155
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
FIZIKA FANINI O‘QITISHDA
EKOLOGIK TARBIYA BERISH
TABIIY VA ANIQ FANLAR
Raxmatulla Nurmuradovich Bekmirzayev –
f.m.f.doktori, prof. f.m.f.k. dotsent. Jizzax davlat pedagogika instituti
Boymurod Sultonov–
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika instituti
Orzigul Shonazarovna Eshtuxtarova–
o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunning global, umumjahon muammosiga aylangan ekologiyaning dolzarb masalalari
qarab chiqilgan. Iqlim o‘zgarishi va unga taaluqli tushunchalar muhakoma qilingan. Ekologik ta’lim tushunchalari atroflicha bayon
qilingan.
Аннотация:
В работе рассмотрены актуальные вопросы экологии, считающиеся сегодняшней день глобальной
и общемировой проблемой. Обсуждены изменение климата и соответствующие вопросы. Всесторонне обсуждены
понятии экологического образование.
Abstract:
The paper considers topical issues of ecology, which are considered today a global and worldwide problem.
Climate change and related issues were discussed. The concept of environmental education is comprehensively discussed.
Каlit so‘zlar:
ekalogiya, tabiat, yer resurslari, global, iqlim, “Rim klubi”, qonun, ekologik madaniyat , оzon qobig‘i, ekalogik
ta’lim .
Kлючевые слово:
экология, природа, земельные ресурсы, глобал, климат, “Римский клуб”, закон, экологическая
культура, озонная слойка, экологическое образование.
Keywords:
Ecology, Nature, Land Resources, Global, Climate, “Club Of Rome”, Law,Ecological Culture, Ozone Shell, Ecological
Education.
Sayyoramiz iqlimining global
ravishda o‘zgarishi asrimizning eng muhim
muammolaridan biridir. So‘ngi paytlarda
yer kurrasining turli hududlarida g‘ayritabiiy
hodisalar va falokatlar yuz berishi tez-
tez kuzatilmoqda.
Ular yer silkinishining
ko‘payishi, vulqonlar qaynab toshishi,
havo isishi, bahaybat muzlarning erishi,
okean va dengizlarda suv ortishi, daryolar
oqimining tezlashishi, to‘fon va shu kabi
tabiat xodisalarining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Markaziy Afrikaning Kamerun, Niger,
Chad va Nigeriya davlatlari qirg‘oqlarini
yuvib turuvchi Chad ko‘li
ming yil mobaynida
yetti marta kichraygani ma’lum. Biroq
so‘ngi 70 yilda oldingidan 30 marotaba
kichraygan. Xususan, O‘rta Osiyoda Orol
dengizi halokatining global oqibatlarga olib
kelishini guvohi bo‘lmoqdamiz. Antarktida
qit’asidan va
Grenlandiya muzliklaridan
katta miqdordagi aysberglarni ajralib
chiqishi tufayli dengiz suvining sathi
ko‘tarilishi yuzaga kelmoqda. Amerika
atmosferani o‘rganish markazi olimlarining
aytishicha
1
yer kurrasidagi iqlim o‘zgarishiga
vulqonlarni sababchi qilib ko‘rsatmoqdalar.
Shuningdek, yer atmosferasida ozon
qobig‘ining siyraklashib tuynuklar hosil
qilishi ham atmosfera havosining global
darajada isishiga olib kelmoqda.
Muammolarining dolzarbligini
e’tiborga
olgan holda, Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT) tomonidan Parij
shahrida
1 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-glazgoda-bmtning-iqlim-bo-yicha-sammitida-milliy-bayonot-bilan-chiqdi
har yili “Iqlim o‘zgarishi” bo‘yicha xalqaro
sammit bo‘lib o‘tadi. Xuddi shunga o‘xshash
sammit “Yashil o‘sish va global maqsadlar
uchun hamkorlik-2030” shiori ostida
Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida
onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi. Ushbu sammitda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
ilk bor ishtirok etib “Yashil iqtisodiy
tiklanish” sohasidagi hamkorlikning muhim
yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’ruza qildi va
kelgusi yil O‘zbekistonda “Rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun yashil energetika”
mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishni
taklif etdi. Yer yuzida iqlim o‘zgarishi
masalasining muhokamasi 12-noyabr
2021 yil Glazgo shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu
sammitda iqlim o‘zgarishining muhokama
qilinishi ekologiyaning dolzarbligi bugungi
kunda qanchalik muhimligini yana
bir bor
tasdiqladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
joriy yilda BMT Bosh Assambleyasida
75-sessiyasidagi ma’ruzasi asosida
Orolbo‘yi mintaqasida “Ekologik innovatsiya
va texnologiyalar hududi”, deb e’lon qilindi
va bu to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiya bir
ovozdan qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida
“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”
bo‘yicha o‘nlab qonunlar qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston mamlakatidagi yangi
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi
qonun 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan