“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
148
muallif badiiy makonni birlashtiradi. Bu
holatda vaqt birdaniga zichlashadi yoki asta-
sekin cho‘ziladi. Natijada, epik qahramonlar
o‘tmishda yoki kelajakda yashay olishadi.
Muallifning badiiy fikrlash va syujet
qurishdagi mahorati natijasida epik
xronotopning o‘ziga xos
turi xotira makoni
va xotira vaqti yuzaga keladi. Masalan,
M.Nizanovning «So‘nggi istak» romanida
hikoya qilinayotgan vaqtdan 30-40 yil oldingi
voqealar bosh qahramon Orzuboyning xotirasi
orqali beriladi. U darvesh holida «Xudoyi
qo‘noq» (qoraqalpoqlarda uyiga mehmon
bo‘lib kelgan begona odamni shunday ataydi)
sifatida Xojaxmetning uyiga keladi. Shu
joyda uy egasiga o‘zining yoshlik yillari, ishi,
Biybisora degan qizga uylangani, farzandli
bo‘lgani, Kiyevdan kelgan aspirant qiz
Oksanani sevib qolishi, u bilan birga Kiyevga
ketishi, Oksananing kasallikdan vafot etishi,
o‘zining darvesh holida ko‘p qiyinchiliklarni
boshidan kechirgani, Vataniga qaytib
kelganiga qadar hayotidagi hodisalarni so‘zlab
beradi
9
. Bu holatda Orzuboyning xotira
vaqti
zichlashadi, 30-40 yillik voqealar bir kechaga
joylashtiriladi. Badiiy makon ba’zida cho‘ziladi,
ba’zida birikadi. Orzuboyning real makoni
Nukus shahri (Xojaxmetning uyi) bo‘lgani bilan
u 12 soatda o‘z xotira makonini Yevropagacha
cho‘za oladi, shuningdek, Izmir (Turkiya) bilan
Kiyev (Ukraina) makonlarini (Izmir – Kiyev
oralig‘i 1700 km) biriktiradi.
Lirika hayotiy o‘zgarishlarni tez
ifodalovchi
10
, g‘oyalar,
emotsiyalar va
konsepsiyalar diapozoni keng, subektiv
adabiy tur hisoblanadi
11
. Epikada voqealarga,
dramada konfliktga «itoatkor» bo‘lgan badiiy
personaj lirikada shaxsiy ichki kechirmalariga,
meditativlik mulohazalariga ega lirik
qahramon–individual shaxs darajasiga
ko‘tariladi va
shularga asoslangan holda
alohida lirik xronotopning xususiyatlarini
yuzaga chiqaradi.
Lirik xronotop epik xronotopga nisbatan
keyinroq o‘rganila boshladi. Buning sababi,
lirikada zamon va makon kategoriyalari lirik
qahramonning ichki hislariga teran singib
9 Нызанов М. Соӊғы тилек. Таӊламалы шығармалары. Нөкис, «Билим», 2018.
10 Оразымбетов Қ. Таңламалы шығармалар топламы. Еки томлық. I том. Нөкис, «Билим», 2018, 5-б.
11 Хализев В.Е. Теория литературы. Москва, «Высшая школа», 2002. стр. 346-354.
12 Хализев В.Е. Время и пространство. Теория литературы. Москва, «Высшая школа», 1999; Жукова И.М., Нежданова Н.К. Образы пространства и времени в русской поэзии XIX–
XX веков. Монография. Курган, 2012; Ким Ен Сук. Художественное пространство в лирике Б.Пастернака. Автореф.дис.канд.филол.наук. Москва, 2001; Зотов С. Н. Художественное
пространство — мир Лермонтова. Автореф.дис.док.филол.наук. Ставрополь, 2001; Ловчинский Н. Образы пространства в современной русской постмодернистской поэзии.
Автореф.дис.канд.филол.наук. Волгоград, 2010 // www.dsLib.net.
13 Хализев В.Е. Теория литературы. Москва, «Высшая школа», 2002. стр. 249.
14 Адабий турлар ва жанрлар. (Тарихи ва назариясига оид). Уч жилдлик. 2-жилд. Лирика. Тошкент, «Фан», 1992, 56-61-бб.
15 Юлчиев Қ. Рауф Парфи учликларида макон ва вақт категорияси. // Бухоро давлат университети илмий ахбороти. 2019, №2, 135-139-бб
16 Хурсанов Д. Шавкат Рахмон шеьриятида макон ва замон тасвири // Хорижий филология илмий ахборотнома, 2017, №4, 67-70; Замонавий шеьрятта бадиий вақтнинг образли
ифодалари // «Тил ва адабиёт таълими», 2019, №3, 36-39; Лирикада макон хусусиятлари // «Ўзбек тили ва адабиёти», 2019, №3, 74-79; Ўзбек модерн шеьриятида хронотоп
масаласи // Хоразм. «Илм сарчащмаси», 2018, №6, 82-86; Лирик ва эпик турда хронотопнинг ўзига хосликлари // Хорижий филология илмий ахборотнома, 2018, №2, 84-88.
ketadi, natijada ularni alohida ajratib ko‘rsatish
qiyinlashadi. Lirik asarlardagi xronotop roman
yoki qissalardagi singari o‘tgan zamondagi
hodisa ko‘rinishida aniq ko‘zga tashlanmaydi.
Insonning ichki kechirmalari, hislaridagi
o‘zgaruvchanlik, standartlarga, normativlarga
bo‘ysinmaslik, ekpressivlik, emotsionallik
kabi belgilarni o‘zida mujassam etgan lirik
xronotopni o‘rganish ratsional fikrlashga
asoslangan va konkret hodisaga qurilgan epik
xronotopni o‘rganishga nisbatan bir
qancha
murakkab hisoblanadi.
Lirik xronotop rus adabiyotshunosligida
atroflicha tadqiq etildi
12
. Taniqli olim
V.Xalizevning fikricha, lirikada xronotop «motiv
va leytmotiv ko‘rinishida ramziy xarakterga
ega bo‘ladi»
13
.
Bunda xronotop ramziy obraz
darajasiga ko‘tariladi. Masalan, lirikada kuz
xronotopini inson umrining oxiri, keksayish,
shuningdek, kutish va sog‘inchning ramzi
sifatida an’anaviy tasvirlash shakllangan. Shu
bilan birga, har bir shoir o‘ziga xos fikrlash,
tasvirlash uslubiga ega bo‘ladi. Bu jarayonda
ananaviy ramziy obrazlar yangi mazmun
va ko‘rinishni hosil qiladi, turlanadi. Demak,
lirikada zamon va makonga munosabatni
individual uslubning dastlabki sharti sifatida
qabul qilish mumkin.
O‘zbek adabiyotshunosligida lirik
xronotop masalasi ma’lum darajada tadqiq
etilgan. «Adabiy turlar va janrlar» kitobida
lirik xronotop haqida shunday deyilgan:
«makon, sharoit eposda aniq, keng, o‘tgan
zamon voqeasi sifatida ko‘rinadi, lirikada esa
hozirgi zamon hodisasi, lirik holat sifatida,
dramada esa ko‘z oldimizda jonli namoyon
bo‘ladi»
14
.
Shuningdek, lirik xronotop masalasi
Q.Yo‘lchiyev
15
, D.Xursanov
16
singari olimlar
tomonidan o‘rganilgan.
Lirik asar markazida lirik qahramon
turishi ma’lum. Lirik xronotop ushbu qahramon
bilan shoir o‘rtasidagi masofani belgilaydi.
Ko‘pincha lirik qahramon
bilan shoir orasidagi
masofa qisqa bo‘ladi, ba’zi hollarda ular
umumlashib ketadi. Tadqiqotchilar N.Shodiyev,
B.To‘rayevalar bu haqida shunday deydi: «lirik
vaqt – lirik qahramonning his-tuyg‘ulari vaqti,
Dostları ilə paylaş: