135
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
koyimoq,
javob bermoq, tergamoq, kulmoq,
buyurmoq, topshirmoq, farmon bermoq,
hikoya qilmoq, hukm qilmoq, so‘ramoq,
tasdiqlamoq, ifodalamoq kabi nutq fe’llari
ko‘chirma gaplarni hosil qilishning asosiy
vositalaridan hisoblanadi.
Akademiyaga xat yuborish masalasi
ko‘tarilganda biri: ‘‘Ikki marta uylanganman,
sharmandam chiqadi’’, dedi, biri: ‘‘Ilmiy
kengash a’zosiman, qo‘l qo‘yolmayman’’,
dedi, yana biri: ‘‘To‘g‘ri-yu, to‘g‘ri emas-da’’,
deb lanjlik qildi (Tohir Malik «Davron»).
Davron oradagi noqulaylik chodirini
ko‘tarish uchun so‘zini davom ettirdi: —
Men ham paxtakordan chiqqanman. (Tohir
Malik «Davron») Ammo gapidan qaytmadi–
Okun, chilvir solmagani haqiqat! – deya
chikilladi. (Tog‘ay Murod. «Ot kishnagan
oqshom»). O‘sha tomondan
Parcha
opaning do‘rillagan ovozi keldi. – Assalom
alaykum, hormayla. – Qoch, xira qilma –
Bashar opa chaqqonlik bilan piyoz dumini
yularkan, dashnom berdi (O‘.Hoshimov).
Nihoyat, yigit so‘z ochdi: – Yangilikni
eshitganingiz bordir? (Tohir Malik)
‘‘Bema’ni injiqliklarim avjiga chiqyapti, nima
keragi bor shunaqa xayollarni’’, deb o‘zini
koyidi-da, o‘rnidan turib u ham qo‘l silkitdi.
(Tohir Malik ‘‘Davron’’).
Podpolkovnik uni
shart kesdi: – Shu ishni oxiriga yetkazing-
chi, keyin gaplashamiz.(Tohir Malik
«Alvido, bolalik»). Hamshira Sangcha
Amonova ularni tushlikka chaqirdi: — Qani,
toychoqlarim, do‘mboqlarim, avqotga.
(S.Ahmad) Hamro Ochil jimlikni buzdi:
—-Polvon aka, xotinimning barmog‘ini
ko‘rib hayron bo‘ldingiz-a? (S.Ahmad. 2 jild)
Iqbolxon shuni o‘yladi-yu, o‘smoqchiladi:
— Yaxshigina qizlardan bo‘lsa, uylantirib
qo‘ysam, ko‘nglim ancha tinchirdi sendan
(S.Zunnunova).
2. Ko‘chirma gaplarni hosil qilishda
sezgi va holat ifodalovchi fe’llarning
ham o‘rni bor. Bu fe’llarning qo‘llanilishi
gap
mazmuniga inson ruhiy holati, turli
insoniy munosabatlar ta’sirida yuzaga
keluvchi holatlar va ularning inson
ichki va tashqi ko‘rinishida aks etishini
anglatuvchi ma’no nozikliklarini kiritadi.
Tilimizda ko‘chirma gaplarni hosil qilishda
so‘zlovchi yoki yozuvchi kommunikativ
maqsadi va matn mazmunidan kelib chiqib
seskanmoq, payqamoq, hayron bo‘lmoq,
hovliqmoq, bezovta bo‘lmoq, qizishmoq,
achchiqlanmoq, jahli chiqmoq, shoshmoq,
qaltiramoq, quvonmoq kabi fe’llar faol
qo‘llaniladi.
Aminning tepa sochi tikka bo‘ldi:
– Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?!
Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning
arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!
(A.Qahhor)
– Gumoningizni ayting bo‘lmasa!–
dedi ellikboshi tajang bo‘lib,– kim olganini
men bilmasam, avliyo bo‘lmasam! Olgan
odam allaqachon so‘yib saranjomladi-
da!
Uzoq demasangiz, erinmasangiz
ko‘nchilikka borib terilarni bir qarab
chiqing. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan
bo‘lsa, allaqachon charm bo‘ldi; xudo
biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi...
(A.Qahhor)
Sezgi va holat ifodalovchi fe’llarning
badiiy matnda personaj holati tasvirini
berishda muhim ahamiyat kasb etishi
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»
romanidan
olingan quyidagi parchada
yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib
maxtar edi, lekin Homid bu maxtashlarg‘a
ishtirok etmas va nimadandir g‘ijing‘andek
ko‘rinar edi. Shu orada qutidorning
«uylanganmi?» deb Hasanalidan so‘rashi
Homidga yana boshqacha holat berdi.
Hasanalining so‘rag‘uchig‘a bekning qiz
yoqdirmaslig‘ini sabab ko‘rsatib, shu
kungacha uylanmay
kelganligini tafsili
bilan hikoya qilib berishidan so‘ng ul
toqatsizlang‘andek bo‘ldi:
– Balki begingizning tama’lari xon
qizidadir, – dedi istehzo bilan Homid, –
bundog‘ yigitlar uylanganlarida ham kishi
qizini umr bo‘yi azob ichida o‘tkazadirlar...
Sababiga tushunish qiyin bo‘lg‘an bu
istehzoga qarshi Hasanali sukut qilmadi:
– Men uning xon qizini olish maqsadi
borlig‘ini bilmayman, – dedi kulimsirab,
– biroq ul xon qizini olsa arzimaydirgan
yigit emas, hatto zarxarid quli bo‘lg‘anim
holda menga ham qattig‘ so‘z aytishdan
saqlang‘an bir yigit o‘z nikohida bo‘lg‘an
ozod bir qizg‘a, albatta, zahmat bermas,
deb o‘ylayman. Ba’zi xotin uradirgan va
xotin ustiga xotin olib, xotinlarig‘a zulm
qiladirg‘an hayvonsifat kishilardan bo‘lib
ketishi, menimcha,
ehtimoldan juda
uzoqdir, inim mulla Homid...
Hasanali o‘tkan faslda Homidning
o‘z og‘zidan xotinlarig‘a qarshi qamchi
ishlatkanini eshitkan edi. Shunga binoan
uning bu oxirg‘i jumlasi Homidni yerga
qaratib, lom deyishka majol bermay
qo‘ydi. Ziyo shohichi qaynisi Homidga
«Tuzlatildingmi?» degandek qilib qaradi va
Dostları ilə paylaş: