TABIIY VA ANIQ FANLAR oshirish zarurati bilan bog‘liq muammoli
vaziyatni yaratadi. Zarur bo‘lganda modelga
tuzatish kiritiladi.
Yakuniy bosqich – ijodiy.
3.1. O‘quv fizik tajribani loyihalashtiring
(namuna 2 jadvalda keltirilgan) va uni
(individual) sinovdan o‘tkazish.
Maqsad:
- maktab fizika xonasi jihozlari haqidagi
bilimlarni mustahkamlash va egallash, fizika
xonasidagi laboratoriya jihozlari bilan ishlash
ko‘nikmasini shakllantirish;
– fizik tajribani loyihalash va uni haqiqiy
sharoitlarga bog‘liq holda o‘tkazish.
Avvalgi topshiriqlarga o‘xshash
tavsiflarga ega, ammo murakkablik darajasi
yuqoriroq bo‘lgan topshiriq kompetensiyalarni
shakllantirishning oraliq va yakuniy
bosqichlarida foydalaniladi. Topshiriqni
bajarish jarayonida fizik hodisani izohlashdan
uni maktab fizika xonasidagi asosiy jixozlari
yordamida modellashtirishga bosqichma-
bosqich o‘tish amalga oshiriladi. Topshiriq
quyidagi bosqichlarda bajariladi;
1. Kuzatish (tadqiq etilishi) lozim
bo‘lgan fizik hodisalarni belgilab olish va uning
tavsifini shakllantirish.
2. Fizik hodisani uning tarkibiy
elementlarini ko‘rsatgan holda tavsiflash.
Tabiatda haqiqiy kuzatiladigan obyektlar
va sharoitlarning barcha mumkin bo‘lgan
variatsiyalarni tavsiflash:
a) o‘rganiladigan obyektning dastlabki
holati – o‘zaro ta’sirdan oldin ega bo‘lgan
xarakteristikali modda, maydon, fizik jism;
b) ta’sir etuvchi obyekt – o‘rganiladigan
obyekt o‘zaro ta’sir qiladigan modda, maydon,
fizik jism;
v) o‘rganiladigan obyektning yangi
holati –o‘zaro ta’sirdan keyin ega bo‘lgan
xarakteristikali modda, maydon, jismoniy jism;
g) o‘rganiladigan va ta’sir etuvchi
obyektlarning o‘zaro ta’sir sharoitlari – o‘zaro
ta’sir sodir bo‘ladigan vaziyat tavsifi.
2 – Jadval
Umumiy fizika kursining “atom va yadro
fizikasi” bo‘limidagi “yadroviy reaksiyalarni
o‘rganishda fotoemulsiya usulining
qo‘llanilishi” mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan
fizik tajribani bajarish metodikasi
Fizik xodisa (ta’rifi): Yadroviy
fotoemulsiya metodining fizikaviy asoslarini
o‘rganish. Atom yadrosining parchalanishi
natijasida hosil bo‘luvchi neytral zarralarning
yig‘indi energiya va impulsini baholash
10
.
10 Aliqulov S.S. va Yu.B.Mingboyeba.“Yadro va zarralar fizikasida fotoemul’siya mеtodi” bo’yicha amaliyot vazifalari”, Ilmiy axborotnoma, Samarqand 2019-yil, 1-son (113). 201-205 b 3. Fizik hodisaning tarkibiy elementlariga
muvofiq, uni maktab fizika xonasida (fizika
o‘qitish metodikasi laboratoriyalarida) amalga
oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
uskunani tanlash:
a) qurilma – tadqiqot obyekti –
o‘rganiladigan ob’yektning dastlabki holatiga
mos qurilma;
b) boshqaruv element – tadqiqot
obyektiga ta’sirni amalga oshiruvchi,
boshqaruv elementiga mos qurilma;
v) indikator–obyekt holatining
o‘zgarishini qabul qilinuvchi signal
almashtiruvchi qurilma.
4. Fizik hodisani modellashtirish:
o‘tkaziladigan tajribada kutilayotgan
natijalarning qisqacha tavsifi, zarur bo‘ladigan
qurilma chizmasi keltirish.
Umumiy holda shakllantirilgan
tajriba topshiriqlar loyiha faoliyati
jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ravishda
muammolarni qo‘yish va yechimlarni izlash,
yangi mahsulotlarni yaratish qobiliyatini
shakllantiradi. Topshiriqlar izlanganligi
fizikaviy faoliyatni tashkil qilish imkonini
beradi. O‘quvchi faolligi oshadi, unda o‘qishga
qiziqish va motiv paydo bo‘ladi. Shunday
qilib, rivojlantiruvchi ta’lim nuqtayi nazaridan
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarida tajriba bajarish
kompetentligi rivojlantiriladi.
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 168