“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
128
Takroriy so‘zlar grammatik yoki
denotativ semalarning o‘zgarishi asosida
hosil bo‘ladi. Ma’lum bir grammatik ma’noni
ifodalash uchun yasalgan takroriy so‘zlar
tub so‘zlar, yangi leksik ma’noni ifodalash
uchun yasalgan takroriy so‘zlar esa yasama
so‘zlar hisoblanadi. M., tez so‘zi “shaxtam,
jadal” semasiga ega, tez-tez so‘zi ham
tez-tez yurmoq, tez-tez ishlamoq kabi
birikmalarda “shaxtam, jadal” ma’nosini
bildiradi. Bu misollardan ma’lumki, tez
so‘zidan hosil qilingan takroriy so‘zning
lug‘aviy ma’nosi o‘zgarmagan. Takroriy
so‘zni hosil qilish asosida kuchaytirish,
ta’kidlash grammatik ma’nosi yuzaga
chiqqan. Tez yurmoq,
tez-tez yurmoq
birikmalaridagi sodda va takroriy so‘zlarni
bir xil leksik ma’no ifodalagani uchun
almashtirib qo‘llash mumkin,
ammo ular
grammatik ma’nosiga ko‘ra farqlanadi.
Ba’zan takroriy so‘z hosil qilinganda leksik
ma’noda o‘zgarish bo‘ladi. Ammo leksik
ma’nosining ayrim semalari o‘zgarib,
asosiy semalari saqlansa, bunday takroriy
so‘zlar ham tub so‘z hisoblanadi. M., 1.
Bemor tez-tez suv so‘rar edi. 2. U bizni
tez-tez yo‘qlab turardi. Bu gaplarda tez-tez
so‘zi “ko‘p
vaqt oralatmay, bot-bot, o‘qtin-
o‘qtin, qayta-qayta” ma’nolarini bildiradi. Bu
semalar “holat” semasiga aloqador bo‘lgani
bois, tez-tez so‘zining asosiy ma’nosida
o‘zgarish bo‘lmagan. Ushbu takroriy so‘zni
sodda so‘z (tez) bilan almashtirib qo‘llab
bo‘lmaydi. Tez so‘zi bosh ma’nosida
“holat” semasiga ega, tez-tez so‘zi berilgan
misollarda “holat” semasining emalari
bo‘lgan “bot-bot”, “qayta-qayta” ma’nolarini
bildirgan. Demak, bu so‘zlar semantik
jihatdan butun-qism munosabatiga ko‘ra
farqlanadi. Umumiy ma’nosiga ko‘ra yaqin
bo‘lgani bois bunday sodda va takroriy
so‘zlarni yasama so‘z deb bo‘lmaydi.
Taqlid so‘zlar nimaning holati
yoki tovushini bildirishiga ko‘ra “narsa”,
“harakat”, “belgi”, “miqdor” kabi semalarga
ega bo‘ladi. Ayniqsa,
takroriy taqlid
so‘zlarda bu semalar kuchli ifodalanadi.
M., Chak-chak (tommoq, tomchi), chalp-
chalp, chalp-chulp (loy kechmoq) so‘zlari
“harakat”, “narsa” semalarini bildiradi.
Bular potensial semalar bo‘lib, shu semalar
asosida yasama so‘zlar hosil qilinadi.
M., lo‘q-lo‘q, vov-vov, yalt-yalt kabi so‘zlar
“harakat”, “holat” semasiga ega bo‘lgani
uchun lo‘qillab, vovullab, yaltillab kabi
so‘zlar yasaladi, shar-shar so‘zi “narsa”
semasiga ega bo‘lgani uchun sharshara
so‘zi yasaladi. Bunday takroriy taqlid
so‘zlarning ayrimlari sodda yasama so‘zlar
bilan ma’nodosh bo‘ladi: lo‘q-lo‘q og‘ridi,
lo‘qqillab og‘ridi.
Olmoshlar ham taqlid so‘zlar kabi leksik
ma’no bildirmaydi. Nimaga ishora qilishiga
ko‘ra “shaxs”, narsa, o‘rin-joy, harakat, holat,
miqdor kabi ishora semalariga ega bo‘ladi.
Shuning uchun ba’zi olmoshlardan takroriy
so‘z hosil qilinganda turli
grammatik
ma’nolar yuzaga chiqadi. M., nima-nima,
kim-kim (nimalar, kimlar) kabi takroriy
so‘zlar ko‘plik ma’nosiga ega. Ayrim so‘roq
olmoshlarining ishora semalari asosida
leksik ma’no shakllanadi. M., qancha so‘roq
olmoshidan takroriy so‘z yasalganda (ritorik
so‘roq asosida) leksik ma’no shakllanadi.
Qancha so‘zi “miqdor” ishora semasiga
va shu semaning “ko‘p”, “oz” emalariga
ega. Shu
sema va ema asosida qancha-
qancha takroriy so‘zi yasaladi va bu so‘z
lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, “ko‘p” semasini
ifodalaydi. Shu jihatdan qancha-qancha
so‘zi ravish turkumiga ko‘chadi.
Polisemem leksemalarning
sememalarini takrorlash asosida ham
takroriy so‘zlar hosil qilinadi. Bunday
takroriy so‘zlarning ayrimlari yasama bo‘lsa,
ayrimlari tub so‘z bo‘ladi. Ko‘p ma’noli
so‘zlarning bosh (o‘z), ko‘chma ma’nolari
asosida yasama so‘zlar hosil qilinadi.
M., boshma-bosh yotmoq birikmasidagi
boshma-bosh takroriy so‘zi bosh so‘zining
o‘z (bosh) ma’nosi asosida hosil bo‘lgan.
Bosh so‘zi “tananing bo‘yindan yuqorigi,
oldingi qismi”, “kalla” ma’nosini bildiradi.
Boshma-bosh so‘zi yasalganda “bosh,
kalla” semalari qatoriga “holat” semasi
qo‘shiladi va boshma-bosh so‘zining
“boshni boshga qaratgan holatda” ma’nosi
hosil bo‘ladi. So‘z sememaning hokim
semasidagi (“boshni boshga qaratgan
holatda” sememasi so‘z birikmasi shaklida
bo‘lgani bois “boshni boshga qaratgan”
semalari tobe semalar,
holatda semasi
hokim sema bo‘ladi) bunday o‘zgarish
asosida boshma-bosh so‘zi yasama ravish
Dostları ilə paylaş: