Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
134 
foydalanish bilan uning o‘ziga noma’lum 
bo‘lgan ma’lumotlardan voqif bo‘lishini 
ta’minlaydi
1
. Xususan, ifodalanayotgan 
fikrlarning ko‘chirma gap tarzida berilishi 
bu gaplarning boshqa gap turlaridan ajralib 
turadigan va o‘ziga xosligini ta’minlaydigan 
asosiy belgisi hisoblanadi. Shuning uchun 
ko‘chirma gapga ta’rif berishda og‘zaki 
va yozma nutqda qo‘llanilgan o‘zgalar 
gapini asl holida yetkazish va uning leksik-
semantik hamda grammatik xususiyatlarini 
saqlab qolishi e’tiborga olinadi. 
Ko‘chirma gaplarning boshqa gap 
turlaridan ajralib turishini ta’minlovchi 
bir qator xususiyatlari mavjudki, ularni 
quyidagicha tavsiflash mumkin: 
1. Ko‘chirma gap tuzilishi va tarkibi 
qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 
muallif gapi bilan birga keladi.
2. Ko‘chirma gap alohida tahlilga 
tortilganda ularning matnda tutgan o‘rni, 
so‘zlovchi yoki muallif tomonidan qanday 
maqsadda qo‘llanilganligi mavhum bo‘lib 
qoladi. 
3. Ko‘chirma gap va muallif gapi 
orasida chambarchas mantiqiy bog‘liqlik, 
grammatik va semantik munosabat bo‘lib, 
bu tahlil jarayonida va matn mazmunini 
tushunishga yordam beradi. 
Ko‘chirma gaplarning tuzilishini tahlil 
qilishda yuqorida qayd etilgan xususiyatlar 
inobatga olinadi. Tilimizda ko‘chirma 
gaplarning sodda, qo‘shma va murakkab 
qo‘shma gaplardan tarkib topishi kuzatiladi. 
Ularning ayrim ko‘rinishlariga misollar 
keltiramiz.
Ko‘chirma gap bir komponentli 
sodda gaplardan va ko‘p komponentli 
sodda gaplardan tashkil topadi: Misol 
«Hozir qo‘limga miltiq berib qo‘yishsa-yu, 
darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, 
shartta otardim. Ana undan keyin o‘zimni 
ham otib yuborishsa mayli. Yo‘q, avval sud 
bo‘lishi kerak. Sudda gapirishim shart. 
«Bolasini tashlab ketgan ota-onaning jazosi 
shu», deyman. «Tirik yetimlar, hammangiz 
ablah ota-onalaringizni topib, otib yuboring. 
Yolg‘on gaplar to‘qib, ularni yaxshi odam 
qilib ko‘rsatmang bir-birlaringizga. Ayamay, 
otib tashlang!» deyman. «Tirik yetimlarga 
miltiq beringlar!» deyman! Ana shundan 
keyin meni otishsa ham mayli...» (T.Malik 
«Alvido bolalik»)
Ko‘chirma gap murakkab qo‘shma 
gapdan tashkil topadi: Birov: «Buni 
1 Сиддиқова Ш. Ўзга гап ва матн интертекстуаллиги. Изланиш самаралари (мавзусидаги республика ёш тилшунослар ва адабиётшуносларининг илмий-назарий анжумани № 
3). Тошкент 2016. Б 66.
2 Ҳотамов Н.,Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. Тошкент: Ўқитувчи, 1983.Б.271.
qaranglar-a, domla tuppa-tuzuk odam 
edi, odamning olasi ichida, deganlari 
bejiz emas ekan», desa, yana birovi: 
«Puxta niqoblangan, ayyor odam ekan»,-
deydi. «Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan 
keyin ham chiqadi, hushyor bo‘lish kerak, 
bunaqalardan hali oramizda ko‘p bo‘lishi 
mumkin»,-deydiganlar ham bo‘ldi. ( Said 
Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild. Hikoyalar) 
Shu o‘rinda remarkalarga ham to‘xtalib 
o‘tsak. Remarka atamasi adabiyotshunoslik 
ilmiga ham taalluqli bo‘lib, lug‘atlarda 
unga shunday ta’rif beriladi: «Remarka 
(fr.remarque –izoh so‘zidan) – remarka. 
Dramatik asardagi avtor izohi. Remarkada 
asarda ishtirok etuvchi shaxslarning yoshi, 
tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati, kiyinishi, 
qalb kechinmasi, so‘zidagi intonatsiya, 
shuningdek, voqealar kechadigan shart-
sharoit, payt va o‘rin kabilar izohlanishi 
mumkin»
2
. Tilshunoslikda remarka 
deyilganda boshqaruvchi qism nazarda 
tutiladi. Matnda qo‘llanilayotgan muallif 
gapi va ko‘chirma gaplarni o‘zaro 
bog‘lashda, ularning aloqaga kirishuvini 
ta’minlashda muallif gapi tarkibida keluvchi 
fe’llar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Muallif 
gapi tomonidan boshqarilib turuvchi 
ko‘chirma gaplar ana shu fe’l vositasida 
muallif gapiga bog‘lanadi. Mazkur fe’lning 
gapda ishtirok etishi ko‘chirma gaplarning 
o‘ziga xos ohangini shakllantiradi, unda 
ifodalangan turli munosabat ma’nolarini, 
ularning gap mazmunidan anglashilgan 
zamonga bo‘lgan munosabatining saqlanib 
qolishiga zamin yaratadi.
Ko‘chirma gaplarning shakllanishida 
fe’llarning muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida 
yuqorida to‘xtalgan edik. Ko‘chirma gapda 
ishtirok etuvchi fe’llarni leksik-semantik 
jihatdan nutq fe’llari, sezgi va holat fe’llari, 
imo-ishora yoki nutq subyektining turli 
harakatlarini ifodalovchi fe’llar, tafakkur 
qilish bilan bog‘liq fe’llarga ajratish va 
ularning matnda tutgan o‘rni va vazifasini 
aniqlash mumkin:
1. Nutq fe’llari ko‘chirma gaplarda 
insonning nutqiy faoliyati bilan bog‘liq 
holatlarni aks ettiradi. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida insonning fikr ifodalashini 
bildiruvchi hamda munosabat, mavqe, holat 
ma’nolarini ham qamrab olgan demoq
aytmoq, gapirmoq, so‘zlamoq, boshlamoq, 
tamomlamoq, ovutmoq, ishontirmoq, 
baqirmoq, shivirlamoq, urushmoq, 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin