Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   216
2021 4-son

157 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
odatlar asosida yoshlarni tarbiyalash
ularda tabiat va uning boyliklariga mehr-
muhabbat uyg‘otish, tejamkorlikka 
o‘rgatish, bog‘-u-rog‘lar, gulzorlar tashkil 
qilishga undash, ularning qalbida yaxshi 
xislatlar uyg‘otishdan iborat
2
.
Ekologik muammolar hayot - mamot 
masalasiga aylangan hozirgi davrda 
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv rejasiga 
kiritilgan ekologiya fani bundan bir necha 
yil oldin majburiy fanlar ro‘yxatidan 
chiqarib tashlandi. Akademik litseylarni 
o‘quv rejasiga ekologiya fani kiritiligan. 
Umumta’lim maktablarida ekologiya faniga 
oid materiallar tabiiy fanlar o‘quv rejasiga 
qo‘shimcha sifatida kiritilgan, masalan 
6,7,8 – sinflarda fizika fanini o‘qitish 
rejasiga ekologiyaga oid soat ajratilmagan, 
9,10,11 – sinflarda bir soat vaqt ajratilgan. 
Fizika fanini o‘qitish uchun umum ta’lim 
maktablarida 446 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, 
ya’ni har bir sinfni o‘quv rejasida haftada 
2 soat fizika darsi o‘tiladi. Fizika fanini 
umumta’lim maktablarida 446 soat ichida 
faqat 3 soat ekologiya va atrof muhitni 
muxofaza qilishga oid materiallar bilan 
o‘quvchilarni ekologiya bilimiga ko‘nikma 
hosil qilishi juda mushkul. Shu sababli 
umumta’lim maktablarida fizika fanini 
o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ekologiya 
faniga qiziqish va havas hosil qilish uchun 
fizika fani o‘quv dasturlariga kiritilgan 
mavzularni o‘quvchilar ongiga singdirish 
davomida fizika fani tabiat to‘g‘risidagi 
fanlardan biri ekanligi, tabiatda kechadigan 
fizik jarayonlar o‘z navbatida ekologiya 
va atrof muhitda sodir bo‘layotganligini, 
o‘quvchilarga atrof muhitni himoya qilishga 
oid mavzular to‘g‘risida ham tushunchalar 
berish ehtimolini ko‘paytirish mumkinligi 
to‘g‘risida fikrlarimizni muhokamaga 
qo‘ymoqchimiz. Quyida fizika fani 
o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchilariga fizika 
fanidan 1-darsni o‘tishi to‘g‘risida qisqacha 
mulohaza yuritamiz: 
- O‘quvchilarga 1-dars mavzusi e’lon 
qilinadi: 
1-Dars mavzusi :Fizika nimani 
o‘rganadi ? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti 
tarixidan ma’lumotlar.

O‘quvchilarga dars rejasi e’lon 
qilinadi:
- Yangi dars bayoni paytida atrof 
2 Prof.R.N.Bekmirzayev, dots.B.Sultonov, o‘qituvchi O.Eshtuxtarova. “Uzluksiz ekologik ta’limni amalga oshirish usullari”. Jizzax 2021-y.Tafakkur Ziyosi.
3 Prezident Sh.Mirziyoyevning “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun xamkorlik - 2030” [P4G] xalqaro sammitdagi nutqi. “Xalq so‘zi” 31 may 2021 yil. Toshkent
muhitni muxofazasiga oid ma’lumotlarni 
ta’kidlab o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz.
Aytaylik, fizika fani nimani o‘rganadi 
degan savolga javob berish paytida 
quyidagicha javob berish o‘rinli:
- Fizika ham kosmosda, ham yerda, 
ham tirik organizmda, ham atmosferada 
umuman tabiatning barcha qismlarida yuz 
beradigan hodisalarni o‘rganadi degan fikr 
aytiladi. O‘qituvchi o‘z navbatida yuqorida 
aytilgan fikrga izoh berish paytida insoniyat 
yashab hayot kechirayotgan makonda 
tabiatni muhofaza qilishga oid fikrini ham 
qisqacha bayon qilinsa o‘quvchilarda 
tabiatga nisbatan mehr va muhabbat 
paydo bo‘ladi.
O‘qituvchi, o‘quvchilarga atmosferada 
sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni ham ijobiy 
ham salbiy tomonlarini og‘zaki bayon qilishi 
yoki ushbu jarayonga oid videoni namoyon 
etishi yoki tabiatga tahdid etuvchi omillar 
va ularning oqibatlari to‘g‘risida hikoya va 
ma’lumot to‘g‘risida fikr yuritish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz
3
.
Bu fikr mulohazalar asosida 
o‘quvchilar tabiatda kechadigan fizik 
jarayonlar va ularning atrof muhitga salbiy 
va ijobiy ta’sirlari to‘g‘risida ko‘nikma 
hosil qiladi. Atrof muhitga salbiy ta’sir va 
tahdidlarni ham bilish o‘quvchilar ongini 
tabiatdagi fizik hodisalariga nisbatan 
munosabatini shakllanishiga xizmat qiladi.
Quyida fizika fani o‘qituvchisining 
1-darsni olib borish ssenariysi to‘g‘risida 
taklifimizni bayon etmoqchimiz.
Darsga kirishdan oldin o‘qituvchi 
dars yuzasidan tayyorlangan 1- dars 
mavzusiga oid “Nazariy mashg‘ulotning 
o‘qitish texnologiyasi”, shuningdek dars 
mavzusiga oid mashg‘ulotning texnologik 
xaritasi ishlab chiqilganligi va va ilmiy 
mudir tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi 
kerak.
1-Dars mavzusiga oid texnologik 
xaritada faoliyat bosqichlariga vaqt 
ajratiladi.
1- 
bosqich: O‘quv mashg‘ulotiga 
kirish (10 minut )
2- bosqich: Mashg‘ulotning 
asosiy qismi (20 minut )
3- bosqich: Mashg‘ulotning 
yakuniy qismi (10 minut)
4- 
bosqich: Darsning tashkiliy 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin