TABIIY VA ANIQ FANLAR LOYIHA METODI O‘QUVCHILARDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHI SIFATIDA Abror Amrullayevich Qarshiyev – o‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika instituti. Annotatsiya: Maqolada manbalar tahlili asosida axborot kompetentlik tushunchasi mazmun va mohiyati hamda tuzilmasi o‘rganilib, shu asosda axborot kompetentlik uchun umumiy o‘rta ta’lim maktab yuqori sinf o‘quvchisiga xos ishchi ta’rif qabul qilingan hamda axborot kompetentligi tuzilmasi tavsifi keltirilgan. Axborot kompetentlikni shakllantirishda loyiha metodidan foydalanish haqida fikr yuritilgan. Аннотация: В статье исследуются содержание, сущность и структура понятия информационной компетентности на основе анализа источников, на основании которого принимается конкретная должностная инструкция по информационной грамотности для старшеклассников и описание структуры информационной компетентности. Рассмотрено использование проектного метода в формировании информационной компетентности Abstract: The article examines the content, essence and structure of the concept of information competence on the basis of an analysis of sources, on the basis of which a specific job description for information literacy for high school students and a description of the structure of information competence are adopted. The use of the design method in the formation of information competence is considered. Kalit so‘zlar: kompetensiya, kompetentlik, axborot kompetentlik, axborot – komunikatsiya texnologiyalari, loyiha metodi, maktab. Ключевые слова: компетенция, компетентность, информационная компетенция, информационные и коммуникационные технологии, проектный метод, школа. Keywords: competence, competence, information competence, information and communication technologies, project method, school. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi 2017-yil 15-avgustdagi № 5024-sonli
Farmoyishida mamlakatimizda ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, innovatsion texnologiyalarni
joriy etish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, sifatli ta’lim berish orqali
yoshlarning har tomonlama yetuk, ma’naviy,
intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil
inson bo‘lib yetishishlari, pedagog xodimlarning
yuqori malakaga ega bo‘lishlari, ilg‘or xorijiy
tajribalarni ta’lim tizimiga joriy etish orqali
ta’lim samaradorligiga erishish bilan bog‘liq
qator muhim yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Davlat ta’lim standartlarida qayt etilgan
kompetentli mutaxassis tayyorlash maqsadi
ta’lim mazmunigina emas, o‘zlashtirish
vositalari va ta’limni tashkil qilish jarayonini
ham o‘zgartirishga olib keladi. Ko‘p narsani
biladigan, lekin hech bir foydali ishni amalga
oshira olmaydigan o‘qituvchining jamiyatga
ham, o‘ziga ham foydasi tegmaydi. Shu sababli
o‘quv faoliyatidan ko‘zlangan asosiy pirovard
maqsad – faoliyatni amalga oshirishga
yordam beradigan kompetensiyalarni
shakllantirish va kompetentlikni rivojlantirish.
Ta’lim tizimida o‘tgan asrning 60 yillarida
1 Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированного образования // Народное образование. –2003.- №2.С.58-64. yangi tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli
yondashuvning vujudga kelishi hamda xorijiy
pedagogik va metodik manbalarda paydo
bo‘lgan «kompetentlik» va «kompetensiya»
tushunchalari aslida o‘zaro chambarchas
bog‘liq tushunchalar bo‘lib, odatda
kompetentlikning oshishi kompetensiya
doirasining kengayishiga olib keladi va
kompetensiya doirasining kengayishi
kompetentlik darajasining oshishi zaruratini
ta’minlaydi. Tadqiqotchilar “kompetentlik”
va “kompetensiya” tushunchalariga turlicha
ta’rif berishgan. Masalan, A.V.Xutorskoyning
fikricha: “Kompetensiya shaxsning muayyan
predmet va jarayonlarga nisbatan o‘zaro
chambarchas bog‘liq hamda samarali faoliyat
yuritish uchun zarur bo‘lgan bo‘lgan xususiyatlar
(bilimlar, ko‘nikmalar, malaka, faoliyat yuritishi
usullari) yig‘indisidir; kompetentlik esa –
insonning faoliyat predmetiga nisbatan
shaxsiy munosabatini o‘z ichiga oluvchi
muayyan kompetensiyaga ega ekanligidir
1
. A.
V. Xutorskoy kompetentlik tushunchasiga ta’rif
berganda shaxsning nafaqat kasbiy tajribasini,
balki uning bilim doirasi kengligini ham
nazarda tutadi, ya’ni ushbu masalaga kengroq
yondashadi. Binobarin, kompetenlikka ega
bo‘lish – muayyan bilimlar va muayyan tavsiflar
(fazilatlar) ga ega yoki muayyan holatdan
xabardor bo‘lish demakdir; kompetensiyaga
169 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son