Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


127 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
belgisini bildirishga xizmat qiladi. 
Ushbu so‘z yasalishida, polisemiyaning 
hosil bo‘lishidagi semantik o‘zgarishlar 
denotativ semalarga xos bo‘lib, ba’zi 
shunday o‘zgarishlar potensial semalar 
asosida hosil bo‘ladi. Ba’zan sodda 
so‘zlarning potensial semasi takroriy so‘z 
yasalganda faollashadi va takroriy so‘zning 
lug‘aviy ma’nosini ifodalovchi denotativ 
semaga aylanadi. Ming so‘zi miqdor 
bildirish xususiyatiga ko‘ra “ko‘p” potensial 
semasiga ega. M., Fotima amakisining 
avzoyini ko‘rib, kelganiga ming pushaymon 
qildi. (P.Tursun, O‘qituvchi). Ming so‘zini 
takrorlab, mingdan ming so‘zini yasash 
asosida bu sema faollashadi, ta’kidli 
ifodalanadi. M., mingdan-ming rozi 
bo‘lmoq. Ming so‘zining “ko‘p” potensial 
semasi mingdan ming takroriy so‘zining 
denotativ semasiga aylanadi. Mingdan 
ming so‘zi “ko‘p, ko‘pdan ko‘p” leksik 
ma’nosini bildiradi. –dan qo‘shimchasi 
so‘z yasash qolipiga mansub bo‘lib, 
mingdan-ming so‘zining leksik ma’nosini 
shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, 
potensial semaning faollashishi va uning 
denotativ semalarga aylanishiga xizmat 
qiladi. So‘zning semantik qurilishadigi 
o‘zgarishlar, funksional xususiyatlarga 
ham bog‘liq bo‘ladi. 
So‘zlarning grammatik, sintaktik 
vazifalari o‘zgarishi asosida ma’nosi 
ham o‘zgaradi. Bunga asosan denotativ, 
grammatik, potensial semalardagi 
o‘zgarishlar misol bo‘ladi. M., shirin 
olma birikmasida shirin so‘zi “maza-
tam” semasini bildiradi, shirin gapirdi 
birikmasida “holat ” semasi paydo bo‘ladi. 
Shu kabi semantik o‘zgarishlar so‘z 
yasalishini o‘rganishda ahamiyatlidir. M., 
Qop so‘zi “sochiluvchan narsalar solib 
qo‘yiladigan, mata, chipta va sh.k. dan 
tikilgan, xaltadan katta, qanordan kichik 
ro‘zg‘or buyumi” ma’nosini bildiradi. Besh 
qop guruch birikmasida esa hisob so‘zi 
vazifasini bajaradi va “o‘lchov, miqdor” 
ma’nosini hosil qiladi. Qop so‘zi ikki yoki 
undan yuqori sonlar bilan kelganda (uch 
qop, besh qop) miqdor sonlarga xos 
bo‘lgan “ko‘p” potensial semasi va qop 
so‘zining “miqdor” semasi tarkibidagi 
“ko‘p” emasi valentlik hosil qiladi. Shu bois 
qop-qop so‘zi yasalganda bunday sema va 
emalar, takroriy so‘zning lug‘aviy ma’nosini 
ifodalovchi denotativ semaga aylanadi va 
yasama so‘z hosil bo‘ladi. M., qop-qop so‘zi 
“ko‘p” denotativ semasini ifodalashiga 
ko‘ra yasama so‘z hisoblanadi va ravish 
turkumiga ko‘chadi.
Ayrim leksik ma’no bildirmaydigan 
so‘zlarning potensial semalari asosida 
yasama so‘z hosil qilinadi. M., shart-shurt 
so‘zining ma’no tarkibida “tovushga taqlid” 
semalaridan tashqari, “tez-tez, jadal” 
potensial semasi mavjud. Chunki, shart-
shurt tovushi tez bajariladigan harakat 
jarayonida yuzaga chiqadi. M., Qog‘ozni 
shart-shurt yirtmoq. Shu jihatdan “tez” 
potensial semasiga ega bo‘ladi. Agar shart-
shurt taqlid so‘zi tovushga taqlid ma’nosini 
emas, faqatgina “tez-tez, jadal” semasini 
bildirganda ravish turkumiga ko‘chadi. 
M., Nega yig‘laysan, tinchlikmi o‘zi? – 
Adol xola qo‘lidagi suzgichni ilib, unga 
yaqinlasha boshlagan edi, Toshxon xalatni 
shart-shurt yechib uloqtirdi-da, ko‘chaga 
yugurdi. (A.Mirahmedov, O‘t yuraklar) 
Taqlid so‘zlar lug‘aviy ma’no bildirmaydi. 
Ammo potensial semalari asosida lug‘aviy 
ma’no hosil qilishi mumkin bo‘ladi. Shu 
jihatdan aytish mumkinki, taqlid so‘zlarning 
sememasidagi torayish, boshqa so‘z 
turkumlariga xos bo‘lgan lug‘aviy ma’noni 
hosil qilishi mumkin. 
Ayrim lug‘aviy ma’no bildirmaydigan 
so‘zlarning sememasidagi torayish 
emalarning faollashishi va yuzaga 
chiqishiga sabab bo‘ladi. M., Qancha so‘roq 
olmoshi miqdorga ishora qiladi va “miqdor” 
denotativ semasiga ega. Bu semaning “oz”, 
“ko‘p” kabi emalari mavjud bo‘lib, asosan, 
ritorik so‘roq gaplarda yuzaga chiqadi. M., 
O‘ylab qara, ertadan kechgacha qancha 
odam bilan muomala qiladi! (Oybek, 
Tanlangan asarlar) Ba’zan emalarning 
nutqdagi faollashishi grammatik ma’noli 
birliklarni leksik birlikka aylantiradi. 
Jumladan, qanchadan qancha takroriy 
so‘zi “ko‘p” “bir talay” leksik ma’nosini 
ifodalaydi. M., Uning [Asrorning] yuragida 
qanchadan qancha orzulari bor. U shu 
orzularga, albatta, yetadi. (S.Ahmad, Ufq) 
Shu ma’nosiga ko‘ra qanchadan qancha 
so‘zi ravish turkumiga ko‘chadi. 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin