Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
104 
milliarddan ortiq foydalanuvchilar bor 
edi! Foydalanuvchilarning eng rekord soni 
Osiyo mamlakatlarida (1 milliarddan ortiq) 
ro‘yxatdan o‘tgan, bu ajablanarli emas, chunki 
Osiyo aholisi soni juda katta
1

Endigi kunda dunyo aholisining qariyb 
59 foizi internetga ega, 4,57 milliard faol 
foydalanuvchi – bu o‘tgan yillarga nisbatan 
qariyb 3 foizga ko‘p, ya’ni 2019-yil. Ularning 
4,2 milliardi faol mobil foydalanuvchi, 3,81 
milliardi esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi 
(ma’lumotlar markazining 2021 yilgi holati 
to‘g‘risidagi hisobot).
COVID-19 bizga qanchalik kattaroq 
masofaviy ishchi kuchiga kirish imkoniyatini 
berganini hisobga olsak, biz ishonch bilan 
aytishimiz mumkinki, bizning ishimizning 
kelajagi keldi va u uyda boshlanadi! - Hech 
bo‘lmaganda hozircha. Ushbu taxminni 
ko‘rishning bir usuli quyidagicha:
w
hozircha bandlikning kelajagi uyda. 
Karantindan oldin amerikaliklarning taxminan 
15 foizi uydan ishlagan. Endi bu foiz 50% 
ga oshgani baholanmoqda, bu hamkorlik 
platformalari uchun ajoyib yangilik. Microsoft 
guruhlari, bu daqiqada o‘rtacha 52,083 kishi 
qo‘shiladi;
w
zoom, videokonferensaloqa korxonasi 
foydalanuvchilar soni sezilarli darajada 
oshgan. Ularning kundalik ilova seanslari 
fevral oyida ikki milliondan bir oz ko‘proq 
bo‘lsa, mart oyida qariyb yetti millionga oshdi, 
har daqiqada o‘rtacha 208,333 kishi uchrashdi;
w
shaxsan muloqot qila olmaydigan 
odamlar video chatdan tobora ko‘proq 
foydalanmoqda. Yanvar va mart oylari orasida, 
Google Duo foydalanish 12,4 % ga oshdi va 
deyarli 27,778 kishi Skype orqali bir daqiqada 
uchrashdi. 
w
virus tarqalganidan boshlab, WhatsApp, 
Facebookga tegishli bo‘lgan, foydalanish 51 
foizga oshganiga guvoh bo‘ldi
2
.
Shu kabi tadqiqotlar va statistik 
ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, 
yaqin yillarda internet qamrovi, ya’ni undagi 
saytlarning soni dunyo aholisi soniga 
tenglashadi. Internet tamomila mehnat, ta’lim, 
o‘yin kabi faoliyatlari namoyon bo‘ladigan 
maydonga aylanadi. Bundan quyidagicha 
xulosa chiqarish mumkin: internet 
chegarasining qanchalik kengayishi undan 
foydalanishga qarab o‘zgaradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, internet 
qaysidir ma’noda bugungi kun “o‘qituvchisi” ga 
1 https://kd43.ru/uz/business-online/kakoi-procent-naseleniya-polzuetsya-internetom-dostup-k-internetu-v-mire.html
2 Internetdan foydalanish statistikasi 2021 //https://uz.martech.zone/Internet-statistikasi/
3 Karimov I. A., Istiqlol va maʼnaviyat, T., 1994; Karimov I. A., Maʼnaviy yuksalish yo'lida, T., 1998; Maʼnaviyat va maʼrifat asoslari (tuzuvchilar: S. O. Ota-murodov va boshqa,) T., 1998; 
Imomnazarov M., Milliy maʼnaviyatimiz nazariyasiga chizgilar, T., 1998; https://uz.wikipedia.org/wiki/Ma%CA%BCnaviyat
aylanib qolmoqda. Uning sarhadi kengayaverar 
ekan biz uchun ma’naviy immunitetning 
ahamiyati tobora ortib boraveradi. Ma’naviy 
immunitetning ahamiyatiga o‘tishdan oldin 
ma’naviyat tushunchasiga, uning mazmun-
mohiyatiga ta’rif berish lozim.
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy 
olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning 
falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy 
tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma’naviyat 
atamasining asosida "maʼno" so'zi yotadi. 
Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami 
mavjud. Tashqi olamiga uning bo'ybasti, 
ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa 
kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan 
maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, 
intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. 
Insonning ana shu ichki olami ma’naviyatdir. 
Ma’naviyat insonga ruhiy ozuqa va qudrat 
bag'ishlaydi. Ma’naviyat maʼrifat va madaniyat 
bilan bog'liq. Ma’naviyat odamlarda tap-tayyor 
holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil o'qish, 
o'rganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. 
Ma’naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va 
millat shunchalik ravnaq topadi. Ma’naviyatli 
odam yashashdan maqsad nimaligini aniq 
biladi, umrini mazmunli o'tkazish yo'lini 
izlab topadi, muomala qilish madaniyatini 
egallaydi, har bir masalaga insof va adolat 
nuqtayi nazaridan yondashadi. Vijdon nima, 
yolg'on va rost nima, or-nomus nima, halol 
va harom nima — bularning hammasini bir-
biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka 
boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, 
yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. 
Qisqa qilib aytganda, ma’naviyatda inson 
hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, 
vatanparvarlik inson ma’naviyatini belgilovchi 
asosiy omillardan biridir
3
.
Oilalarda, ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya jarayoni turli yot g‘oyalardan muhofaza 
qilgan holda tashkil etish kerak. Buning uchun 
nima qilish lozim? Bu muammoga quyidagicha 
yechim taklif qilishimiz mumkin.
Dastlabki bosqichda ta’lim muassasalari 
hamda oila mikromuhiti o‘rtasida mustahkam 
aloqani o‘rnatish lozim. Sababi, tarbiyalanuvchi 
bir muhitdan boshqa muhitga o‘tganda 
farqlar kelib chiqsa, uning dunyoqarashidagi 
shakllanish har ikkala muhit ta’sirida uchinchi 
qiyofani aks ettiradi. Shu sababdan biz 
shakllantirmoqchi bo‘lgan xulq-atvor chetda 
qolib boshqa xulq-atvor paydo bo‘ladi. 
Xususan, ota-onalar tomonidan shaxsiy 
IJTIMOIY FANLAR



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin