170
o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun esa tarbiyachi adabiy
qoidalarini bilish, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va bolalar
bilan suhbatlar o‘tkazish muhimdir. S. N. Karpovaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki,
maktabgacha yoshdagi bolada gap tarkibidan barcha turdagi so‘zlarni ajratib olish ko‘nikmasini
shakllantirish mumkin. Buning uchun ularga so‘zlarning mezonlarini, ya’ni so‘z tovushlarining
majmuasidan iboratligini, so‘z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim.
Albatta
buning uchun bolaning yoshiga mos keluvchi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilinganday qilinganda, yoshidan qat’iy nazar bolalarda so‘z haqida adektiv va
anglangan tasavvurlar paydo bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni yuksak
g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfatlaridan
yuqoriroq manfaat bo‘lishi
mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat
ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bunda esa albatta tarbiyachining o‘rni beqiyos
va muhimdir. Shunday qilib aytganda nutq maktabgacha yoshdagi
bolalarning taraqqiy
etishlarida katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini
o‘stirishda atrofdagi insonlarning shuningdek tarbiyachilarning nutq madaniyati rivojlangan
bo‘lishi muhim sanaladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng
muhim xususiyati nutqning
rivojlanganligi hisoblanadi. Tarbiyachi tomonidan nutq o‘stirish to‘g‘ri rejalashtirib boriladi.
Inson nutqi uzluksiz va to‘xtovsiz davom etadigan tovushlar oqimidan iborat emas. U turlicha
hajmdagi intonatsion birliklarni o‘z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: