TABIIY VA ANIQ FANLAR a) guruppalash va o‘rinlashtirishlar
o‘rtasidagi umumiylik: Guruppalash
va o‘rinlashtirishlar – bu n ta elementli
to‘plamdan m ta elementli to‘plam ostilari
sonidir.
b) guruppalash va o‘rinlashtirishlar
o‘rtasidagi o‘zaro farqlar: o‘rinlashtirishlarda
elementlar tartibi muhim hisoblanadi,
guruppalashlarda elementlar tartibi muhim
hisoblanmaydi.
Umuman, maktab matematika kursida
kombinatorika elementlarini o‘rganishga
bunday yondashuv mazkur mavzuni
samarali o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHISINING TAJRIBA BAJARISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI Samar Sattor o‘g‘li Aliqulov– o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi nuqtayi nazaridan bo‘lajak fizika o‘qituvchisida tajriba bajarish kompetentligini rivojlantirish tamoyillari va ularni amalga oshirish bosqichlari haqida fikr yuritilgan. Аннотация: В статье рассматриваются принципы развития экспериментальной компетентности будущего учителя физики с позиций теории развивающего обучения и этапы их реализации. Abstract: This article discusses the principles of developing experimental competence in a future physics teacher from the perspective of developmental education theory and the stages of their implementation. Kalit so‘zlar: tajriba, kompetensiya, kompetentlik, tajriba bajarsh kompetetligi, rivojlantiruvchi ta’lim, muammoli vaziyat. Ключевые слова: опыт, компетентность, компетентность, компетентность в проведении эксперимента, развивающее обучение, проблемная ситуация. Keywords: experience, competence, competence, competence to perform the experiment, developmental education, problem situation. Bugungi kunda umumiy o‘rta
ta’lim maktablari va professional ta’lim
muassasalarida faoliyat yuritayotgan fizika
fani o‘qituvchilari faoliyati samaradorligi
ko‘rsatkichlaridan biri bu - ularda fizik
tajribani bajarish kompetentligi rivojlanganlik
darajasi hisoblanadi. Chunki, ular oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olgan sharoitlardan
sezilarli darajada farq qiladigan sharoitlarda
(quyidagi bir qator omillar bilan shartlashgan)
fizik tajribalar bajarishlariga to‘g‘ri keladi
1
:
1) fan, texnologiya va texnikaning jadal
suratlar bilan rivojlanishi, o‘quv jarayoniga
raqamli texnologiyalarni joriy etilishi tufayli
ta’lim mazmuni va maktab fizika xonasi
moddiy-texnik bazasining yangilanishi;
2) o‘quvchilar kontingentining
(tayyorgarlik darajasi, sinfdagi o‘quvchilar soni
va boshqalar) bir jinsli emasligi.
Qayd etilgan omillar esa bo‘lajak fizika
o‘qituvchisi noaniq sharoitlarda faoliyat olib
borilishi haqida fikr yuritishga imkon beradi.
S. I. Ojegov va N. Y. Shvedovalarning izohli
lug‘atiga ko‘ra o‘z xarakteristikasi bo‘yicha
1 Акбарова С.Н, Турдиев Н.Ш., Султонова Қ.А. Ўқувчиларда таянч ва предметга оид компетенцияларни шакллантиришда қўлланиладиган методлар, усуллар ва педагогик технологиялар ҳақида // “Таълим технологиялари” илмий-услубий журнали. - 2015. - № 5. - Б. 99-104 2 Ожегов С. И., Шведова Н. Ю. Толковый словарь русского языка. Изд. 4-е М.: ИТИ ТЕХНОЛОГИИ, 2005, 194 с. 3 Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования // Народное образование. – 2003. – № 2.– С. 58 – 64. 4 Лебедева О.Е. Компетентностный подход в образовании // Школные технологии. 2004. № 5, С. 3-12. to‘liq tavsiflanmagan bunday sharoitni aniq
deb hisoblab bo‘lmaydi
2
. Shuning uchun
ham har bir o‘qituvchi o‘zining bo‘lajak ish
sharoitiga moslasha olishi, yuzaga kelayotgan
muammolarning mohiyati va ularni yechish
metodlarini aniqlashi lozim.
Oliy ta’lim muassasasi vazifasi esa
bo‘lajak o‘qituvchini nostandart vaziyatlarda
pedagogik faoliyatni olib borishga
tayyorlashdan iborat. Bu esa o‘z navbatida,
ularda kasbiy kompetentlikni shakllantirish
bilan bog‘liq masalani hal etishni talab etadi
3
.
O.E.Lebedevning fikriga ko‘ra kompetentlilik
- deganda noaniq vaziyatlarda faoliyat olib
borishga qobiliyatlilik tushuniladi
4
.
Fizik tajriba bajarish kompetentligini
shakllantirish borasida to‘plagan tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, u o‘qitish metodlarini
o‘rganish predmeti va ko‘rgazmalilik
vositasi bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Uning ahamiyati shundan iboratki, bo‘lajak
fizika o‘qituvchilarining fizik tajriba bajarish
sohasidagi kompetentliligini shakllantirish
ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashning zarur
165 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son