115 “TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son chiqarish insoniyatning tabiiy resurslarga
bo‘lgan ehtiyojlarini ham oshirdi. Natijada XIX
asrning ikkinchi yarmi - XX asrning birinchi
yarmi mobaynida turli mintaqalardagi ekologik
vaziyat keskin o‘zgardi: uning komponentlari
orasidagi muvofiqlik zaiflashdi, ekologik
muvozanat buzildi, tabiiy va sun’iy muhit
o‘rtasidagi mutanosiblik yo‘qoldi. Mohiyatan
olganda, aynan shu davrda ekologik
muammolarning keskinlashishi, keyinchalik
umumsayyoraviy tus olishi uchun zamin paydo
bo‘ldi.
Biroq jahon ekologik vaziyatidagi
eng ahamiyatli o‘zgarishlar XX asrning
70-yillaridan namoyon bo‘la boshladi. Bu
o‘zgarishlar insoniyat tarixida mutlaqo yangi
jarayon – ekologik vaziyatning globallashuvi
boshlanganidan dalolat berdi. Ekologik
vaziyatning globallashuvini insoniyat tarixida
tasodifan yuzaga kelgan jarayon sifatida
tasavvur qilmaslik kerak. Kishilik jamiyati
iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar,
ijtimoiy tendensiyalar, siyosiy-huquqiy
jarayonlar, hatto postmodern jamiyat
kishisining dunyoqarashidagi evrilishlar -
bularning barchasi ertami-kechmi jahondagi
ekologik vaziyatda ham unifikatsiya
jarayonlarini boshlab berishi aniq edi. Lekin
ekologik vaziyat globallashuvining bosh
sababi XX asrning so‘nggi choragiga kelib,
insoniyatning qudratli geologik kuchga
aylangani bilan bog‘liq. Inson o‘z borlig‘iga
ko‘ra shundoq ham biologik dunyoning
faol vakili bo‘lib kelgan. XIX-XX asrlardagi
sanoat va ilmiy-texnika inqiloblari uning
faolligini, salohiyati va imkoniyatlarini yanada
kengaytirdi. Tarixiy taraqqiyot davomida uning
faoliyatining intensivlashib borishi bir-biridan
yiroq, o‘zaro aloqador bo‘lmagan mintaqaviy
ekologik vaziyatlarni o‘zaro yaqinlashtirdi.
“Insoniyat o‘z resurs bazasini muttasil oshirib
borar ekan, yer qiyofasini o‘zgartirib yubordi,
katta qudratga ega geologik omilga aylandi”
4
.
Bugungi kunda ekologik vaziyatning
globallashishi bir qator jarayonlarda o‘z
ifodasini topmoqda.
Birinchidan,jahonning barcha
mintaqalaridagi yer resurslaridagi
o‘zgarishlarning unifikatsiyalashuvi sodir
bo‘layapti. Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek,
ekologik vaziyatni ko‘rsatuvchi muhim
komponentlardan biri yer resurslari bilan
bog‘liq. O‘tgan asrning so‘nggi choragidan
4 Снакин В.В. Экологические аспекты глобализации.// Век глобализации, 2019, №4. - С.52. 5 Состояние мировых земельных и водных ресурсов.// www.fao.org/3/i1688r/i1688r03.pdf. 6 Ўша жойда. 7 https://knoema.ru/atlas/topics. 8 Земельные ресурсы.//https://ru.wikipedia.org boshlab bu borada barcha mintaqalarda
o‘xshash o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Boshqacha aytganda, bugungi kunda qaysi
qit’a, mintaqa, mamlakat bo‘lmasin, ularning
yer resurslari bir xil mazmun va shaklda o‘zgarib
bormoqda. Buni, eng avvalo, ushbu resurslar
tarkibida qishloq xo‘jaligi maqsadlarida
foydalaniladigan yerlarning kamayayotganida
va aholi punktlari yerlarining oshayotganida
ko‘rish mumkin. To‘g‘ri, insoniyat tarixi
davomida, ayniqsa XIX-XX asrlar mobaynida
qishloq xo‘jaligi yerlarining o‘zi tendensiyaviy
ravishda kengaya borgan. Masalan,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining jahon yer
va suv resurslari ahvoliga doir ma’lumotlariga
qaraganda, keyingi yarim asrda jahonning turli
mintaqalari bo‘ylab ekin maydonlari hajmi 12
foizga ko‘paygan
5
. Bugungi kunda jahondagi
ekin maydonlari 1507 million gektarni,
ya’ni sayyoradagi er fondining 11,2 foizini
tashkil etadi
6
. Lekin o‘tgan asr davomida
jahondagi umumiy yer fondining ko‘payishi,
qishloq xo‘jaligi yerlarining noqishloq xo‘jaligi
maqsadlariga ajratilishi tufayli undagi qishloq
xo‘jaligi maydonlari ulushi kichraygan
7
.
Qishloq xo‘jaligi yerlari charchagan
erlarning muomalasidan chiqarilishi evaziga
ham kamaymoqda. Buning oqibatida, bir
tomondan, mintaqalardagi o‘rmon maydonlari
kamaymoqda, ikkinchi tomondan esa, cho‘llar
maydoni kengaymoqda. Shu sababdan
1990-2010 yillarda turli qit’alardagi o‘rmon
maydoni 135 million gektarga (ya’ni 3,3 foizga)
kamaygan. Cho‘llar maydoni esa yiliga 5-7
million gektarga kengaymoqda
8
. Iqtisodiy
taraqqiyot sur’atlari jadallashib borar ekan,
ushbu tendensiya ham saqlanib qoladi.
Ikkinchidan, jahonning barcha
mintaqalaridagi suv resurslari sarf-xarajatining
unifikatsiyalashuvi sodir bo‘layapti. Suv
resurslari hududdagi ekologik vaziyatni
ifodalovchi ikkinchi muhim komponent
hisoblanadi. Undagi, uning sarf-xarajatidagi har
qanday o‘zgarish mintaqadagi ekologik vaziyat
xarakteriga tubdan ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi
yarim asrda jahonning turli mintaqalarida
suv resurslaridan foydalanish borasida ham
o‘xshash o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Buni barcha mamlakatlarda sug‘orish uchun
sarflanadigan suv hajmining ko‘payayotganida
ko‘rish mumkin. Yana Birlashgan Millatlar
tashkiloti negizidagi Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga murojaat
IJTIMOIY FANLAR