Tajriba ishi №3 Mavzu: Sarfni va sathni


-rasm. Ko’rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator yordamida uzatadigan ratometr



Yüklə 254,29 Kb.
səhifə4/15
tarix07.01.2024
ölçüsü254,29 Kb.
#208774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3-t (1)

3.4-rasm. Ko’rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator yordamida uzatadigan ratometr.
SHkalasiz rotametlar ko‘rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial-transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ish bosimi ta’siridagi muhit sarfini o‘lchash uchun (6,27 mPa) chiqariladi. Bu asboblar kattaroq ortiqcha bosimlarga ham mo‘ljallab chiqariladi. Bundan tashqari, o‘zgarmas 0...5 mA tokli chiqish signali bilan ishlaydigan rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo‘yicha o‘lchash chegarasi 16000 l/soat. Asosiy xatolik ±1,5%.
Portlash va yong‘in xavfi bor joylarda ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametrlar ishlatiladi. Bunday rotametrning prinsipial sxemasi 3.5-rasmda ko‘rsatilgan. Bu rotametrning o‘lchash qismi konussimon qalqovich 1, diafragma 2 va po‘latdan ishlangan silindrik quvur 3 dan iborat. Qalqovich konussimon quvur ichida harakat qiluvchi rotametr turlari ham mavjud. Shtok 4 ga ikkita silindrik magnit 5 biriktirilgan. Bu magnitlar bir-biriga bir xil ishorali qutblari bilan qaratilgan. Magnitlar qalqovich bilan birga naycha 6 ichida siljiydi. Naycha esa magnitmas materialdan tayyorlanadi. Tashqaridan naycha pishang 8 ga o‘rnatilgan magnit 7 bilan o‘ralgan.
Silindrik magnitlar 5 bilan tashqi magnit 7 magnitli mufta hosil qiladi. Qalqovichning magnit mufta va pishang 8 yordamida harakatlanishi o‘lchanayotgan sarf miqdorini shkala 10 da joylashgan ko‘rsatuvchi strelka 9 ga uzatadi. Masofaga pnevmatik uzatish mexanizmi kompensatsiya sxemasi asosida ishlaydigan o‘zgartgichdal iborat. O‘lchash tizimidagi tebranishlarni kamaytirish uchun dempferlovchi qurilma 28 ishlatiladi. Pnevmo uzatishli rotametrlarning seriyali ishlanadigan rusumlari 6,27 mPa ish bosimiga mo‘ljallangan.

3.5 – rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametr sxemasi.
Bu asboblar bilan (suv bo‘yicha 16 m3/soat) gacha sarflar o‘lchanadi. Asosiy xatolik ±1,5% dan oshmaydi.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland bo‘lmasligi lozim.

3.6 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.

3.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2 dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pezometrik naycha 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pezomstrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 3.6-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir.


Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
(3.15)
bu erda, a – sarf koeffitsienti; S0 – tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning balandligi.
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffitsienti tirqishning geometrik shakliga, ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda sarf koeffitsienti a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffitsientining aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi.
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan, difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 m3/soat bo‘lgan qurilmaning asosiy xatosi ±3,5%.

Yüklə 254,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin