196-
bet). Uzoqda oltinlangan bug‘doyzorlar, paxta
dalalarni shartta kelib ufqqa sanchilgan
yo‘llar yaltirar, yaylovlarda ilon izi so‘qmoqlar
chuvalashib yotar edi (A.Muxtor. chinor, 10-
bet). Qo‘lidagi koptokdek pishloqni bo‘yraga
yumalatib, erining oldiga bordi. (A.Muxtor.
Chinor, 18-bet).
2. Metonimiya – bir-biridan farqlanuvchi
predmet, hodisaning o‘zaro
yaqinligi,
aloqadorligi tufayli dastlabki predmet nomi
boshqa predmet nomi bilan ataladi: -Bugun
suyuq ichmas ekansiz, bir cho‘liq bola
tayinladi, - pichirladi u alanglab (A.Muxtor.
Chinor. 22-bet). Shirin –
shirin gaplardan
gaplashib o‘tiring. (T.Malik. Iblis devori, 172-
bet).
3. Sinekdoxa metonimiyaning bir
ko‘rinishidan iborat ko‘chim bo‘lib, unda bir
qismi yoki bo‘lak orqali yaxlit, butun narsa
bildiriladi, yo aksincha, butun narsa,
hodisa
orqali bo‘lak haqida fikr ifodalanadi:
Shu yaqin o‘rtada ot pishqirdi. So‘ng
tuyoq ovozi eshitildi. (T.Malik. iblis devori.
201-bet). “Ahvoli yomon, xomilasi ikki-uch
oyligida og‘ir yuk ko‘tarib qo‘yibdi, - dedi
u (A.Muxtor. Chinor. 30-bet). Kunlar,
oylar
tubanlikda, g‘urbatda o‘tdi (A.Muxtor. Chinor,
37-bet) – Hech narsa qilmaydi, - deya
birdan Xonzodaning gapini bo‘ldi Shahlo,
-dadamning burnidan ip o‘tkazib olgansiz,
qayoqqa sudrasangiz, shu yoqa ketadi...
(N.Ismoilov. 1 kitob, 99-bet)”.
Yuqorida ko‘rsatilgan metoforadagi:
quloq (surgun), oltinlangan (rang), koptokdek
(yumaloq) metonimiyadagi: suyuq (ovqat),
shirin-shirin (so‘z), labiga (qirg‘oq),
sinekdoxadagi: tuyoq (ot), xomila (chaqaloq),
kunlar (yil, sana), burni (inson a’zosi) so‘zlar
o‘z ma’nolariga nisbatan ko‘chma ma’noda
qo‘llanib kelgan.
Xulosa qilib aytganda,
kollokvializmlarning paydo bo‘lishi ko‘chimlar
va polisemantik so‘zlarning keng ma’nolarda
qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Bu hodisa
hozirgi o‘zbek tili uslublari uchun xosdir.
Badiiy adabiyot tilida tasvirlanayotgan voqea,
hodisani individuallashtirish va baholashda
yozuvchiga va so‘z ustalariga so‘zlarni
o‘rinli qo‘llashlarida kollokvializmlardan
foydalanish katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: