“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
142
Oxirgi misrada oldingi bir ruboiyda
qo‘llanilgan hadis keltirilgan.
Javobi xolis: Beshinchi javob:
Ul olim kim bo‘lsa masoixga faniy,
Oyotu ahadus ilsa doim suxani,
Buyla kishi bo‘lsa shahi din,
Man akrami oliman, akramani.
Va nihoyat, beshinchi ruboiyda ham
shoir din ilmida va Qur’on sirlaridan voqiflikda
benazir bo‘lishlikni ta’kidlaydi. Xullas, o‘sha
A’lamning bitta ruboiysiga Shukuriy beshta
to‘rtlik bilan javob
beradiki, bu badiiy ijodda
nihoyatda siyrak uchraydigan bir hodisadir.
“O‘zbek adabiyoti tarixi” kitobining
4-jildida shoirning forsiy she’rlaridan biri tahlilga
tortilgan va shoirning badiiy mahorati ochib
berilgan: “O‘n yillab umri saroyda naqqoshlik
bilan o‘tgan Shukuriy arznomalarida o‘z
mehnatiga yarasha qadrlanmayotganligidan
norozi bo‘lib yozadi’’,- deydi Y. Is’hoqov va
quyidagi she’rni dalil keltiradi,
Dah sol guzashta z-in miyona,
Nodida dame huzuri xona...
Har chand g‘aribi notavonam,
Dar xizmati husravi zamonam.
Har xizmati zori dilshikasta,
Maqbuli chanobi shoh gashta.
Lekin mani notavoni mahzun,
Dilreshi sitamkashi jigarxun.
Mazmuni: “Shu orada o‘n yil o‘tib, bir
nafas xonadon halovatini ko‘rmadim. Men
garchi bir g‘aribi notavon bo‘lsamda, zamona
podshohining xizmatidaman. Ko‘ngli siniq
men g‘aribning har bir yumushim podshoh
janoblariga maqbul tushgan. Lekin men
sitamlar chekib, jigari qonu qalbi pora-pora
bo‘lgan bir notavoni mahzun – o‘z qobiliyatimga
yarasha marhamat va mehribonlik ko‘rmadim
2
.
Darhaqiqat, masnaviyning boshidan
oxirigacha shoir noroziliklari aks ettirilgan.
Bu she’rni umuman ijod ahli nomidan mang‘it
hukmdorlariga
nisbatan bir aybnoma desak
ham xato bo‘lmaydi.
Uning forsiyda yozilgan yana bir
masnaviysida zulm asosida qurilgan davrning
mudhish manzarasini o‘quvchi ko‘z o‘ngida
gavdalantiradi. Shoirning “Tazarru’ ba hazrati
zuljalol va og‘ozi qilu qol dar zikri kadxudoyoni
badahvol va hikoyati Shukurii muhaqqiri
qamiqboli oshuftahol” sarlavhali 140 baytdan
iborat hasbi hol tarzidagi she’rida o‘ziga
2 Ўзбек адабиёти тарихи. 4-жилд. – Тошкент: Фан, 1978. – Б. 285.
3 Ўша манба. – Б. 289.
o‘xshagan ro‘zg‘or ahlining
turmush taqozasi
bilan darbadar bo‘lib, sarsonlik va muhtojlikda
kun kechirayotganini izchil ochib beradi.
Suxan az ahli taalluq go‘yam;
Nest osuda ba har shahru diyor...
Hol az kulfati ayyomi tabah,
Dil zi neshi g‘amu anduh figor.
Tarjimasi:
O‘zimizga o‘xshagan kishilar haqida so‘zlasam,
Hech qaerda ularda osudalik yo‘q.
Ularning ahvoli zamona kulfati tufayli xarob,
Yurak-bag‘irlari esa g‘amu anduh neshi
zarbidan afgor bo‘lgan”
3
.
Ko‘rinib turibdiki, Shukuriyning turkiy
tilda yozilgan she’rlari qatorida forsiy she’rlari
ham badiiy jozibadorlikka ega.
Shukuriyning uslubi va mahorati xususida
fikr yuritganda, buyuk
Alisher Navoiy bilan
bir qatorda Mavlono Fuzuliy va Mirzo Bedil
ijodining ta’sirini ham ta’kidlashga to‘g‘ri keladi.
Zero, bu shoirlar she’rlarining ta’siri Shukuriy
asarlarining tili va obrazlarida yaqqol ko‘zga
tashlanib turadi. Uni Fuzuliyga yaqinlashtirgan
jihat, avvalo, shoirning ishq va muhabbatni,
xalqning orzu-umidlarini beqiyos mahorat
bilan ifoda eta olganligidadir. Binobarin, shoir
ustoz san’atkorning qator g‘azallariga payrav
va tatabbular qila oldi.
Xulosa qilib aytganda, Shukuriy forsiy
tildagi she’rlarida ham shoirlik salohiyatini
namoyon eta olganidek, keng o‘quvchilar
ommasining ongi va qalbiga ta’sir o‘tkaza
oladigan ma’nolarni talqin qilishga ham
erisha
olgandi. Shoirning hayoti va uning ijodi o‘zbek
adabiyotida tarixiy va tarbiyaviy qimmatliligi
bilan katta ahamiyatga molik meros ekan
bunda uning forsiy tildagi she’rlarining ham
hissasi bordir. Shoir she’riyatining g‘oyaviy-
badiiy xususiyatlarini kuzatish shuni anglatdiki,
u o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos uslubga
ega so‘z san’atkorlari qatorida turadi. Uning
she’rlari tasviriy vositalarga, go‘zal tavsif
va o‘xshatishlarga,
majoz va istioralarga,
mubolag‘a va murojaatlarga, xilma-xil xalq
iboralariga boy.
Xullas, Shukuriy XIX asrning birinchi
yarmi Buxoro adabiy muhitining zabardast
vakillaridan biri bo‘lib, o‘zining ikki tilda yaratgan
maroqli asarlari bilan o‘zbek va tojik adabiyoti
rivojiga baholi qudrat hissasini qo‘sha oldi.
Dostları ilə paylaş: