1. Fraza nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birlitarbiyachiir. U
ohang va fikriy tugallikka ega bo‘lganligi uchun ko‘pincha gapga teng keladi.
2. Takt frazaning bir qismi bo‘lib, qisqa pauza bilan ajratib aytiladi. Buning tarkibidagi
so‘z yoki so‘zlar bir bosh urg‘u (bir havo oqimi) bilan talaffuz qilinadi.
3. Fonetik so‘z o‘z urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir urg‘uga birlashadigan (bir urg‘u
bilan talaffuz etiladigan), ikki va undan ortiq so‘zshakldir. Takt tarkibidagi fonetik so‘zlar soni
undagi so‘zlarning umumiy miqdori bilan emas, urg‘uli so‘zlar miqdori bilan belgilanadi, ya’ni
takt ichida urg‘uli so‘z qancha bo‘lsa, fonetik so‘z ham shuncha bo‘ladi.
4. Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan
tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning
uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi.
Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: bola nutqini
takomillashtirish va uning o‘z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirish chog‘ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi
individual farqlar juda sezilarli bo‘ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo‘ladi.
Bolaning o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi
vazifasidir.Ushbu davrda nutq bolani ijtimoiy tajriba bilan tanishtirish, uning faoliyatini
kattalar tomonidan boshqarishning eng muhim vositasiga aylanadi, nutq ta’siri ostida barcha
psixik jarayonlar qayta quriladi.
Xulosa qilib aytganda, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng
oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar
so‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Til borlig‘ini anglash uning barcha – fonetik,
leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug‘atni
takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni tushunishga), nutqning
tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliyati, ohang ifodaliligi)
rivojlantirishga, nutqning grammatik to‘g‘riligini (morfologiya, so‘z hosil qilish, sintaksisni)
shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi.