Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
140 
SHUKURIYNING FORSIY MEROSI
Sobira Eshqurbonovna Jo‘rayeva –
 katta o‘qituvchi.f.f.b.d., O‘zbekiston milliy universiteti
Annotatsiya:
 Abdushukur Shukuriy XVIII asr oxiri XIX asr boshlari o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, zullisonayn shoir 
bo‘lib, u haqda Vozeh, Hashmat, Sadri Ziyo, Sadriddin Ayniyning tazkiralarida ma’lumotlar bor. Maqolada shoirning ijodiy faoliyati, 
asarlarining tahlili borasida so‘z yuritiladi.
Аннотатция:
 Абдушукур Шукури - представитель узбекской классической литературы конца XVIII - начала XIX веков. 
О нем говорится в антологиях Хашмата, Садри Зии и Садриддина Айни. В статии речь идет о творческом наследии поэта и 
анализируются его стихи. 
Annotatsion:
 Abdushukur Shukuri is a great representative of the Uzbek classical literature in the end of the 18th and early 
19th centuries. The fact that he was a poet is evident in the confessions of Vozeh, Hashmat, Sadri Ziya, and Sadriddin Aini in the 19th 
century. The state is projected that Shukuri's work has been studied by the world scholars is another proof that he is a unique poet.
Kalit so‘zlar:
 meros, ruboiy, hamd, na’t, chahoryor, masnaviy, olim, forsiy.
Ключевые слова:
 мерос, рубай, хамд, нат, чахорёр, маснави, олим, персидский.
Keywords:
 meros, rubai, hamd, nat, chahoryor, masnavi, olim, Persian.
Shukuriy ijodiga nazar tashlasak, u 
o‘zbek tilida qanday barakali ijod qilgan bo‘lsa, 
tojik tilida ham ilhom bilan shunday ijod 
qilgan. Shoir devonining 20 varag‘ini forsiy 
she’rlari tashkil qiladi. Ularning umumiy soni 
quyidagicha: ikkita g‘azal, sakkizta masnaviy, 
uchta ta’rix, yettita ruboiy, ikkita mustazoddir. 
Forsiy she’rlar ham an’anaviy hamd va na’t 
bilan boshlanadi. Shukuriy Allohga hamdu 
sanolar aytish bilan birga, o‘zini ojiz banda 
ekanligini, Yaratganning oldida hamisha faqr 
bo‘lishi bilan qalbi taskin topishi lozimligini 
ta’kidlaydi:
Bo olam tu Xalloq ham yaktagoh,
Naboshad big‘ayri az tu pushti panoh.
Ey hayyi azal Xudoyi akbar,
Rahmonu rahimu bandaparvar.
Qasidada shoir Allohning qodirligi, 
insonlarni rang-barang, birini boy, birini 
kambag‘al qilib yaratganligini bayon qiladi. 
Insonlarning ba’zilari kuchli, ayrimlari zaif, 
ba’zisi gung-gulol, ayrimlari so‘zamolligi va 
yana ayrimlari ilojsiz, ba’zilari omadli va turli 
xil bo‘lib, ularda Allohning xohish va irodasiga 
bog‘liqligini o‘sha zamon podshohini madh 
etadi. Va uni adolatli, marhamatli, shariatpesha 
sifatida ta’riflab, umri va saltanatining uzoq 
davom etishini yaratgandan so‘raydi. Shoir 
“Iqbol va dar avsofi imorat panohi diyonat 
xisol va arz namudani Shukuriy az ahvol” 
nomli masnaviysida o‘z ahvoli bo‘yicha Olloh 
bilan bahsi keltiriladi:
Yo rab, man asiri doli g‘urbat,
Chun losi g‘ariqi bahri zulmat,
Az tiyri havosoti gardun,
Dilrish, sitamkashu jigarxun.
Mazmuni: Yo Rab, men g‘urbat domiga 
asir, zulmat dengiziga g‘arq bo‘lgan losi 
kabidurman. Dunyo hodisoti o‘qlaridan qalbim 
yaralangan.
Shoir Allohga munojot qilib, uning 
gunohlarni kechiruvchi, ayblarni yopuvchi 
ekanligini aytib, agar Sen bandalaringga rahm 
qilmasang, hamma narsa ostin-ustun bo‘lib 
ketadi. Karamingni ko‘rsat, degan fikrni ilgari 
suradi. Allohning madhidan so‘ng esa shoir 
payg‘ambarning sifatlarini sharaflashga o‘tadi. 
Uning yozishicha,”Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) oxirgi payg‘ambar bo‘lib, Xudoning eng 
sevikli bandasidir. U kishi xotam ul-anbiyo, 
butun koinotning yaratilishiga sabab bo‘lgan 
zotdir. Kulli olam, yer va osmonlar, podsholaru, 
ulug‘ zotlarning hammasi uning shaydosi erur. 
Hatto, Hadisi qudsiyda “Lavlaka, lamo xalaqtul 
aflok”, ya’ni Agar Sen bo‘lmasayding, falaklarni 
yaratmasdim”, deya marhamat qilingan. 
Jahon shohlari Sani kuyingni gadosidur. 
Zamonning eng yaxshi insonlari yuzingning 
qurbonlaridurlar. Sen barcha rahbarlarga mohir 
rahbar, barcha sarvarlarga nodir sarvarsan”, 
deyiladi.
Shundan so‘ng Shukuriy chahoryorlar 
xususida to‘xtalib, ularni o‘ziga xos sifatlar bilan 
ta’riflaydi. Hazrati Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar, 
hazrati Usmon, hazrati Ali (r.a) har to‘rtalasi din 
qasrining chirog‘i, har biri valoyat olamining 
oyi, har biri rahmat daraxtining mevalaridir, deb 
tavsif etadi. Shoir chahoryorlarning madhidan 
so‘ng, podshohning ta’rif-tavsifini boshlaydi. 
Garchi poytaxti Buxoro bo‘lsa ham, kurrai uni 
zamin sultoni, Xudoning yerdagi soyasi, deb 
ulug‘laydi. Shu o‘rinda Qarshi noibi haqida 
ham quyidagilarni bayon qiladi. “Ey noib, 
sen mamlakatning ishlarini tadbir qilishda, 
Iskandarning yonidagi Arastuga o‘xshaysan. 
Hamisha aql bilan ish tutib, sen xalqning 
g‘amini o‘ylaysan, shariatning posbonisan”, 
deya e’tirof etadi. Shukuriy masnaviylarida 
tarixiy shaxslarga baho berishda adolatli 
hukm chiqaradi. Ayrim amaldorlarni maqtasa, 
ayrimlarining olib borayotgan ishlarini 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin