Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi


Taftish komissiyasining maqsadi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan iborat



Yüklə 15,93 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü15,93 Kb.
#186101
1   2   3   4   5   6   7
Presentation

47. Taftish komissiyasining maqsadi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan iborat.

48. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga, fuqarolar yig‘ini majlisining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qarorlariga hamda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiradi.

49. Taftish komissiyasi o‘z tekshirishlarini fuqarolar yig‘ini majlisining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

Taftish komissiyasi rejadan tashqari tekshirishlarni fuqarolar yig‘ini a’zolarining kamida uchdan bir qismining so‘roviga binoan o‘tkazadi.

50. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobdordir.

51. Quyidagilar Taftish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

fuqarolar yig‘ini organlari tomonidan fuqarolar yig‘ini mol-mulkini saqlash va undan foydalanish, jumladan pul mablag‘larining maqsadli va manzilli sarflanishi holatini tekshirish;

fuqarolar yig‘ini organlari tomonidan hisob-kitob hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritilishini tekshirish;

fuqarolar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotganligini tekshirish, uning natijalarini tahlil qilish hamda fuqarolar yig‘iniga taklif va xulosalar kiritish;

jalb etilgan homiylik xayriya mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

  • fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘ini majlisiga kiritish.

53. Taftish komissiyasi o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

tekshirish o‘tkazish bo‘yicha yillik ish rejalarini tuzish va tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga) kiritish;


Yüklə 15,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin