16
Tajriba ishi-5
Intelektual datchiklar yordamida haroratni aniqlash.
Ishdan maqsad:
Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo’llaniladigan tеmpеraturani o’lchash
usullarini va ularning ishlash printsiplarini o’rganib, hisobotda ularning ishlashiga aniq
tushuntirish bеrishlari kеrak bo’ladi.
Talabaga laboratoriya ishini bajarish uchun ruxsat ushbu uslubiy qo’llanmani,
ma’ruza matnining va quyida kеltirilgan adabiyotlarning ushbu mavzuga ta’luqli
bo’limlarini chuqur o’rgangandan so’ng bеriladi:
1. Yusupbekov N.R., Muqamedov B.I., G’ulomov SH.M.
Texnologik jarayonlarni
nazorat qilish va avtomatlashtirish. Toshkent.: “O`qituvchi”, 2011.-576 b.
2. Yusupbekov N.R., Muqamedov B.I., G’ulomov SH.M. Texnologik jarayonlarni
boshqarish sistemalari. Toshkent.: “O`qituvchi”, 1997.- 704 b.
3. Muxammedov B.E. «Metrologiya, texnologik parametrlarni o`lchash usullari va
asboblari».- T.: «O`qituvchi», 1991 . – 320 b.
4. Farzane N.G. i dr. Texnologicheskie izmereniya i pribori. M.: «Visshaya shkola»,
1989.-456 s.
Topshiriq:
Tеmpеraturani o’lchash usullarini va ularning ishlash printsiplarini o’rganib,
ularning ishlashiga aniq tushuntirishlar bеrish.
Termoelektrik pirometrlar
Temperaturani termoelektrik pirometrlar bilan o`lchash termoelektrik effektga
asoslangan. Ikki yoki bir nechta xar xil jinsli o`tkazgichlardan tashkil topgan berk
zanjirida, agar o`tkazgichlar ulangan (kovsharlangan) joylarining
kamida ikkitasida
temperatura xar xil bo`lsa, elektr toki xosil bo`ladi.
Ikki xar xil jinsli o`tkazgichlardan tashkil topgan zanjirga termojuft deyiladi.
O`zgaruvchan temperaturaga (t) ega bo`lgan kovshar issiq ishchi kovshar va o`zgarmas
temperaturaga (t
0
) ega bo`lgan kovshar sovuq kovshar deyiladi. A va B o`tkazgichlar
termoelektrodlar deyiladi.
Termoelektrik effekt metallarda erkin elektronlar mavjudligi bilan tushuntiriladi.
erkin elektronlar soni o`tkazgich turiga (jinsiga) va uning temperaturasiga bog`liq bo`ladi.
Faraz qilaylik, A metalda B metaldagidan ko`proq erkin elektronlar mavjud (19-
rasm) va shu sababli A metaldan B metalga B metaldan A metalga nisbatan ko`proq
elektronlar diffuziyasi kuzatiladi. Natijada A metal musbat va B metal manfiy zaryadlana
boshlaydi.
Kovsharda xosil bo`layotgan elektr maydoni bu elektronlar diffuziyasiga to`shinlik
qiladi va elektronlar diffuziyasi tezligi elektronlarning orqaga
qarab diffuziyalanish
tezligiga teng bo`lib qoladi (ya`ni, A dan B ga qancha elektron o`tayotgan bo`lsa V dan A
17
ga qam shuncha elektron diffuziyalanib o`tadi). Bunda A va B elektrodlar orasida
qandaydir potentsiallar farqi xosil bo`ladi.
E(tt
0
)=e
AB
(t)-e
AB
(t
0
)
rasm-5.1
Bundan tashqari, termoelektrodlarning xar xil temperaturaga ega bo`lgan
uchlari
orasida qam TEYUK qosil bo`ladi. Bunda, temperaturasi katta bo`lgan kovshardan,
temperaturasi kichik bo`lgan kovsharga qarab elektronlar diffuziyasi, temperaturasi kichik
bo`lgan kovshardan, temperaturasi katta bo`lgan kovsharga nisbatan ko`proq bo`ladi.
elektronlar diffuziyasi elektrod kovsharlari orasida qosil bo`lgan
potentsiallar farqi bilan
muvozanatlanguncha davom etadi.
Termoparalarda yuqorida keltirilgan ikki faktor ishlab, 1 va 2 kovsharlarda,
ularning temperaturasi va termoelektrod materiallariga mos ravishda ikki TEYUK (e
AB
(t)
va e
BA
(t
0
)) qosil bo`ladi.
Termoparada qosil bo`layotgan yig`indi termoelektr yurituvchi kuch TEYUK
E
AB
(tt
0
), kovsharlarda qosil bo`layotgan potentsiallar farqlarining algebraik yig`indisiga
teng
E
AB
(tt
0
)=e
AB
(t)+e
BA
(t
0
),
agar e
BA
(t
0
) = -e
AB
(t
0
)
ligini qisobga olsak, unda,
E
AB
(tt
0
)=e
AB
(t) - e
AB
(t
0
),
t=t
0
bo`lganda E
AB
(tt
0
)=0. YA`ni, issiq kovshar temperaturasini o`lchash uchun
sovuq kovshar temperaturasi o`zgarmas qiymatga ega bo`lishi kerak (masalan, t
0
=0).
18
1- termoparning issiq kovshari;
2- farforli nakonechnik;
3- ximoya trubkasi;
4- farforli busiklar;
5- termoparani o`rnatish uchun
qo`zg`aluvchi flyanets;
6- ulash qutisining korpusi;
7- farforli kolodka;
8- kolodkani qotirish vintlari;
9- qishichlar;
10- termoelektrod qishichlaridagi
qotirish vintlari;
11-simlarni qotirish vintlari;
12- qopqoq;
13- prokladka;
14- chiqish shtutseri;
15-asbestli shnur;
16-vint .
rasm-5.2 Termojuftlik tuzilishi
Dostları ilə paylaş: