Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi


Taftish komissiyasi tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylang



Yüklə 15,93 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü15,93 Kb.
#186101
1   2   3   4   5   6   7
Presentation

Taftish komissiyasi tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.

Ovoz berish Taftish komissiyasi a’zoligiga har bir nomzod bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.

Fuqarolar yig‘ini (raisi) tomonidan taqdim etilgan nomzod saylanmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan shu kunning o‘zida fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan uning o‘rniga boshqa nomzod taqdim etiladi va belgilangan tartibda saylanadi.

Taftish komissiyasi raisi va uning a’zolari besh yil muddatga saylanadi.

  • Taftish komissiyasi a’zolarining soni toq bo‘lishi kerak.

56. Taftish komissiyasi raisi yoki a’zosi quyidagi hollarda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ning qarori bilan Taftish komissiya tarkibidan chiqariladi:

o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

ushbu Namunaviy nizomda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda;

Taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yig‘ini majlislarida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) uzrli sabablarsiz muntazam ravishda uch yoki undan ortiq marta ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda;

fuqarolar yig‘inining obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etganda;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;

doimiy yoki asosan yashash joyi o‘zgarganda;

sog‘lig‘ining holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda;

vafot etgan taqdirda.

Taftish komissiyasi raisi yoki a’zosi Taftish komissiyasi tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) bir oy muddat ichida Taftish komissiyasining yangi raisi yoki a’zosini saylaydi.


Yüklə 15,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin