Tajribalar: yangi avlod darsliklari, milliy dastur va raqamli texnologiyalar



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#175400
1   2   3   4   5
13205 1 185D6EBA8BA42AFDBD73F05174457644CD0F1D9C

1.
 
Fraza 
nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birlitarbiyachiir. U 
ohang va fikriy tugallikka ega bo‘lganligi uchun ko‘pincha gapga teng keladi. 
2.
 
Takt 
frazaning bir qismi bo‘lib, qisqa pauza bilan ajratib aytiladi. Buning tarkibidagi 
so‘z yoki so‘zlar bir bosh urg‘u (bir havo oqimi) bilan talaffuz qilinadi. 
3.
 
Fonetik 
so‘z o‘z urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir urg‘uga birlashadigan (bir urg‘u 
bilan talaffuz etiladigan), ikki va undan ortiq so‘zshakldir. Takt tarkibidagi fonetik so‘zlar soni 
undagi so‘zlarning umumiy miqdori bilan emas, urg‘uli so‘zlar miqdori bilan belgilanadi, ya’ni 
takt ichida urg‘uli so‘z qancha bo‘lsa, fonetik so‘z ham shuncha bo‘ladi. 
4.
 
Bo‘g‘in 
o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan 
tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning 
uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. 
Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: bola nutqini 
takomillashtirish va uning o‘z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini 
rivojlantirish chog‘ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi 
individual farqlar juda sezilarli bo‘ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo‘ladi. 
Bolaning o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi 
vazifasidir.Ushbu davrda nutq bolani ijtimoiy tajriba bilan tanishtirish, uning faoliyatini 
kattalar tomonidan boshqarishning eng muhim vositasiga aylanadi, nutq ta’siri ostida barcha 
psixik jarayonlar qayta quriladi. 
Xulosa qilib aytganda, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng 
oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar 
so‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Til borlig‘ini anglash uning barcha – fonetik, 
leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug‘atni 
takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni tushunishga), nutqning 
tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliyati, ohang ifodaliligi) 
rivojlantirishga, nutqning grammatik to‘g‘riligini (morfologiya, so‘z hosil qilish, sintaksisni) 
shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin