“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
158
TABIIY VA ANIQ FANLAR
qismida o‘quvchilarga tabiat hodisalariga
oid video namoyish etilsa, ushbu fizik
jarayonda tabiat muhofazasiga ta’sir
etuvchi ijobiy va salbiy boqiyliklar to‘g‘risida
o‘quvchilarga ko‘nikma va
malaka berish
lozim bo‘ladi. Darsning 4- qismidagi
xulosaga asoslanib o‘quvchilarga fizika
darsida ham tabiatga mehr va muhabbat
uyg‘otish mumkin ekanligiga e’tiboringizni
jalb etamiz.
Darsning asosiy qismini bayon
etishda o‘qituvchi Aristotel tomonidan
kashf etilgan richarg yoki katapultaning
inson hayoti va mudofasidagi o‘rni
to‘g‘risida ma’lumot berar ekan richargdan
uy sharoitida fan va texnika rivojlanishida
qanday foydalanish to‘g‘risida,katapulta
esa qo‘rg‘on himoyasida ya’ni Vatan
himoyasida ishlatilgani,fizik hodisaning
ijobiy tomonlarini yaqqol ko‘rsatadi.
Ayniqsa, hozirgi paytdagi fizik
hodisalarni o‘quvchilar
ongiga yetkazish
juda muhim. Birinchi va ikkinchi kosmik
tezliklarga erishish yerning tortish kuchini
yengish uchun uchiriladigan raketa qancha
yoqilg‘i sarflaydi. Fizik jarayon sodir
bo‘lmoqda. Ushbu jarayonda kosmosni
zabt etish uchun katta tezlikka erishish
yo‘llari ko‘rsatiladi. Ikkinchi tomondan
uchiriladigan raketa dvigatellaridagi
yoqilg‘ini isrofi tabiatga salbiy ta’sir
ko‘rsatishini pedagog e’tirofidan chetda
qolmasligi kerak. Chunki atrof
muhitni
himoya qilish har bir insonning kelajak
avlod oldidagi burchi ekanligini e’tirof
etish zarur. Zero, tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonunning 12 - moddasida
O‘zbekiston aholisining tabiatni muhofaza
qilish huquq va majburiyatlari belgilab
qo‘yilgan. Navbatdagi misolda AES (atom
elektr stansiyasi) to‘g‘risidagi kashfiyotni
qarab chiqaylik. Ushbu
kashfiyot
fiziklarning fan va texnika taraqqiyotiga
qo‘shgan ulkan muvaffaqiyatidir. Sanoatni,
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun elektr
energiya zarur. Lekin AES ni boshqarishda
biroz ziyraklikni yo‘qotsangiz fojia ro‘y
berishi mumkin. Chernobl misol tariqasida
4 O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni –T.: 1992. Lex.uz
5 Savlatbek Kistaubaev “Ekologiya va shaxs tarbiyasi”. “Tafakkur qanoti” T. 2013 y.
keltiriladi. Chernobl AES sining 1 - blokini
ishdan chiqishi Ukraina, Belorussiya
va Rossiyaning minglab
gektar unumli
yerlarida ekologik fojiani yuzaga
keltirganligi aytib o‘tiladi.
Navbatdagi misolda Issiqlik elektr
stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr
energiya juda ham zarur, lekin, ushbu elektr
stansiyalarida yoqiladigan mahsulotlar
(neft, gaz, ko‘mir, torf) ning atrof muhitga
salbiy ta’sirini sayyoramiz iqlimining
o‘zgarishiga sababchi ekanligini e’tirof
etish zarur
4
.
Bu sohaga oid video filmlar bisyor.
Ushbu videoroliklardan birortasini
namoyish qilish orqali o‘quvchilarda
tabiatda kechadigan fizik jarayonlarni
atrof muhit muhofazasiga salbiy ta’sirini
namoyish etish mumkin. O‘qituvchi –
pedagog fizika fanidan dars o‘tish
jarayonida o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatni,
atrof muhit himoyasiga bo‘lgan e’tirofni
chetlab o‘tishga haqqi yo‘q. Chunki, u shu
Vatan farzandidir.
Biz yuqorida keltirgan ma’lumotlarda
6-7-8-9 – sinf uchun fizika fani o‘quv
dasturida tabiat muhofazasiga oid mavzu
ajratilmagan, vaholanki, fizik-pedagog har
bir fizika darsida tabiat muhofazasiga oid
fikrni bildirish imkoniyati mavjud.
Bizning fikrimizcha fizika o‘qutuvchisi
fizika fanidan o‘tiladigan har bir darsda
ekologik tarbiyaga urg‘u
berishi shart emas,
lekin, fizik-pedagog shu vatan farzandi
ekanligini unutmasligi lozim
5
.
Ushbu mavzuni ko‘tarishimizdan
maqsad fizika fani o‘qituvchisi o‘quvchilarda
ekologik tafakkur tarzi, u yashab turgan
mamlakatning tabiiy- geografik iqlimi,
shart-sharoiti, u mansub bo‘lgan millat
yoki
xalqning mentaliteti, turmush tarzi,
tarixi, urf-odati, e’tiqodi, qolaversa ushbu
jamiyatda yashovchi kishilarning tabiat
to‘g‘risidagi dunyoqarashi hamda unga
bo‘lgan munosabati bilan uzviy bog‘liqligini
shakllantirishdan iborat.