Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   216
2021 4-son

9 Былинкина В.Г. Медиаобразование в лицее [Электронный ресурс]- Электрон. ст.- Режим доступа к ст.: http://ep.perm.ru/sections/doc_view.php?did=223
A.V.Xutorskoy axborot kompetentligiga 
zarur axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish 
va tanlash, uni haqiqiy obyektlar (televizor, 
magnitofon, telefon, faks, kompyuter, printer, 
modem, nusxa ko‘chirish uskunasi) va axborot 
texnologiyalari (audio va video yozish, elektron 
pochta, ommaviy axborot vositasi, internet) 
yordamida tashkil etish, qayta tashkil qilish, 
saqlash va yetkazish ko‘nikmalarini kiritadi. 
Mazkur kompetentlik ‘‘o‘quvchining o‘quv 
fanlaridagi va ta’lim sohalaridagi hamda 
atrofdagi olamda mavjud axborot bilan faoliyati 
malakalarini ta’minlaydi’’
7
. S.D.Karakozov 
axborot kompetentligini: «axborot jamiyati 
fuqarosining o‘zi uchun sir hisoblanmagan 
axborotdan erkin foydalanishni ta’minlash 
imkoniyati bilan ifodalanadi deb hisoblaydi
8

V.G.Bilinkina esa axborot kompetentligi 
‘‘axborotga ishlov berishning analitik 
metodlarini bilish; telefondan to shaxsiy 
kompyuter va kompyuter tarmoqlariga qadar 
turli texnik qurilmalardan foydalanish bo‘yicha 
aniq malakalarda; turli manbalar axborotlaridan 
foydalanish va olish, tushunarli ko‘rinishda 
ifodalash va uning turli ko‘rinishlari bilan 
o‘zining psixologik-fiziologik ma’lumotlarida 
mos ravishda samarali ishlashda; axborotning 
yangi manbalarini yaratib, o‘z ishida axborot 
kommunikatsiya texnologiyalaridan har 
tomonlama foydalanish qobiliyati’’da namoyon 
bo‘lishini ta’kidlaydi
9

Axborot kompetentlik, shuningdek, 
axborot texnologiyalarining salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish qobiliyatida (masalan, 
haqiqatdan yiroqlashish, kompyuterdan 
qo‘rqish, muloqotning pasayishi, muloqot 
bo‘yicha sherigining shaxsini hisobga olmaslik 
va uni xabarlar to‘plamiga tenglashtirish 
hisobiga mehnatni noinsonparvarlashtirish va 
boshqalar) ham ifodalanadi. 
«Axborot kompetentligi» tushunchasining 
ko‘p qirraliligi to‘g‘risidagi xulosa chiqarish 
imkonini berdi. Ahamiyatli belgilar qatoriga 
axborotli dunyoqarash, informatika 
sohasidagi nazariy bilimlar, axborotni izlash, 
tahlil qilish va foydalanish bo‘yicha bilimlar, 
ko‘nikmalar va malakalar majmui, zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan foydalanishning 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
170 
amaliy ko‘nikma va malakalari, faol ijtimoiy 
qarashlarning va ta’lim muhiti subyektlari 
motivatsiyasining ifodalanganligi kiritiladi. 
«Axborot kompetentligi» tushunchasi 
tadqiqotchilar tomonidan tor va keng ma’noda 
o‘rganiladi. Tor ma’noda axborot kompetentligi 
axborotni izlash, qabul qilish, qayta ishlash, 
taqdim etish, uzatish uchun yangi axborot 
texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalar 
va metodlardan foydalanish ko‘nikmasi bilan 
bog‘lanadi. Bizning fikrimizcha, axborot 
kompetentligi nafaqat axborot bilan ishlash 
uchun yangi axborot texnologiyalaridan 
foydalanish ko‘nikmasi bilan, balki axborotni 
tahliliy-sintetik qayta ishlashni amalga oshirish, 
axborot-izlash tizimi sifatida kutubxonadan 
foydalanib axborot-izlash vazifalarini hal qilish, 
ya’ni an’anaviy texnologiyalardan foydalanish 
orqali axborot faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog‘liq. 
«Axborot kompetentligi» tushunchasining 
mazmun va mohiyatini aniqlashtirishga turli 
tadqiqotchilar tomonidan yondashuvlarni tahlil 
qilish asosida biz umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
o‘quvchisida shakllanadigan va rivojlanadigan 
axborot kompetentlik tushunchasini uchun 
quyidagi ishchi ta’rifni qabul qildik: “axborot 
kompetentlik” –bu o‘quvchining o‘zini 
o‘zi rostlashining yuqori darajasi bilan o‘z 
faoliyatining kerakli momentida va boshqalar 
bilan konsruktiv o‘zoro ta’sirlashuvda 
o‘zlashtirilgan bilimlar, axborotni qayta ishlash, 
saqlash va uzatish ko‘nikmalarini samarali 
tahlil etish qobiliyati.
Bugungi kunda “axborot kompetentlik” 
tuzilmasi vatanimiz va xorijiy mamlakatlar 
tadqiqotchilari o‘rtasida munozara mavzusi 
bo‘lib kelmoqda. Tadqiqotchilarning deyarli 
ko‘pchiligi (V.V.Brejnev, D.S.Yermakov, 
V.S.Trishina, A.V.Xutorskiy va boshqalar) 
ushbu tushunchaning kamida ikkita, ya’ni 
kognitiv, amaliy faoliyatli komponentlarni o‘z 
ichiga olgan murakkab, ko‘p aspektli tavsifini 
qayd etishgan.
D.S.Yermakov “axborot kompetentlik” 
tuzilmasi haqidagi tajribalarni umumlashtirib, 
uning tarkibida quyidagi elementlarni 
ajratgan: axborot va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalari bilan ishlash 
metodlarini o‘rganishga motivatsiya va 
qiziqish mavjudligini ko‘zda tutuvchi, bilimlarni 
izlab topish maqsadida axborot bilan ishlash 
10 Ермаков Д.С. Информационная компетентность: получение знаний из информации // Открытое образование. М., 2011. №1. С. 4-8.
11 Тришина С.В., Хуторской А. В. Информационная компетентность специалиста в системе дополнительного профессионального образования // Интернет-журнал «Эйдос». 
2004. URL: http://www.eidos.ru/journal /2004/0622-09.htm
12 Петрова Е.В. Информационная компетентность в образовании как залог успешной адаптации человека в информационном обществе // Информационное общество. М., 
2012. №2. С. 37-43
13 Брежнев В.В. Содержание и структура информационной компетентности старшеклассника // Ученые записки. Электронный научный журнал Курского государственного 
университета. URL: http://www.scientific-notes.ru/pdf/017-21.pdf
zaruriyatini anglashga imkon beruvchi, ehtiyojli-
motivatsion; axborotli faoliyat maqsadi 
haqidagi bilimlarni va axbrot bilan ishlash 
ko‘nikmalarini, shuningdek, axborotni qayta 
ishlashning apparatli-dasturiy vositalarining 
ishlash tamoyillari va imkoniyatlari haqidagi 
bilimlarni o‘z ichiga olgan kognitiv; axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan 
foydalanish ko‘nikma va malakalarini ijodiy 
faoliyat tajribalari bilan birlashtiruvchi amaliy-
faoliyatli; tashkilotchilik, hozirjavoblik kabi 
bir qator shaxs sifatlarida o‘z aksini topgan 
emotsional hissiy; axborot va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning 
shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashni 
faollashtiruvchi qadriyatli-mazmunli
10

Xuddi shunday tuzilma S.V.Trishina va 
A.V.Xutorskoylar tomonidan ham taklif etilgan 
bo‘lib, ularning fikricha axborot kompetentlik 
quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: 
kasbiy masalalarni ijodiy yechish uchun zarur 
bo‘lgan o‘zlashtirilgan bilimlar tizimini o‘z 
ichiga olgan kognitiv: kasbiy faoliyatda o‘z 
o‘zini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
turli xil faoliyat usullarini shakllantirish va 
rivojlantirishga imkon beruvchi faoliyatli-
ijodiy; ehtiyoj va motivlarga javob beradigan, 
subyektning shaxsiy sifatlarida aks etadigan 
shaxsiy; eng muhim qadriyatli yo‘nalishlarni 
aniqlashda ta’lim oluvchiga yordam 
ko‘rsatuvchi aksiologik
11
.
Y.V.Petrovaning fikricha, shaxsning 
axborot kompetentligi jamiyatning axborot 
kompetenligi bilan uzviy bog‘liq. Ular uzviy 
o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida biri birini 
boyitadi va rivojlantiradi. unga ko‘ra axborot 
kompetentlik quyidagi tuzilmaga ega: kasbiy 
masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan 
o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasi; kasbiy 
faoliyatda o‘z o‘zini amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan turli xil faoliyat usullari majmuasi; 
subyektning shaxsiy sifatlari, kompetentlikni 
oshirishga yo‘naltirilgan ehtiyoj va motivatsiya; 
eng muhim qadriyatli yo‘nalishlarni tanlash
12
.
V.V.Brejnev tomonidan esa axborot 
kompetentligining bir muncha boshqacha 
tuzilmasi taklif etilgan
13
. U motivatsion va 
qadriyatli komponentlarni motivatsion-
qadriyatli ko‘rinishda bittaga birlashtirishni 
taklif etgan. Uning fikricha, bunday birlashtirish 
axborot bilan ishlashning muhimligini 
anglashga, muhim axborotlarni izlab 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin