133
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
g‘orga duch kelib, shu g‘orning ichiga kirib
yo‘qolgan. To‘rabekxonim
eson-omon yurtiga
yetib kelgan. Xalq uni yaxshi kutib olib, elu
yurtini obod etib murodu maqsadiga yetgan.
Gerodot tomonidan keltirilgan
“To‘maris” rivoyatida epik qahramonning
raqibi sifatida
tasvirlangan Eron hukmdori
Kir obrazi bilan To‘rabekxonimga xaridor
bo‘lgan Mari podshosi Sulton Sanjar obrazi
orasida ham o‘xshash jihatlar ko‘p.
Avvalo
shuni qayd etish kerakki, Gerodot rivoyatida
nomi zikr etilgan Kir Eronda hukmronlik
qilgan real tarixiy shaxs bo‘lgan. Ma’lum
bo‘lishicha, Sulton Sanjar To‘rabekxonimdan
ikki asr ilgari yashab o‘tgan tarixiy shaxs
bo‘lib, 1118-1157-yillarda
Marida hukmronlik
qilgan. U uch marta, ya’ni 1138, 1143-1144
va 1147-yillarda Xorazmni egallash uchun
yurish qilgan. Ammo har gal o‘z yurtini
mardonavor himoya
qilgan xorazmliklarning
qattiq qarshiligiga uchrab, mag‘lub
bo‘lib ortiga chekinishga majbur bo‘lgan.
Rivoyatdagi Amudaryo suvining to‘silishi
motivi ham muayyan tarixiy asoslarga ega:
Sulton Sanjar birinchi marta Xorazmga
yurish qilgan paytda bu o‘lkani xorazmshoh
Otsiz boshqarar edi. U o‘z qo‘shini bilan
5 Ўша асар. Б.166-167.
Hazorasp ostonasida mudofani tashkil etar
ekan, dushman yo‘lidagi pasttekislikni daryo
suvi bilan bostirib yuborgan. Ana shu jangda
oti dan ayrilgan Sulton Sanjar cho‘lda piyoda
ketishga majbur bo‘lgan ekan
5
.
Xulosa qilib aytganda, To‘maris
haqidagi qadimiy
epik syujet sak-
massaget qabilalarining folklor an’analari
doirasida shakllangan bo‘lib, ushbu syujet
asosida qurilgan tarixiy qo‘shiq, rivoyat va
dostonlarda ajdodlarimizning o‘z yurtini
bosqinchi dushmanlardan himoya qilish
maqsadida olib borgan mardonavor kurashi
hamda ana shunday
hayot-momot janglarida
qahramonlikda erkaklardan qolishmagan alp
xotin-qizlarning mislsiz jasorati tasvirlangan.
To‘maris to‘g‘risidagi ko‘hna eposning
Gerodot “Tarix”ida keltirilgan mazmunining
tahlili uning tarkibidagi bir qator epik syujetga
xos an’anaviy motivlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Bu esa sak-massagetlar folklorida To‘maris
jasorati tasviriga bag‘ishlangan yirik epik
asar bo‘lganligi va u
qahramonlik eposining
arxaik tipiga mansub bo‘lganligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: