Tajribalarning maqsadi



Yüklə 86,9 Kb.
səhifə1/3
tarix30.09.2023
ölçüsü86,9 Kb.
#151116
  1   2   3
LABORATORIYA ISHI №3 Диод ВАХи


LABORATORIYA ISHI №3
VAKUUMLI DIODNING VOLT-AMPER
XARAKTERISTIKASI (VAX)NI O’RGANISH.


TAJRIBALARNING MAQSADI:
-Vakuumli diodning volt-amper xarakteristikasini katodni qizdirish kuchlanishining uch qiymatida o’lchash.
-Xajmiy manfiy zaryadning anod maydoniga qarshi ta’sir sohasini va VAX ining to’yinish sohasini aniqlash.
-Lengmyur-Chayld qonunini tekshirish.


ASOSIY MA’LUMOTLAR.
V
Kerakli asboblar.
1 planar diod P.
1 planar diod P.
1 universal taglik P
1 DC energiya manbai 0 ... 500 V
1 amperemeter, AC, I<
10 mA
1 voltmeter, DC, U < 500 V
1 taqsimlash qutisi
3 xavfsiz ulash kabellari, 100 cm, qizil
2 xavfsiz ulash kabellari, 100 cm, ko’k
1 xavfsiz ulash kabellari, 50 cm, ko’k
1 ulash kabeli, sariq/yashil, 200 cm


akuumli diod ichida vakuum hosil qilingan, germetik yopiq ikki elektrodni o’z ichiga olgan shisha lampadan iborat o’zidan elektronlar chiqaradigan termoionik katod va anod (1- rasmga qarang). Agar lampaning katodi va anodi orasiga yetarlicha kuchlanish qo’yilsa shu ikki qutb o’rtasida elektr toki vujudga keladi. Katod elektr toki yordamida qiziydigan simdan iborat bo’lib u elektr kuchlanishi ta’sirida elektronlarni ajratib chiqaradi. Qizigan katod o’zidan elektronlarni chiqaradi (termoelektron emissiya). Agar anod potensiali katod potensialiga nisbatan musbat bo’lsa elektronlar anodga tomon tezlanish oladi va anod toki hosil bo’ladi. Anod tokining qiymati, boshqa narsalardan tashqari, anod va katod o’rtasidagi kuchlanishdan (anod kuchlanish) bog’liq bo’ladi. Agar anod kuchlanishning yo’nalishi qarama-qarshiga o’zgartirilsa katoddan chiqayotgan elektronlar qarama-qarshi yo’nalgan maydonga qarshi harakatlana olmasligi uchun anod toki hosil bo’lmaydi. Shuning uchun vakuumli diod filtrlash bloke sifatida yoki o’zgaruvchan toklarning to’g’rilagichi sifatida foydalanish mumkin. Demak, umuman olganda, vakuumli diod yarim o’tkazgichli diodga o’xshash xossalarga ega. Yarimo’tkazgichli diodlar rivojlanish bilan vakuumli diodlar tobora muhimligini yo’qotib bormoqda. Bugungi kunda integral zanjirlarda kam joy egallaganliklari uchun asosan yarimo’tkazgichli qurilmalardan foydalanilmoqda. Bu tajribada vakuumli diodning VAX o’rganiladi. VAX anod toki IA ning anod kuchlanishi UA ga bog’liqligini ifodalaydi.
Volt-amper xarakteristikasida uch sohani bir-birida farqlash mumkin.
Teskari kuchlanish sohasi (A):
Anod potensiali katod potensialiga nisbatan manfiy soha. Bu sohada elektronlar elektr maydonigaqarshi yo’nalishda harakatlana olmaydi. Elektronlar katoddan Ekin>0 kinetik energiya bilan ajralib chiqqanlari uchun anod kuchlanishi eng tez elektronlarni to’xtatib qolgunuga qadar anod toki mavjud bo’ladi.
Hajmiy zaryadlar chegaralanish sohasi(B):
Kichik maydon kuchlanganligida katoddan ajralib chiqayoygan elektronlarning barchasi ham anodga yetib bora olmaydi. Ular katodni atrofida xuddi bulutga o’xshab manfiy fazoviy zaryadni hosil qiladi. Shuning uchun past kuchlanishlarda anodda boshlanadigan elektr maydon kuch chiziqlari katodgacha yetib bormasdan shu elektronlarning fazoviy manfiy zaryadida tugaydi. Anoddan boshlanib chiqayotgan elektr maydon shunday qilib to’siqqa uchraydi. Qachonki kuchlanishning ortishi maydon kuch chiziqlarini katod atrofi sferasiga chuqurroq kirita olganda anod toki orta boradi. Anod tokining katod kuchlanishiga bog’liqligi Lengmyur-Chayld tenglamasi yordamida ifodalanadi: Ia~Ua3/2 yoki Ia3/2~Ua(I).
To’yinish sohasi (C):
To’yinish sohasida emissiya toki anod kuchlanishidan bog’liq emas. Ammo u katoddan ajralib chiqayotgan elektronlar sonini oshirish bilan orttirilish mumkin. Bunga esa qizdiruvchi kuchlanishni orttirish bilan erishish mumkin. Shunday qilib to’yinish tokining kattaligi katodning tempraturasidan bog’liq bo’ladi va har bir qizdirish kuchlanishga alohida VAX mos kaladi.




Yüklə 86,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin