“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
138
O‘zbek shoirasi Oydin Hojiyeva
ijodida
tavsifiy lirika namunalari ko‘plab uchraydi.
“Sado bergil”
5
she’rida bolalik sog‘inchi
tavsif vositasi sifatida holat obyekt bo‘lib
kelmoqda, ya’ni holat – sog‘inish hissining
ifodalanishi bilan tasvirga olinyapti:
O‘yinqaroq bolaligim,
Daraging yo‘q.
Qaytmading-a, yo tegdimi
Bir daydi o‘q?
Tabiatan bolalikning qaytmasligi
barchaga ayon, biroq shoira nazdida o‘tib
ketgan bolalikning bedarakligi o‘z sababiga
ega bo‘lgan bir hodisa sifatida qaraladi,
Daraksiz ketgan bolalikni izlarkan, shoira uni
daydi o‘q qarshisida ko‘radi,
otilib bedarak
ketgan, deb tasavvur etadi va buning
sababini keltirishga urinadi:
Abjir mergan kamoniga
Duch kelding yo?
Necha yilki, ko‘zim yo‘lda
Bermas sado
O‘yinqaroq bolaligim,
O‘yinqaroq bolaligim!
She’r
matnini kuzatarkanmiz,
tavsiflangan obyekt yuqorida keltirilgan
so‘nggi ikki bandda murojaat bilan ochiq
undaladi: Daraging yo‘q, O‘yinqaroq
bolaligim. Ushbu bandlardan oldin kelgan
to‘rt bandida esa bolalik so‘zi tilga olinmaydi,
bolalikka bo‘lgan sog‘inch, qo‘msash tuyg‘usi
dastlabki uch bandda ham bizga aniq hodisa-
holat tasavvurini bersa-da, so‘z nima haqida
borayotgani ochilmay turadi:
Qaysi daryo irmog‘idan
Suvlanyapsan?
Qay qoyaning chaqmog‘ida
Guvlanyapsan?
O‘rmonlarda mehrigiyo
Bo‘ldingmi yo?
Osmonlarda yangi oydek
To‘ldingmi yo?
Charxpalakning kosasiga
Aylandingmi?
Kamalakning ranglariga
Joylandingmi?
She’rning ilk misralarida obyekt
5 Ойдин Ҳожиева. Назокат.шеърлар, достон, қасида, бадиалар, ўйлар. –Т.: Шарқ, 2007. –Б.48.
tasvirlana turib,
keyingi bandlarda tavsif
obyekti bevosita tilga olish imkoniyatidan
foydalanishi shoira Oydin Hojiyeva tavsifiy
lirika namunalarini yaratishdagi o‘ziga xos
uslubini ko‘rsatadi.
Biroq shirin xotiralarni yodimizga
soluvchi ishorani payqaymiz, ya’ni keyingi
birgina band bolalikni eslatuvchi xotiralar
chizgisida bolalik sog‘inchini tasvirga
tushirish bilan tavsif namoyon bo‘ladi:
Poda qaytar qishloq tomon
Serka bilan.
Namozigar shabodasi
Ko‘rki bilan…
Suvlanyapsan?, Guvlanyapsan?,
Bo‘ldingmi yo?, To‘ldingmi yo?, Aylandingmi?,
Joylandingmi?, Yo tegdimi Bir daydi o‘q?,
Duch kelding yo? kabi ritorik so‘rovlar ham
holatni tavsiflashda shoira ko‘nglidagi oniy
lahzada uyg‘ongan bolalik sog‘inchi va
xotiralarini tasvirlash uchun ohang bilan
poetik aktuallashmoqda.
She’rdagi tavsif unsurlarini harakatga
keltiruvchi yana bir komponent –
sarlavhaning
ham tutgan o‘rnini eslatib o‘tish joiz. She’r
sarlavhasi ijodkorning badiiy niyati va asar
g‘oyasini ifodalash uchun kichik vosita va
bu vosita asar kompozitsion qurilishining
dastlabki pog‘onasidan o‘rin egallaydi. Shu
bois sarlavhaning yukida matn qurilishini
ta’minlash bilan birga mazmunan asar
mantiqini yuzaga keltiradi, deyishimiz
mumkin. Oydin Hojiyevaning “Sado bergil”
deya sarlavha tanlashi she’r
mazmunini
ochishda mantiqan o‘zini oqlaydi. Chunki
she’r matnida “sado bergil” degan murojaat
aslo qo‘llanilmasa ham, lirik qahramon
ko‘nglidagi nido poetik tavsiflanishi uchun
ham sarlavhada jonlantirilmoqda.
She’rning ilk misralarida obyekt bevosita
tasvirlanmasdan turib, keyingi bandlarida
obyekt tavsifi subyektni ifodalashiga mansub
tavsifiy lirika namunalari Oydin Hojiyeva
she’rlarida ko‘plab uchraydi. ”Tashrif”,
“Osmon olachalpoq, Jon – olachalpoq”,
“Dehqon” she’rlar fikrimiz dalili bo‘la oladi.
Ushbu
manzumalar tavsifida hodisa, holat
Dostları ilə paylaş: