Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   216
2021 4-son

TABIIY VA ANIQ FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
172 
shuningdek topilgan yechimlarni amaliyotga 
qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Loyiha metodi shaxsga yo‘naltirilgan 
yondashuvni amalga oshirishga qaratilgan 
harakatlarning faol usullari orqali ta’lim 
jarayonini tashkil etishning nostandart, 
an’anaviy bo‘lmagan usullarini o‘z ichiga oladi. 
Loyiha deganda ta’lim oluvchida 
intellektual va jismoniy ko‘nikma va 
malakalarning aniq tizimini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan va anglangan 
faoliyat tushuniladi. U o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: maqsadni tanlash (nimani va nima 
uchun bajarish kerak); buyum yoki mahsulotni 
tayyorlash optimal texnologiyasini ishlab 
chiqish yoki tanlash; bajarilgan ishning iqtisodiy 
va ekologik baholanishini amalga oshirish. 
Loyihani bajarish bo‘yicha ta’lim oluvchining 
faoliyati natijasi esa o‘z ichiga loyiha mavzusini 
tanlash asosini, texnologik jarayon ( barcha 
eskizlar, hisob-kitob ishlari ilovasi bilan) va 
buyum yoki mahsulot tayyorlash tavsifini 
oladigan hisobot ko‘rinishida qayd etiladi. 
Loyiha metodidan foydalanishga 
qo‘yiladigan asosiy talablarga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 1) hal etish uchun 
integrallashgan bilimlar, tadqiqotchilik 
izlanish talab etiladigan ijodiy nuqtayi 
nazardan ahamiyatli muammolar mavjudligi; 
2) faraz qilinayotgan natijalarning amaliy va 
bilish nuqtayi nazaridan ahamiyatliligi; 3) 
o‘quvchining mustaqil faoliyati; 4) loyihaning 
mazmunli qismining tuzilmalashtirilganligi; 
5) muammoni va undan kelib chiqadigan 
tadqiqotchilik masalalarini aniqlash, ularni 
yechish farazini ilgari surish, tadqiqot metodini 
va yakuniy natijani rasmiylashtirish usullarini 
muhokama qilish, olingan natijalarni to‘plash, 
tizimlashtirish va tahlil qilish, natijalarni 
rasmiylashtirish. O‘quvchining loyihalovchilik 
faoliyati unda mavjud bilimlar doirasidan 
tashqariga chiqmasligi kerak. Loyiha 
metodi bilish faoliyatini faollashtiradi, ijodiy 
imkoniyatlarini ochadi, qiziqishlarini hisobga 
oladi. Maktab informatika kursida loyiha 
metodi o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini 
faollashtiruvchi, va chuqurlashtiruvchi 
muammoli o‘qitishni tashkil etishga, o‘z-
o‘zini tashkil etishga, tizimli yondashishga, 
o‘quvchilarning ijodiy tashabbuskorligini 
rivojlantirishga imkon beradi. U hamma vaqt 
o‘quvchilarning mustaqil faoliyat yuritishiga, 
vaqtning aniq bir oralig‘ida ular tomonidan 
bajariladigan individual, juftli va guruhli 
ishlarga yo‘naltirilgan. Loyiha metodi hamma 
vaqt bir tomondan, turli xil o‘qitish metodlari va 
15 1-расм. Ўқувчиларнинг лойиҳа устида ишлаш босқичлари
vositalaridan foydalanishni, boshqa tomondan 
esa fan, texnika va texnologiyalarning 
turli sohalari, shuningdek ijodiy sohada 
integrallashgan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
ko‘zda tutuvchi qandaydir muammoni hal etadi. 
Bu metoddan foydalanishda o‘quv jarayoni 
ijodiy tus oladi, o‘quvchi esa erkin va biror bir 
aniq maqsadga intiluvchi bo‘lib hisoblanadi. 
Loyiha ustida ishlashda har qanday mustaqil 
ish, o‘rganilmagan yangi materialni jalb etish 
rag‘batlantiriladigan ijodiy ishchi holat ustunlik 
qiladi, inson ijodiy mustaqilligining o‘z-o‘zidan 
rivojlanishi va uning ma’naviy qadriyatlarini 
yoyish uchun imkoniyatlar yaratiladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika 
darslarida har qanday loyiha ustida ishlash uni 
bajarishning aniq bosqichlarini o‘z ichiga oladi 
(1 rasm)
15

Har bir bosqichda aniq bir masala hal 
etiladi, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati xarakteri 
aniqlanadi, maxsus (loyihachilik) ko‘nikmalarni 
shaklantirish ro‘y beradi.
Maktab informatika kursida fanlararo 
(matematika, fizika, adabiyot va boshqalar) 
o‘qituvchilari rahbarligida loyihalarni 
qarash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Chunki, ular o‘quvchilarda ilmiy bilimlar 
tizimini, umumlashgan bilish ko‘nikmalarini 
shakllantirishga imkon beradi. Bunday 
loyihalar maktab informatika kursini o‘qitishga 
loyihalovchilik faoliyati elementlarini kiritish 
mumkinligi haqidagi tasavvurni beradi. Maktab 
informatika kursida fanlararo (matematika, 
fizika, adabiyot va boshqalar) o‘qituvchilari 
rahbarligida loyihalarni qarash maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Chunki, ular o‘quvchilarda 
ilmiy bilimlar tizimini, umumlashgan bilish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. 
Bunday loyihalar maktab informatika kursini 
o‘qitishga loyihalovchilik faoliyati elementlarini 
kiritish mumkinligi haqidagi tasavvurni beradi. 
Ularni bajarish darajasini tahlil qilish quyidagi 
xulosalarni chiqarish imkonini beradi: 1) 
loyihalovchilik faoliyati o‘quvchining turli 
darajali kompyuterli tayyorgarlik muammosini 
hal etish imkonini beradi. Har bir o‘quvchi o‘z 
imkoniyati doirasida ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirib, oladi va mehnat qiladi; o‘tilgan 
materialni qayta tiklash uchun emas, balki 
o‘z bilimini mustaqil kengaytirish, ularni 
amaliy qo‘llay olish, jamoada ishlay olish 
uchun qo‘yilgan baho keyingi faoliyat uchun 
yaxshi rag‘bat bo‘lib hisoblanadi; murosasiz 
pedagogika, o‘z-o‘zini tanqid qilishni 
tarbiyalash, o‘z-o‘zini tahlil qilishga o‘rgatish va 
refleksiya uchun real sharoitlar paydo bo‘ladi; 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin