qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek, fuqarolar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatiga doir yozma ma’lumotlar olish;
zarur hollarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil auditorlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
moliya-xo‘jalik va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish, zarur hollarda xonadonlarga borib ma’lumotlarni solishtirish;
fuqarolar yig‘ini nomidan tuzilgan shartnomalar, amalga oshirilgan bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
moliya-xo‘jalik faoliyatida belgilangan normativ ko‘rsatkichlar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish;
fuqarolar yig‘ini mol-mulkidan foydalanishning holatini o‘rganish;
tekshirish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha moddiy javobgar shaxslardan tushuntirishlar olish;
moliya-xo‘jalik faoliyatida aniqlangan kamchilik va qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ni chaqirish to‘g‘risida taklif kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yig‘ini kengashi yoki fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan qabul qilingan qarorlarning to‘g‘riligini, ularning qonunchilik hujjatlari talablariga va fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) qarorlariga muvofiqligini tekshirish;
(53-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
soliq inspeksiyasi, statistika organlari va boshqa vakolatli davlat organlari uchun hisobot hujjatlari to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish;
fuqarolar yig‘inining moliyaviy hujjatlarini, mol-mulk xatlovi bo‘yicha ma’lumotlarni birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash;