Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   216
2021 4-son

105 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
fazilatlar, xulq-atvor qoidalari haqida bola 
ongida qanday g‘oyalar shakllantirilgan bo‘lsa, 
ta’lim muassasasi bu g‘oyalarga aniqlik 
kiritishi, nomutanosibliklarni bola bilan emas, 
ota-ona bilan birgalikda bartaraf etishi shart.
Keyingi bosqichda, ota-onalar bilan 
o‘qituvchilar birgalikda bolaning asosiy 
xarakter-xususiyatlari, xulq-atvoriga oid 
qarashlarni umumiylashtirish, tarbiya usullarini 
ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.
Shu o‘rinda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 
raisligida 2019-yilning 23-avgust kuni 
bo‘lib o‘tgan ta’lim tizimiga bag‘ishlangan 
videoselektor yig‘ilishi mazmuniga e’tiborimizni 
qaratsak. Mazkur yig‘ilishda Sh.Mirziyoyev 
foydalanilmayotgan salohiyat, obro‘yi tushib 
ketgan «ma'naviyat» tushunchasi va XTV 
mavqesi haqida gapirdi: «Biz keyingi paytda, 
ming afsuski, «ma'naviyat» tushunchasining 
obro‘yini tushirib yubordik. Ma'naviyatga 
go‘yoki keraksiz narsadek munosabatda 
bo‘ldik. Bugun ko‘pchilik yoshlar ongini 
iste'molchilik kayfiyati, Vatan, el-yurt taqdiriga 
beparvolik, «ommaviy madaniyat» ko‘rinishlari 
egallab olmoqda. O‘zingiz ayting, o‘z xalqining 
tarixini, ma'naviy va diniy qadriyatlarini hurmat 
qilmaydigan, ularni himoya qilishga qodir 
bo‘lmagan odam vatanparvar va elparvar 
bo‘lishi mumkinmi?
Buyuk ajdodlarimiz o‘zlarining ilmiy va 
ijodiy kashfiyotlari bilan dunyoga ustozlik 
qilishgan. Boshqalarga ergashmagan, balki 
boshqalarni o‘z ortidan ergashtirgan. Biz ham 
ergashuvchi emas, ergashtiruvchi kuchga ega 
xalq bo‘lishimiz shart. Aks holda, taraqqiyot 
yo‘lidan chekkaga chiqib, yana tanazzul 
botqog‘iga botamiz. Ota-bobolarimiz erishgan 
marralarni osongina boy berib qo‘yamiz. Bu 
ajdodlar ruhiga, kelajak avlodlarimizga xiyonat 
emasmi? Bu sohada bugun shoshilinch 
choralar ko‘rmasak, ertaga kech bo‘ladi…»
4
.
“…zamonaviy kompyuter texnologiyalari 
va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha 
ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur.
Аna shu vazifani hal etishda turli 
darsliklarni yaratish, ularni chop etish va 
moliyalashtirish masalalarida idoralar 
o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, 
jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, Bosh vazirga 
alohida komissiya tuzib, bir oy muddatda 
darsliklar, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan 
4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni ta'lim tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqi// https://kun.uz/uz/
news/2019/08/23/maktablar-uchun-mablagni-ayamaymiz-prezident-talim-masalalariga-bagishlangan-videoselektor-otkazdi
real ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima 
qilish, ular bilan o‘quv yurtlari, kutubxona 
va axborot-resurs markazlarini taʼminlash 
bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini taqdim 
etish topshiriladi.
Bunda yoshlar va aholining keng 
qatlamlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish 
masalalariga ham alohida eʼtibor berish lozim 
bo‘ladi. Kitoblarning haqiqiy narxi shakllanishini 
juda ham puxta o‘rganish zarur.
Hozirgi paytda hammamizning 
oldimizda juda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng 
yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan 
muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini 
yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni 
yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”5.
Umuman olganda tarbiya orqali ko‘plab 
ommaviy ta’sirlarga qarshi kurashish mumkin. 
Tarbiya insondagi ma’naviy immunitetni 
kuchaytiruvchi asosiy omil hisoblanadi. 
Axborot va komunikatsiya rivojlanayotgan 
hozirgi zamonda ma’naviy immunitetga 
ehtiyoj seziladi. Ijtimoiy tarmoqlarda 
tarqalayotgan matnli, grafikli, video va 
audio shakllardagi ma’lumotlar hamda ular 
qiyofasida mujassamlashgan g‘oyalar ijtimoiy 
tarmoq foydalanuvchisi tomonidan qanday 
mazmunda anglanayotganligi biz uchun 
so‘roq ostida qolishi tabiiy. Biz esa quyidagi 
bir jumla orqali o‘z maqsadimiz va faoliyatimiz 
mazmun-mohiyatini yoritib berishga harakat 
qilamiz. 
Buyuk bobokalonimiz, tibbiyot 
asoschilaridan biri bo‘lgan Abu Ali ibn Sino 
shunday degan edi:
“Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning 
oldini olgan maqul”. Ushbu fikr biz keltirayotgan 
mulohazalarning asosiy dalili bo‘la oladi. 
Ma’naviy immunitet kelajakda bizni kutib 
turgan muammolarning yechimi bo‘la oladi. 
Fikrimiz boshida keltirib o‘tgan globallashuv 
zamonining eng ilg‘or “o‘qituvchisi” bo‘lgan 
internet biz o‘qituvchilarning, biz ota-onalarning 
o‘rnini egallashiga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. 
Ma’naviy immunitet yagona ilm manbalari 
orqali shakllantirilmaydi. Ma’naviy immunitet 
faqatgina insonga xos bo‘lgan insonparvarlik, 
mehr-oqibat, vijdonlilik, adolat kabi boshqa 
ko‘plab fazilatlari bilan birgalikda singdirilishi 
va shakllantirilishi mumkin.
IJTIMOIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
106 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin