Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi


Taftish komissiyasining majlisi unda Taftish komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi



Yüklə 15,93 Kb.
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü15,93 Kb.
#186101
1   2   3   4   5   6   7
Presentation

57. Taftish komissiyasining majlisi unda Taftish komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Taftish komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega.

Taftish komissiyasining dalolatnomalari va xulosalari majlisda qatnashayotganlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Ovozlar teng bo‘lganda Taftish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

  • Taftish komissiyasi a’zolari Taftish komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmaganda majlis bayonnomasida alohida fikrlarini qayd ettirishga va ularni fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga), fuqarolar yig‘ini kengashiga yetkazishga haqlidirlar.

58. Taftish komissiyasi raisi:

Taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;

Taftish komissiyasining joriy ishlarini tashkil qiladi;

fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida Taftish komissiyasi nomidan vakil bo‘ladi;

Taftish komissiyasi nomidan chiqariladigan hujjatlarni imzolaydi;

Yilning har choragida bir marta amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot beradi.

  • 59. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organlarining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Taftish komissiyasining xulosasi

60. Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari asosida quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlaydi:

hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli va to‘g‘ri ekanligiga berilgan baho;

buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi holatlari, shuningdek, qonunbuzilishi faktlari to‘g‘risidagi ma’lumot;

aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar.


Yüklə 15,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin