Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI
Xiva va Urganchda olgan birinchi 
filmlari bilan X.Devonov o‘zbek hujjatli 
kinosiga asos soladi. 20-30 yillardayoq 
uning shaxsiy arxivida xorazmliklarning 
turmushi tarzini aks ettiruvchi 1000 dan 
ortik fotosuratlari bor edi. Bu suratlarning 
ayrimlari hozir Xiva muzeylarida 
saqlanmoqda.
Xudoybergan Xorazmda dastlabki 
traktorning paydo bo‘lishi, iqtidorli 
san’atkorlarning konsertlari, milliy 
urf-odatlarimiz, kadriyatlarimiz, 
an’analarimizning hammasi kaldirg‘och 
kinooperatorning tasmalarida aks etdi. 
Devonov kiziqarli va dolzarb mavzularga 
bag‘ishlangan ko‘plab film-ocherklar 
yaratdi. Masalan, Krasnogorsk shahrida 
joylashgan kinofotofono arxivida Devonov 
1929 yilda suratga olgan «Sho‘r ko‘l» syujeti 
saqlanib kolgan. Stalin shaxsiga sig‘inish 
yillarida Devonov nohaq qamalib, u suratga 
olgan filmlar yo‘kotib yuborildi.
Xudoybergan Devonov jajji kinofilmlari 
bilan birinchi o‘zbek kinotomoshabinlarining 
estetik ehtiyojini kondirishni maqsad 
qilib qo‘ymagan edi. Buning ustiga 
texnik imkoniyatlar cheklangani, film 
ko‘rsatadigan jihozlar mukammal emasligi, 
tasmalar (xorijdan olib kelinishi tufayli) 
tanqisligi ham bunga sabab bo‘ldi. Lekin 
ularning tomoshabin, ijod ahli oldida ham 
ahamiyati shunda ediki, ekran asarlaridagi 
voqealar, qiyofalar, manzaralar tarang 
tortilgan oppoq chodirda asl ifodasini topdi. 
Kinojurnalistikaning xuddi shu xususiyati 
keyinchalik ham barchanint diqqatini jalb 
qilib turdi. Ana shu mezon – hayotiylik
mezoniga dastlabki badiiy kino asarlarida 
ahamiyat berilmas, natijada sayoz filmlar 
paydo bo‘lar va o‘zbek ziyolilarining 
tanqidiga uchrar edi.O‘zbekistonda suratga 
olingan birinchi filmlardan qoniqmaganini 
sababi ham shunda.
Abdulla Kodiriy 1927 yili qayd 
etgan
5
soxtalikka, vahimalarga qarshi 
kurash, kiyofa, voqealarning soddagina 
talqinidan tashkil topgan kinolavxalar 
sirasiga xronikal kadrlar ham kiradi. Ularni 
5 Қизил Ўзбекистон. -1927. – 28 апр.
6 “Бахт қуёши” ва “Пахта орол” фильмларида шундай холат рўй берган.
milliy kinojurnalistikaning ilk arboblari 
yaratdilar. Ayrim o‘zbek filmlarining badiiy 
to‘qimasidan hayotni kamera yordamida 
kuzatish natijasida yaratilgan kadrlar o’rin 
ola boshlagani
6
hayotiylikka, voqealarni 
‘‘ekran’’ aynan bezamay, pardozlamay 
ko‘rsatishga bo‘lgan intilishning oqibati 
bo‘ldi. Lekin bunday izlanishlarga tezda 
barham berildi.
Biz milliy kino rivojining dastlabki 
pallasini nazarda tutib, «kinojurnalistika» 
atamasini ishlatayotganimizda, o‘sha 1910-
1925 yillarda kino sinkretik xolda bo‘lganini, 
birgina asarda keyinchalik «xujjatli», «ilmiy-
ommabop», «badiiy» deb atalgan unsurlari 
bo‘lganini nazarda tutamiz.
Hozirgi tushunchadagi sof 
kinojurnalistika shakllanishiga necha o‘n 
yilliklar davomida tajriba orttrilishi, texnik 
ixtirolar sodir bo‘lishi, kino va voqeaning 
tasmalarda yanada sezgir bo‘lishi, ob’ektiv 
esa yanada ziyraklik qilishi, kamera 
shtativdan qo‘lga olinishi va kosmik 
fazoning xaqqoniy tasvirini yaratishga 
ham, kishining ruhiy olamini tasvirlashga 
ham qodir bo‘lishi kerak edi. 20-yillarda esa 
ijodning bu sohasida mehnat qilayotganlar 
bir vaqtning o‘zida rejissyor yoki operator 
yordamchisi xizmatini kilar, tasvir va 
rejissura masalalari bilan shug‘ullanar, 
ijrochi sifatida namoyon bo‘lar edi. Bu o‘sha 
qizg‘in jarayonning ko‘rinishlaridan biri edi.
Kinojurnalist Malik Kayumov ijodining 
dastlabki bosqichiga shunday jarayon o‘z 
ta’sirini ko‘rsatgandi. Hayot uning ustozi 
bo‘ldi - og‘ir damlar, yo‘qchilik. O‘n to‘rt 
farzandning bari barvaqt etim qolgani, 
madrasada savodini chikargani, «noqobil 
mullavachcha» nomini olgani, 1919 yilga 
kelib yangi tipdagi maktablar ochilganida 
bir juft kalishni Qayumovlar oilasi galma-
galdan kiyib maktabga, bozor-ucharga 
borishi keyinchalik Malik Kayumovning 
ekran jurnalistining mavzu, kahramon 
tanlashida, turmush ikir-chikirlarini 
ko‘rsatishida, ilm dargohlariga ta’rif 
berishida, o‘zbek ziyolilarining o‘tmishini, 
kundalik hayotini ekranda namoyon 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
154 
etishda yordamga keldi. Qayumov voyaga 
etib Shayxontohurdagi «Sharq yulduzi» 
kinoshirkatining ostonasini ilk bor 
xatlab o‘tganida shahar kinoteatrlarida 
O‘zbekistonda endigina suratga olingan 
asarlar bilan birga «Tarzan», «Tarzanning 
o‘g‘li», «Tarzanning qizlari», «Bag‘dod 
o‘g‘risi» kabi xorijdan keltirilgan oldi-
qochdi filmlar ko‘rsatilar, binobarin, 
tomoshabinning didi shunday sayoz 
asarlarga mixlanib qolgan edi. Bunday 
filmlarni Qurbon Choriev, Orif kinochilar 
kinoekran tilidan tushuntirib berardilar.
7
Gapga chechan, kino sirlaridan voqif bo‘lgan 
bunday «sharhlovchilar» ko‘magida Malik 
Qayumov «Ona», «Sankt-Peterburning 
emirilishi», «Qizil sharchalar» kabi filmlarni 
ko‘rib, ekran inson ruhiyatini ochishga 
ham qodir ekanligi hakida o‘ylab kolganini 
eslaydi. Yosh Malik Qayumov kinoning 
estetik imkoniyatlaridan hayratga tushdi. 
Lekin uni kinoning mo‘‘jiza yaratishi emas, 
haqqoniy, hayotiylik mezonlariga javob 
beradigan asar bunyod etish qiziqtirardi. 
SHu sababli bo‘lsa kerak, deyarli 60 yil 
davom etgan ijod, izlanish davri kinoning 
xuddi shu xususiyati, shu imkoniyati 
hisobga olindi. Qotmadan kelgan, baland 
bo‘yli, hamisha xushchaqchaq yigitcha 
rejissyorlarga ma’qul bo‘lib, ketma-ket 
rollar o‘ynay boshlagani uchun sermahsul, 
«bozori chaqqon» aktyor bo‘lishiga hech 
kim shubha kilmagan edi.
Aktyorlik faoliyati tufayli Qayumov 
O‘zbekistonni kezdi, turli kinoguruhlar 
bilan kinoekspditsiyalarda bo‘ldi. 
Rejissyor va operatorlarga assistentlik 
ham kildi. Binobarin, kinoning texnikasini 
va estetik imkoniyatlarini bevosita 
suratga olish maydonlarida, studiyaning 
laboratoriyaladrida, pavilonladrida 
o‘rgandi.Malik Kayumov - aktyor ishtirokida 
yaratilgan «Bag‘dodda Amerika paxtasi» 
(1931), «O‘lim kudug‘i» (1931)ni o‘zbek 
kinosining mukammal asarlaridan deb 
bo‘lmaydi. Tasvir jihatddn anchagina 
qashshok, bo‘lgan bu asarlar ma’lum va 
7 Малик Қаюмов хотраларидан. Қўлёзма. 
Матн диссертантда сақланади
8 Абдулла Кодирий. “Равот қашқирлари” фильмига тақриз. Рус актрисаси К.Пименева ижросидан қониққанини ёзиб қолдирган.// Қизил Ўзбекистн. -1927.-28 апр.
9 Советский экран, -1927. №6.
mashhur koliplar bo‘yicha yaratilgan edi. 
Ulardagi voqealarni xohlagan o‘lkaga 
ko‘chirish mumkin edi. Zero, milliy xarakter, 
muayyan muhitning ta’sirchan badiiy 
ifodasi hali yo‘q edi.
Bo‘lajak rejissyor va operator Malik 
Qayumov bunday asarlardan saboq 
oldi. Xudi shunday «badiiy» deb atalgan, 
lekin badiiylikdan yirok, bo‘lgan asarlar 
tufayli ham u hayotni kuzatishi natijasida 
paydo bo‘ladigan hujjatli asarlarga mehr 
qo‘ya boshladi. Badiiy «jimjima»dorlik 
emas, haqqoniylik ekrandan ufurib turishi 
haqida o‘ylay boshladi. Lekin ijodining 
dastlabki pallasi kamera ortida (yoki uning 
yonida) emas, uning oldida o’tdi. Zero, 
20-yillarda o‘zbek kino shirkati tomonidan 
taklif etilgan dramaturglar andozalar 
asosida ssenariylar yozsalar-da, boshqa 
shaharlardan kelgan operatorlar ham katta 
pul evaziga ozgina fursatda lavhalarni 
kino tasmalarga tushirishga oshiqsalarda 
aktyorlar masalasini hal etish og‘ir kechar 
edi. Avval rus, gruzin aktyorlari qalin grim 
yordamida o‘zbekni, uning xarakterini, ichki 
dunyosini ochishga urinib ko‘rdilar. Ayrim 
hollarda yutuklar ham bo‘ldi
8

Kino o‘zbek kishloklariga hali yaxshi 
tanish emas. Lekin uni ko‘rganlar juda tez 
sevib qoladilar. O‘zbekkinoning ishlari ham 
ko‘payib qolgan.Filmning muvaffaqiyati- 
tasviriy jihatdan boyligi, kadrlarning bir-
biriga mantiqan uzviy bog‘langanligi 
o‘xshatishlardan, so‘z va tasvir vositalaridan 
unumli foydalanilganligidandir. Filmda 
o‘zbek xalqi, hayoti, tabiati qanday bo‘lsa 
shundayligicha haqqoniy tasvirlangan. Bu 
erda ortiqcha bo‘rttirish, to‘qima obrazlarga 
o‘rin berish xollari bo‘lmagan. Ommaviy 
s’yomkalarda faqat o‘zbeklar ishtirok 
etgan“
9

O‘zbek kinoshirkati tashkil etilishi 
bilan matbuotda o‘lkamizga, uning xalqiga 
mos keladigan asarlar yaratilishiga dav’at 
etuvchi maqolalar ham paydo bo‘ldi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin