“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
152
FILOLOGIYA FANLARI
O‘ZBEK HUJJATLI FILMLARI
TARIXI XUSUSIDA
Mahliyo Mirsoatova–
f.f.n. dotsent, O‘zbekiston Milliy Universiteti
Annotatsiya:
Maqolada rangli rejissyor Malik Qayumovning o‘zbek kinosidagi faoliyati va kinojurnalistikadagi mahorati
haqida so‘z boradi
Аннотация:
В стати рассказывается о творчестве цветного режиссёра Малика Каюмова в узбекском кино и о его
мастерстве в киножурналистике.
Abstract:
The article tells about the work of Malik Kayumov in uzbek cinema and his skill in film journalism.
Kalit so’zlar:
Munavvar qori Abdurashidxonov, «Padarkush», «shayton surat», kinojurnalistika, X.Devonov ham «Pate»
kamerasi, Xudoybergan Devonov, kinomatografiya, Malik Kayumov, «Tarzan», «Tarzanning o‘g‘li», «Tarzanning qizlari», «Bag‘dod
o‘g‘risi».
Ключевые слова:
Мунаввар кори Абдурашидхонов, «Падаркуш», «Чертова картина», киножурналистика, Х.
Девонов также камера «Пате», Худойберган Девонов, кинематография, Малик Каюмов, «Тарзан», «Сын Тарзана»,
«Дочери Тарзана» , «Багдадский вор».
Keywords:
Munavvar qori Abdurashidkhonov, "Padarkush", "devil's picture", film journalism, H. Devonov also "Pate" camera,
Khudoibergan Devonov, cinematography, Malik Kayumov, "Tarzan", "Son of Tarzan", "Daughters of Tarzan", "Thief of Baghdad".
Buyuk ziyoli Munavvar qori
Abdurashidxonov «Turkiston
viloyatining
gazeti»
1
da e’lon qilgan «Birinchi milliy
teatr» maqolasida «olamdan xabarsizlik»,
«xabarsizlik balosiddin qutilmak» haqida
kuyunib fikr yurtadi. Bu o‘rinda endi paydo
bo‘layotgan o‘zbek teatriga katta xizmat
kilish zarurlgini qayd etiladi. Tomosha
zaliga yig‘ilganlarga estetik zavq berishdan,
ularni tarbiyalashdan behad xursand
bo‘lgan munaqqid, (gap Maxmudxo‘ja
Behbudiyning «Padarqush» yoxud
o‘qimagan bolaning xoli» dramasining
sahnalashtirilishi hakida ketayotganini
eslatib o‘tamiz – M.M.) kinojurnalistika
millionlarga uzluksiz xabar berib borish
imkoniga ega bo‘lishi xaqida o‘ylaganmikin?!
Munavvar qori Abdurashidxonov hibsga
olinib, yorug‘ dunyoni ko‘ra
olmagan damda
u ko‘rgan texnik ixtiro «shayton surat»,
«attraksion»
2
emas, kinematografiya,
san’at deb atala boshlandi. U 30-yillarga
kelib ovoz, 50-yillarda rang bilan boyidi,
ekran kengaydi, ovoz vositalari stereofonik
ravishda yangradi... Binobarin, uning -
yangi san’atning xabar berishi, barchani
«xabarsizlik balosidan» xalos etishi uchun
keng imkoniyatlar topildi.
Bunday vazifani - axborot berishni
1 Туркистон вилоятининг газети -1914. -№ 17. -3 б.
2 „Шайтон сурат". „аттракион–дастлаб ок чодирда намойиш килинган кадрдаги одамларни илк бора кўрганлар булар шайтон суртлар ё афсунгарлар қўяётган атракциондеб
кабул килишган.
3 Ўзбекистон»., „Новости”каби киножурналмрнп назарда тумокдамиз.
4 Синематограф ихтиро килинганида унинг элчиларига дастлаб шундай ном берилган
kinojurnalistika o‘z oldiga maqsad
qilib
qo‘yganini qayd kilganimzda hafta, oyda
muntazam tayyorlanib, ekranga chiqazilib
turilgan jurnallarni
3
eslash odat tusiga
kirib kolgan. Aslida kinojurnalistika
unsurlari (ehtimol, asoslari) Xudoybergan
Devonovnint ilk kadrlarida ham mavjud.
Fransuz ixtirochilari aka-uka Lyumerlar
suratga olgan va Parijdagi «Grand-kafe»da
ko‘rsatilib, barchani hayratga solgan
kadrlar
hayotdan olingan va muayyan
voqeaning tasmadagi ifodasi bo‘lgan.
O‘sha kezlari uchun nihoyat kiziqarli bo‘lgan
bahaybat poezdning xarakatdagi ko‘rinishi,
po‘lat mashina pishqirib bekatga kelib
to‘xtashi, yo‘lovchilarning chiqib-tushish
jarayoni aynan tasvirlanganini ataylab
ta’kidlayapmiz. O‘sha ixtirochilarning
Xorazmga kelgan «agentlaridan»
4
kino
texnikasini o‘rgangan X.Devonov ham
‘‘Pate kamerasi”ning ziyrak ob’ektividan
bozorga mol keltirilishi, xaridorlar ularni
xarid kilishi, Xivadagi katta maydonda
sayil boshlanishi, ariq qazilishi, kanallar
tozalanib bahor
suvlariga shay qilib
qo‘yilishini ko‘rsatish uchun foydalanish
niyatida bo‘ldi. O‘zbek kinosolnomasining
shu ilk kadrlarida Xorazm manzaralari,
shingil-shingil voqealar o‘z aksini topadi.