Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   216
2021 4-son

111 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
samarali bo‘ladi. Chunki erta yoshda ularni 
yaxshilik tomonga harakatlantirish osonlik 
bilan kechadi. To‘g‘ri aytishimiz mumkin, 
farzandni tarbiya qilish jarayonimizda 
yomon xulq va odatlari chiqib qolsa, 
nima qilamiz degan savol paydo bo‘lishi 
mumkin. Bunda ham tarbiyalasa bo‘ladi, 
faqat buni qayta tarbiyalash jarayonida 
ko‘p mehnat sarf qilishimizga to‘g‘ri keladi. 
Shuning uchun hamma ishni va hamma 
narsani o‘z vaqtida bajarsak qiyinchilikni 
his qilmaymiz.
Bir kuni shogird ustozidan so‘rabdi: 
“Ustoz siz tinmay mehnat qilasiz, hamma 
ishni vaqtida ulgurasiz, biz ham shunday 
qilamiz, lekin hech nimaga ulgura 
olmaymiz, buning siri nimada?”.
Donishmand ustoz javob berdi:
-Men tik turgan vaqtimda 
turaman, yurayotganimda yuraman, 
yugurayotganimda yuguraman.
- Buni qanday tushunish kerak ustoz? 
– so‘radi shogirdlari.- Axir biz ham shunday 
harakat qilamiz-ku?!
- Siz turgan vaqtiz yurishni boshlaysiz. 
Yurganizda esa yugurasiz. Qachonki yugura 
boshlasangiz, go‘yo o‘zingizni maqsadga 
yetgan hisoblaysiz,-deya javob beribdi.
Bundan xulosa shuki, farzandni komil 
inson, barkamol shaxs qilib tarbiyalash 
o‘z vaqtida amalga oshirilsa, qiyinchilik 
bo‘lmaydi, agar bu aksincha bo‘lsa, 
jamiyatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi
6
.
Albatta, har bir jamiyat ota-ona va 
farzandlargagina tashkil bo‘lmaydi. Balki 
ota-ona va farzandlardan tashkil topgan 
oila har bir jamiyatning boshlang‘ich 
bosqichi hisoblanadi. Ana shu oilalardan 
tashkil topgan jamiyat umumiy bir katta 
jamoaga aylanadi. Albatta, oila a’zolari 
ruhiy-jismoniy jihatdan barkamol bo‘lgan 
jamiyatgina o‘zining barkamolligiga, 
sog‘lig‘iga ishonishi mumkin bo‘ladi.
Shuning uchun alohida oilalarda 
tashvish, urinishlar butun avlodning 
ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol va 
sog‘lom bo‘lib yetishi uchun kifoya qilmaydi. 
Balki bu narsada hamma jipslashgan 
holatda hamkorlik qilishi, ya’ni mo‘min 
musulmonlar yashayotgan jamiyatdagi 
har bir shaxs, har bir kishi sog‘lom avlodni 
6 Bodo Shefer “G’oliblik qonuniyatlari”, “Yurist-media” nashr 2015, 59 bet
tarbiyalab, g‘amxo‘rlik qilish yo‘lida bir oila 
a’zolaridek harakat qilishlari kerak.
Ana shunda yosh avlodni sog‘lom 
ruhda tarbiyalab borish, ya’ni sog‘lom avlod 
yetishtirish uchun to‘g‘ri harakat qilingan 
bo‘ladi.
Islomda ota-onalar bolalarini 
o‘ylash ma’nosida ham ma’sulliklarini 
ta’kidlaganlar. Shuning uchun ota-onalar, 
qavm-u qarindoshlar, jamiyatning boshqa 
a’zolari yoshlarning oila qurish paytidagi 
urunishlarida nasihatchi, yordamchi bo‘lish 
maqsadga muvofiq. Jamiyatning kelajagi 
bo‘lmish farzandlarimiz bilmasdan, yoshlik 
g‘ururiga ketib, turli tushunchalarga 
borib, o‘ziga bir umrlik yo‘ldosh bo‘lishga 
noloyiq kishilarni tanlab qo‘yishmasin. 
Hayotlarini kelajakda xoh ma’naviy 
jihatdan, xoh jismoniy jihatdan zaif yoki 
mayib-majruh farzandlarning dunyoga 
kelishiga sabab bo‘ladigan umr yo‘ldosh 
bilan bog‘lashmasin,-degan fikrlar ham 
“Sog‘lom bola” kitobida o‘rin olgan.
Shuningdek, oilalarda bo‘ladigan 
ba’zi bir qiyinchiliklar va kelishmovchilikni 
tuzatib, hal qilib borish vazifasi ham 
jamoatchilikka yuklatilgan.
Ana shu ma’noda sog‘lom, avlodni 
tarbiya qilish sohasida ham jamoatchilikning 
zimmasiga katta ma’suliyat yuklangan. 
Jamoat a’zolari nafaqat o‘zining shaxsiy 
farzandlarining, balki jamoatda tug‘ilgan 
har bir farzandning sog‘lom avlod bo‘lib 
voyaga yetishi uchun qo‘llaridan kelgan 
barcha hissalarini qo‘shmoqlari, bu 
savoblari ishda bor imkoniyatlarini ishga 
solib harakat qilmogqlari lozim bo‘ladi.
Jamiyatning har bir a’zosi kelajak 
avlodlarning u qaysi oiladan tug‘ilgan 
bo‘lishidan qat’i odobli, axloqli, sog‘lom 
farzandlar bo‘lib yetishining qayg‘usi va 
tashvishida bo‘lishi kerak. Bu ishni o‘zining 
yelkasidagi ma’suliyati deb tushunishi va 
shunga yarasha harakat qilmog‘i lozim 
bo‘ladi. Agar ba’zi bir yosh bolalar ota-
onaning e’tiborsizligi oqibatida qarovsiz 
qolgan bo‘lsa, ko‘cha kuyda turli bo‘lmag‘ur 
ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, 
albatta, ularni qo‘lidan tutib, taftish qilish 
va bundan keyin bunga o‘xshagan yomon 
ishlarga bormasligi chora-tadbirlarini 
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
112 
ko‘rishi jamiyatning har bir a’zosini burchi 
hisoblanadi
7
.
Har bir jamiyatda yoshlarning 
tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa 
ko‘pgina omillar ham bor. Bu omilning 
avvalida radio, televizor, kitob, jurnal, 
gazeta va uyali aloqa vositalari turadi. 
Bu vositalarga e’tiborni qaratish muhim 
ahamiyatga ega. Chunki bu vositalar ham 
yoshlarning, ham kattalarning mafkurasiga, 
odatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa 
hammaga ma’lum va aniq.
Kelajakda sog‘lom bola 
yetishtirmoqchi bo‘lgan jamiyat bolalarga 
ta’sir o‘tkazuvchi ushbu sohalarga ham 
alohida e’tibor bermog‘i, har bir sohadan 
kerakli mutaxassislarni ajratib chiqarib, 
ularni ushbu sohalarda bolalarga 
ko‘zlangan tarbiyani berishlariga, 
xalqimizning odob axloqi, mafkurasi, 
dunyoqarashini jonlantirib, ularni 
bolalarimizga singdirishlariga imkoniyat 
yaratib bermg‘i lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari hozirgi kunda ota-
onalar o‘z farzandlariga vaqt ajratmay 
qo‘ydi. Ishdan kelgan ota-ona ham darrov 
o‘zining ishlari bilan band bo‘ladi.
Ayniqsa, yuqorida aytgan tashqi muhit 
vositalaridan bir bo‘lgan oddiy bir telefon 
ham ko‘p oilalarning ajrimlariga sabab 
bo‘lyapti va bolalariga o‘sha telefonga 
sarflagan vaqtini ularga ham sarflamayapti 
natijada esa farzandlarning tarbiyasiga 
katta ta’sir qilayapti.
Misol uchun bir kuni bir o‘qituvchi 
o‘quvchilariga “Mening orzuim” degan 
mavzuda insho yozishlarini aytibdi. 
O‘quvchilarda har xil fikrlar chiqibdi, 
hammalari o‘zlari yozgan insholarni o‘qib 
beribdi va ustozi o‘quvchilari yozgan 
orzularini eshitib juda ham xursand bo‘libdi. 
Faqatgina birgina o‘quvchini aytgan 
orzusini eshitgan o‘qituvchi juda ta’sirlanib 
ketibdi. Inshoning mazmuni shunday edi: 
“Mening orzuyim telefon bo‘lish, chunki 
7 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Sog’lom bola”, “Hilol” nashr Toshkent 2019, 141 bet.
8 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Yolg’on” “Hilol” nashr Toshkent 2019, 9 bet.
telefonga aylanib qolsam onam meni o‘zi 
bilan olib yuradi. Butun vaqtini men bilan 
o‘tkazadi, uxlayotganida ham yonida olib 
yotadi, oqshom topolmay qolsa, kechasi 
bo‘lishiga qaramasdan qidiradi. Xullas 
telefonga aylanib qolsam ota-onam men 
bilan vaqtini ko‘proq o‘tkazadi”.
Shuning uchun ham tashqi muhit 
vositalari farzand tarbiyasiga katta ta’sir 
qiladi. Farzandlarimizga ko‘proq e’tibor 
bersak va ular bilan vaqtni ko‘proq o‘tkazsak 
tarbiya borasida adashmagan bo‘lamiz. 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad 
Yusufning “Sog‘lom bola” asarida ushbu 
fikrlardan tashqari tarbiya borasidagi ota-
onaning burchi ma’suliyati va farzandga 
odob o‘rgatishi hamda ta’lim berishi 
kerakligi haqida eng kerakli maslahat va 
tavsiyalar o‘rin olgan.
Xulosa qilib aytganimizda, har bir 
ota-ona farzandlariga doimo yaxshi va 
go‘zal o‘rnak bo‘lishlari lozim. Barcha 
yaxshi sifatlarini namoyon qilib, yomon 
xulqlari uzoqda bo‘lishi muhim ahamiyatga 
ega. Chunki farzand ko‘p narsani oiladan 
o‘rganadi va shu asosida shakllanib 
boradi. Ota-onani farzandga beradigan eng 
muhim qimmatli va zaruriysi bu odobdir. 
Diniy kitoblarda ham “Ota-ona farzandiga 
odobdan boshqa hech qanday hadya 
berolmaydi” deb ta’kidlab o‘tilgani bejiz 
emas. Odatda odamlar yolg‘onga unchalik 
e’tibor bermaydilar, lekin ota-onaning bitta 
yolg‘oni ham farzandni odob axloqiga 
salbiy ta’sir qiladi
8
.
Shuning uchun ham Shayx 
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning 
“Sog‘lom bola” kitobida ham farzandni 
barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishda 
nimalarga e’tibor berish va nimalardan 
voz kechish kerakligi keltirilib o‘tilgan. 
Farzandni tarbiyalash faqatgina ota-ona 
zimmasida emas, balki bu atrof muhitdagi 
insonlar ya’ni jamiyatning ham zimmasida. 
IJTIMOIY FANLAR


113 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
IJTIMOIY FANLAR

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin