TABIIY VA ANIQ FANLAR MAKTAB O‘QUVCHILARIGA KOMBINATORIK MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH METODIKASI Murod Barakayev – p.f.n. dotsent, Toshkent davlat pedagogika universiteti Abdivali Shamshiyev – i.f.n., dotsent v.b., Jizzax davlat pedagogika instituti Mavjuda Barakayeva – o‘qituvchi, Toshkent davlat pedagogika universiteti Annotatsiya: Mazkur maqola maktabda kombinatorika elementlarini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kombinatorika elementlarini maktabda o‘rganish zaruriyati, maqsad va vazifalari, uni samarali o‘qitishda amaliy mazmundagi masalalarning o‘rni va uni o‘qitish metodikasi keltirilgan. Shuningdek, kombinatorik masalalarni yechish bosqichlari, kombinatorika elementlarini samarali o‘rganishga xizmat qiladigan amaliy mazmundagi masalalar va ularni yechish usullari keltirilgan. Abstract: This article is dedicated to the methodology of teaching combinatorics elements in school, It describes the need, goals, and objectives of studying the elements of combinatorics in school, the role of practical issues in its effective teaching, and methods of teaching it. It also describes the stages of solving combinatorial problems, practical problems that serve to effectively study the elements of combinatorics, and ways to solve them. Аннотация: Статья посвящена методике преподавания элементов комбинаторики в школе, описывает необходимость, цели и задачи изучения элементов комбинаторики в школе, роль практических вопросов в ее эффективном преподавании и методы ее обучения. Также описаны этапы решения комбинаторных задач, практические задачи, служащие для эффективного изучения элементов комбинаторики, и способы их решения. Kalit so‘zlar: kombinatorika, kombinatorik masalalar, faktoriallar, o‘rin almashtirishlar, gruppalashlar, o‘rinlashtirishlar, kombinatorik masalalarni yechish bosqichlari. Ключевые слова: комбинаторика, комбинаторные задачи, факториалы, перестановки, группировки, размещения, этапы решения комбинаторных задач. Keywords: combinatorics, combinatorial problems, factorials, permutations, groupings, placements, combinatorial problem- solving stages. Inson kundalik hayotida juda ko‘p
hollarda birorta ham yechimga ega
bo‘lmagan, ammo uni yechishning turli
xil usullari mavjud bo‘lgan masalalarga
duch keladi. Bu yechish yo‘llari orasidan
eng qulayini tanlay olish juda muhim
hisoblanib, buning uchun barcha mumkin
bo‘lgan variantlarni qidirish yoki kamida
ularning sonini hisoblash kerak bo‘ladi.
Agar gap ob’yektlar orasidagi
kombinatsiyalar haqida borayotgan bo‘lsa,
u kombinatorik masalalar va bunday
masalalarni o‘rganuvchi matematikaning
bo‘limiga - kombinatorika - deb yuritiladi.
Demak, Kombinatorika –
matematikaning berilgan obyektlardan
u yoki bu shartlarni qanoatlantiruvchi
nechta kombinatsiya tuzish mumkinligini
o‘rganuvchi bo‘limidir.
Tarif: Har qanday narsalardan tuzilgan
va bir-biridan shu narsalarning joylashish
tartibi yoki o‘zi bilan farq qiluvchi to‘plamlar
- kombinatorika deyiladi.
Kombinatorikani tashkil etadigan
narsalar uning elementlari deyiladi va
ular lotin alifbosining kichik harflari bilan
belgilanadi: a, b,v, s, …..
Kombinatorik masalalalarga insoniyat
juda qadim zamonlardayoq duch kelishgan.
Masalan. Qadimgi Xitoyda bir necha
ming yillar ilgari sehrli kvadratlar tuzishga
qiziqishgan. Bunda sehrli kvadratlardagi
sonlar shunday joylashtiriladiki, natijada
har bir gorizontal, vertikal va diagonalda
joylashgan sonlar yig‘indisi bir xil bo‘ladi.
Bundan tashqari, Kombinatorik
masalalar: shashka, shaxmat, domino,
karta kabi o‘yinlarni paydo bo‘lishi tufayli
ham vujudga kelgan va rivojlangan.
Kombinatorika – faqatgina XVII
asrga kelib alohida fanga aylangan bo‘lib,
uni mustaqil fan sifatida birinchi bo‘lib,
germaniyalik matematik olim G. Leybnits
o‘rgandi. U 1666 yilda izlanishlari natijasi
o‘laroq “Kombinatorika san’ati haqida”
nomli asarini yaratadi.
Hozirgi kunda kombinatorika ko‘plab
fan sohalarida, jumladan, biologiya, ximiya,
murakkab inshootlar mexanikasida tatbiq
etib kelinmoqda.
Kombinatorikaning asosiy
tushunchalari: faktoriallar, o‘rin
almashtirishlar gruppalashlar,
o‘rinlashtirishlar, Nyuton binomi kabi
tushunchalar hisoblanadi. So‘ngi yillarda
kombinatorika jadal suratlar bilan rivojlanish
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 160