“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
130
SAK-MASSAGET EPOSI VA
TO‘RABEKXONIM HAQIDAGI XORAZM
RIVOYATLARI SYUJETINING GENEZISI
Tuxtamurod Olimovich Kuchqorov –
dotsent, O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
Annotatsiya:
Maqolada To‘maris haqidagi qadimiy epik sujet sak-massaget qabilalarining folklor an’analari doirasida shakllangan
bo‘lib, ushbu sujet asosida qurilgan tarixiy qo‘shiq, rivoyat va dostonlarda ajdodlarimizning o‘z yurtini bosqinchi dushmanlardan himoya
qilish maqsadida olib borgan mardonavor kurashi hamda Gerodot “Tarix”ida keltirilgan mazmunining tahlili uning tarkibidagi bir qator epik
sujetga xos an’anaviy motivlar mavjudligi yoritilgan.
Аннотация:
Статья основана на древнем эпическом сюжете Томириса в фольклорных традициях сако-массагетских
племен. Анализ содержания «Истории» выявляет наличие традиционных мотивов, присущих ряду эпических сюжетов.
Abstract:
The article is based on the ancient epic plot of Tomaris in the folklore traditions of the Sak-Massaget tribes, historical
songs, narrations and epics which tell us about our ancestors who defended their motherland bravely and the analysis of the content of
the book named "History" written by Herodot reveals the existence of traditional motives inherent in a number of epic plots.
Kalit so‘zlar:
folklor, rivoyat, epik sujet, sak-massaget, To‘maris, To‘rabekxonim, qirq qiz, Araks, vatanparvarlik, qahramonlik, buyuk
malika.
Ключевые слова:
фольклор, легенда, эпический сюжет, сако-массагет, Томирис, Тюрабек- ханым, сорок девушек, Аракс,
патриотизм, героизм, великая княгиня.
Keywords:
folklore, legend, epic plot, sak-massaget, Tomaris, Turabekhonim, forty girls, Araks, patriotism, heroism, great princess.
Ma’lumki, qadimgi ajdodlarimizning
o‘z yurti ozodligi va daxlsizligi yo‘lida olib
borgan mardonavor kurashi xalq og‘zaki
badiiy ijodida ham badiiy talqin qilingan.
Xususan, sak-massaget eposining
qahramonlik xarakteriga ega bo‘lgan o‘ziga
xos namunalaridan biri “To‘maris” rivoyati
ham ana shunday tarixiy voqelikni o‘zida aks
ettirgan epik asarlar sirasiga kiradi.
Folklorshunoslikda Sulton Sanjar
bilan To‘rabekxonim to‘g‘risidagi o‘zbek
xalq rivoyati Gerodotning “Tarix” asarida
keltirilgan sak-massaget rivoyatining o‘ziga
xos versiyalaridan biridir, degan taxminlar
ilgari surilgan
1
. Jumladan, o‘zining bir
qator tadqiqotlarida “To‘maris” haqidagi
rivoyatni o‘zbek xalq tarixiy eposining
eng qadimiy tiplaridan biri sifatida tahlil
qilgan folklorshunos olim U.Jumanazarov
bu tarixiy rivoyatni “Oysuluv” dostoni
syujetining shakllanishiga asos bo‘lgan
epik manba sifatida baholaydi. Uning
fikricha, “Oysuluv” sof tarixiy doston bo‘lib,
unda sak-massaget qabilalarining tashqi
dushmanga qarshi olib borgan mardonavor
kurashi va vatanparvarlik g‘oyalari o‘z
ifodasini topgan
2
. Bunday tarixiy dostonlar
va ularda tasvirlangan epik obrazlarning
1 Қаранг: Толстова Л.С. Отголоски массагето-аланского субстрата в фольклоре тюркоязычных народов Хорезмского оазиса // Этнография и археология Средней Азии. М.:
Наука, 1979. С.154-159; Жуманазаров У. Халқ тарихи саҳифаларини варақлаганда (адабий-бадиий бадиҳалар). Жиззах, 2006. Б.19-21.
2 Жуманазаров У. “Ойсулув” соф тарихий достон // Ўзбек филологиясининг долзарб масалалари», (мақолалар тўплами). Тошкент: Фан, 1991. Б.162-167; Яна ўша. Тўмарис
шахсияти: тарих ва афсона // Халқ оғзаки ижодиёти миллий ва умуминсоний қадриятлар тизимида (халқаро илмий конференция материаллари), Нукус: “Илим” нашриёти, 2015.
Б.25-26.
3 Жуманазаров У. Халқ тарихи саҳифаларини варақлаганда (адабий-бадиий бадиҳалар). Жиззах, 2006. Б.21.
yaratilishi xususida to‘xtalar ekan, olim
shunday yozadi: “O‘zbek xalq baxshisi
Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan mazmuni
yozib olingan “Oysuluv” va Eron hukmdori
Nodirshohning Xorazmga bostirib kirishida
qarshilik ko‘rsatgan Oysuluv haqidagi “Qirq
qiz” syujeti To‘maris afsonasining turli
davrlarda, turli tarixiy voqealarga javob
tariqasida kontaminatsiyalarga uchrab
yaratilgan shakllaridan iborat. Qadimgi
massagetlar hukmdori beva To‘marisning
tarixiy shaxs bo‘lganligi, uning massaget
qabilalarining erki va ozodligi yo‘lida olib
borgan kurashlari uzoq tarixda yuz berganligi
hech kimni shubhaga solmaydi. O‘z tarixida
yuz bergan ulkan tarixiy voqealarni afsona
va rivoyatlar shaklida ajdod va avlodlar
xotirasida mustahkamlaganligi bois ijodkor
xalq keyinchalik bunday voqealar haqida ham
Oysuluv, To‘rabek xonim kabi afsonalarni
yaratgan”
3
.
Darhaqiqat, To‘maris va To‘rabekxonim
to‘g‘risidagi rivoyatlarning syujet tizimida
bir-biriga o‘xshaydigan mushtarak negizga
bog‘lanuvchi motivlar anchagina. Gerodot
tomonidan keltirilgan rivoyatda To‘maris
massagetlar malikasi deb ta’riflangani
singari To‘rabekxonim ham Xorazm
Dostları ilə paylaş: