9
Bu o`lchov asboblarining kamchiliklariga o`lchash chegarasining kichikligi va
o`lchanayotgan temperatura bilan to`yingan bug` bosimi orasidagi chiziqsiz bog`liqlik
sababli, shkalaning bir tekisda emasligi, ya`ni, shkala boshlanishida bo`limlarning zich
joylashgani va oxiriga borib, bo`limlar kengayib borishi kiradi.
Katta bosimda yoki agressiv muxitda temperaturani o`lchaganda termoballon
ob`ektga moy yoki mis qirindilari bilan to`ldirilgan ximoyalovchi gilzada o`rnatiladi.
Manometrik termometrlarning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
o`lchash aniqligining yuqori emasligi (aniqlik sinfi 1-2,5); termoballon o`lchamlarining
kattaligi sababli inertsiyasining kattaligi; tizim germetikasi buzilganda ta`mirlashning
qiyinligi.
Ikkilamchi o`lchov asboblari bilan ishlash uchun ma`lumotlarni masofaga uzatish
tizimi bor manometrik termometrlar ishlatiladi. Bu o`lchov asboblarda temperaturaning
o`zgarishi proportsional unifikatsiyalangan (pnevmatik yoki elektr) signalga aylantirilib
ikkilamchi asboblarga uzatiladi (masalan: pnevmatik va elektr signal o`zgartirgichli
manometrik termometrlar TPG-189P, TPG-189E yoki TPJ-189P, TPJ-189E).
Dostları ilə paylaş: