145
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
‘‘voqelikni badiiy tafakkur
vositasida poetik
idrok etish va tasvirlash an’anasi kelib chiqqach,
qadimgi mifologik tasavvurlar xalq og‘zaki
badiiy ijodiyotining turli janrlariga diffuziyalana
boshlagan’’
16
. Animistik tasavvurning badiiy
ko‘chimi asosan ertaklarda saqlanib qolgan,
desak yanglishmaymiz. Fikrimiz isboti
tariqasida quyidagi misolni keltiramiz.
Bulbuligo‘yo ertagining syujet tuguni podsho
bog‘iga afsonaviy qushning uchib kelishi bilan
belgilanadi. Ertak so‘ngida bu ‘‘g‘alati qush oy
desa og‘zi, qalam qoshi, kun desa yuzi, kunduz
desa sochi bor’’
bir qiz ekanligi, bu qizning
qushga aylanishiga sabab esa olis masofani
yaqin qilib, kenja o‘g‘ilni ko‘rish uchun qush
sifatiga kirib uchib kelish ekanligi ma’lum
bo‘ladi.
Shubhasiz, mazkur ertakdagi
epizodlarda ko‘pgina sehrli ertaklarga xos
bo‘lgan personajlarning bir ko‘rinishdan
ikkinchi ko‘rinishga o‘tish, ya’ni evrilish motivini
kuzatamiz. G‘.Akramovning fikricha, “bu
elementlar ayrim animatik tasavvurlar qoldig‘i
darajasida bo‘lib, syujet yoki motiv shaklini
olmagandir”
17
.
Haqiqatdan ham,
dastlab
motivlashmagan evrilish hodisasi keyinchalik
muayyan syujet elementi sifatida shakllana
boradi. Evrilish hodisasining tarixiy asoslari
genetik jihatdan bevosita animistik tasavvurlar
bilan bog‘langan. Yuqorida keltirilgan ertakda
ayni tasavvur, ya’ni qizning qushga
aylanishi
va yana asliga qaytishi tarzidagi evrilish motivi
orqali ruh va uning abadiyligiga ishonchning
asosiy mohiyati - moddiy olamda hayotning
aylana shaklda davom etishi haqidagi animistik
tasavvurlar epik talqin qilingan.
Keltirilgan mazkur ertakdagi evrilish
motivi sehrli ertaklar tarkibidagi kahramonlar
jonining kapalak yoki qushga aylanishi
motivining ta’sirida yuzaga kelgan. V.Y.Propp
aytganidek, “Jonivorlarga evrilish hodisasi
ichida qushga aylanish nisbatan qadimiy
hisoblanadi”
18
.
Ilk animistik tasavvurlar bo‘yicha ham ruh
(jon) ayrim buyumlarda bo‘lishi bilan birgalikda
qushga aylanib uchib ham yuradi. Shu bilan
birgalikda qush o‘zga dunyoga borib keluvchilik
16 Жўраев М., Шомусаров Ш. Ўзбек мифологияси ва араб фольклори. – Тошкент.: Фан, 2001, 19-бет.
17 Акрамов Ғ. Аниматик мифология // “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1977, 3-сон, 52-бет.
18 Пропп В.Я. Исторические корни волшебной сказки. – Л.: 1946. – С.184-185.
19 Юқоридаги манба. 185-бет.
20 Уланов А. Бурятский героический эпос. – Улан-Удэ, 1963.– С.86.
21 Имомов К. Эртаклар // Ўзбек фольклори очерклари. Уч томлик. 2-том. – Тошкент. 1989, 76-бет.
22 Косвен М.О. Ибтидоий маданият тарихидан очерклар. – Тошкент, 1960, 159-бет.
vazifasini ham bajargan. "Ammo, jonivorlardan
ulov sifatida foydalanish an’anasi kelib
chiqqach, qushning qahramonni o‘zga olamga
olib boruvchilik vazifasi ot, kiyik zimmasiga
yuklatiladi".
19
Ayniqsa, ot bilan bog‘liq holatlar
ko‘proq uchraydi. Ot nafaqat o‘zga olamga olib
boradi balki, qahramonni avvalgi dunyosiga
ham olib kela oladi. A.Ulanov evrilish hodisasi
biror bir maqsadga yo‘naltirilganligi xususida
so‘z yuritar ekan, yuqoridagi fikrimizga oid
holda shunday yozadi: "... qahramon ajdar bilan
jang qilganda, oldindan uning joni qaerdaligini
bilib, uni yengadi. Ba’zida ajdar ichidan u oldin
yutgan qahramonlari tirik holda piyoda yoki
otda chiqib keladi"
20
.
Ma’lumki, animistik tasavvurga ko‘ra,
butun borliqdagi jamiki narsa-hodisalar
jonlantirib tasavvur qilingan. Ya’ni qadimgi
odam ruh abadiyligiga ishongan. Animistik
e’tiqodlarning bunday ko‘rinishi avlod-ajdodlar
ruhini muayyan jonivor
yoki narsa - predmetga
ko‘chishi haqidagi tasavvurlarni keltirib
chiqargan. "Chunki animistik e’tiqod u yoki bu
hayvonni hayvon emas, odamzod avlod ruhi
deb his qilishga olib keldi. Demak, ibtidoiy
inson tasavvuricha, u yoki bu hayvon u dunyoga
o‘tib ketgan avlod-ajdodlarning ruhi,
ularni
bu dunyodagi ko‘rinishi sanalgan"
21
. Bunday
animistik e’tiqod ta’sirida totemizm shakllana
boradi. "Totemizm odamning ko‘pincha
qandaydir hayvon yoki o‘simlik bilan ba’zan
jonsiz narsa bilan yoki hatto tabiat hodisalari
bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch
e’tiqoddir"
22
. Bu ishonch e’tiqodlar natijasida
hayvonlar va jonivorlarni ulug‘ qabiladagilarning
ajdodlari sifatida timsollashtirish an’anasi
kelib chiqqan. Hayvonlarga sig‘inish, ularni
muqaddaslashtirish, e’tiqod qo‘yish esa totem-
ajdod tushunchasini mohiyatini tashkil etadi.
Totem hayvon magik kuch qudratga ega deb
tasavvur qilinadi.
Qadimgi odamlar
bilan jonivorlar
o‘rtasidagi yaqin munosabat, hayvonlarni
ajdod sifatida qadrlash natijasida turli
qiyofaga o‘tish jarayoni tasavvurlar olamiga
kirib keladi. V.Y.Proppning yozishicha, "qadimgi
odam inson o‘lganidan keyin u qaysi totemga
mansub bo‘lsa, keyingi hayotida o‘sha jonivor
Dostları ilə paylaş: