“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
146
yoki narsaga aylanadi deb ishongan. Shuning
uchun marhum jasadini dafn etishdan oldin
totem jonzod terisiga o‘raganlar...
Ana shu
an’ana asosida totem terini kiyish orqali o‘z
qiyofasini o‘zgartirish mumkinligi haqidagi
tasavvurlar kelib chiqqan"
23
.
Demak, totemistik qarashlar tarixida
evrilish muhim ahamiyat kasb etgan.
Hayvonlarni totemlik mohiyati asosini
qarindoshlik tushunchasi tashkil etar ekan,
qadimgi odamlar ham o‘zlarini "qarindoshi"
qiyofasida ko‘ra olishlari mumkin (o‘zga
dunyoda). Aks holda ma’lum
bir hayvonlarni
o‘z ajdodboshilari sanab, ilohiylashtirmagan
bo‘lar edilar. Totemizm izlarining mifologiya,
qolaversa, folklor
janrlari tarkibida boshqa
diniy e’tiqod va qarashlariga nisbatan ko‘proq
uchrashiga sabablardan biri totem sanalgan
narsaning mavhum (ruhlar kabi) emas balki,
23 Пропп В.Я. Исторические корни вольшебной сказки. – Л., 1946. – С.184-185.
tabiatda mavjudligidir.
Umuman olganda,
evrilish motivi qadimgi
etnografik aniqlikdan uzilib qolgan bo‘lsa-da,
u ajdodlarimizning keng
tafakkur durdonalari
sifatida folklor asarlarida yashab qolgan.
Ma’lum
bir maqsadga qaratilgan, voqealar
oqimida muhim rol o‘ynaydigan evrilish motivi
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari tarkibidan
mustahkam o‘rin olib, folklor
asar talablariga
mos
holda yashab, muhim g‘oyaviy-tematik,
badiiy-estetik vazifa bajaradi.
Evrilish motivini tadqiq etish, xalq tafakkur
tarixini tadqiq etishdir. O‘zbek folkloridagi epik
motivlarni, jumladan evrilish motivini o‘rganish
xalq og‘zaki ijodi asarlarining ma’no-mohiyati,
ahamiyati, yuksak badiyatini his etish imkonini
beradi.
Dostları ilə paylaş: