Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja



Yüklə 123,76 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü123,76 Kb.
#91663
Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja


Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari

            • Reja :

  • a ) Yarim o’tkazgichli diod haqida tushuncha .

  • b ) Yarim o’tkazgichli triod , bipolyar tranzistorlar .

  • v ) Unipolyar tranzistorlar.

  • g ) Tiristorlar .

  • Xulosa

p-n o'tish hodisasi asosida ishlaydigan eng sodda yarim o'tkazgichli asbob yarim oʻtkazgichli diod deb ataladi . Shunga ko'ra p - n o'tishning volt-amper xarakteristikasi yarim o'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasidir.Uning shakli ko'p faktorlarga bog'liqdir.Masalan,tashqi temperaturaga kontakt sohasining geometrik o'lchamlariga, tok tashuvchilar miqdoriga teskari kuchlanish kattaligiga va h.k.


Amaliy jihatdan bu faktorlarinning teskari tokka bo'lgan ta'siri katta ahamiyatga ega. Masalan muhit haroratining ko'tarilishi yoki teskari kuchlanishi biror qiymatgacha hirilishi teskari birdan ko'payib tishiga , natijada p-n o'tishning buzilishiga, sabab bo'ladi. Shulardan issiqlik va elektr buzilishini ko'raylik 1-rasmda yarim o'tkazgichli diodning sxemada belgilanishi va to'lqin volt - amper xarakteristikasi ko'rsatilgan, Unda 1-chiziq issiqlik bo'lishi,b2-chiziq esa, elektr buzilishini ko'rsatadi.
Kontakt sohasining kengligiga qarab yarim o'tkazgichli diodlar nuqtaviy va yassi diodlarga ajratiladi .
1-rasm. a) Yarim otkazgichli diodning sxemada belgilanishi; b) Volt-amper xarakteristikasi

Diodga qo'yilgan kuchlanish o'zgarishi p-n o'tishning kengligini o'zgartiradi. Bu o'zgarish kondensator qoplamlari orasidagi masofaning o'zgarishiga mos keladi. p - n o'tishning bu xususiyati diodni boshqaruvchi sig'imli element qilib ishlatish imkonini beradi. Bunday diodlar varikplyar deb atalab.



Yarim oʻtkazgichli triod . Bipolyar tranzistorlar.
Yarim o'tkazgichli triod elektron asboblarining bir turi bo'lib, tranzistor deb ataladi. Tuzilishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar tranzistorlarga ajratiladi.
Bipolyar tranzistorlarning ishlashi p-n o'tish hodisasiga, unipolyar tranzistoring ishlashi esa, bir turdagi o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan yarim o'tkazgichning o'tkazuvchanligini elektr maydoni yordamida boshqarishiga asoslangan.
Bipolyar tranzistor yarim o'tkazgich monokristalda ikkita p-n o'tish sohasini hosil qilish asosida yasaladi. Uni o'tkazuvchanligi almashib keladigan 3 ta sohaga ajratish mumkin. Agar monokristallning hajmi bilan chegaralangan bo'lsa, hosil bo'lgan yassi tranzistor p-n-p turdagi tranzistor deyiladi. Aksincha, kovak o'tkazuvchanlik soha orasida bo'lsa n-p-n turdagi tranzistor hosil bo'ladi. Bu tranzistorlarning sxemada belgilanishi va potensial to'sig'ining ko'rinishi 2-rasmda ada belgilanishi va ko'rsatilgan.


Unipolyar tranzistorlar

Unipolyar tranzistor elektr maydoniga ega bo'lgan tranzistor bo'lib, tok bir turdagi asosiy tok tashuvchi hisobiga hosil qilinadi. tashuvchi hisobiga hosil qilinad Elektr maydoniga ega bo'lgan yoki "maydon" li so'zning mohiyati shundan iboratki, unipolyar tranzistor chiqish toki boshqaruvchi elektrodning kuchlanishi hosil qiladigan elektr maydon orqali boshqarilishini bildiradi. Unipolyar tranzistorlarning sxemada belgilanishi 1-jadvalda keltirilgan.






-Tiristorlar to'rt qatlamli,ya'ni uchta p-n o'tishli yarim o'tkazgich asbobdir. Chetki p-qatlam anod n-qatlam katod deb ataladi. Ichki p va n-qatlamlar boshqaruvchi elektrodlar yoki ba'za deyiladi.





Adabiyotlar:



  1. Ma'ruzalar matni.

  2. Nigmatov K. Rodioelektronika asoslarl. T., 1994.

  3. Qoʻyliyev B.T. Tabiatning fzik xossalari bitmas- tuganmasdir. Qarshi, 2005.

  4. Gershunskiy B.S. Elektronika va mikroelektronika asoslari. M., 1990.

  5. Manaev E.I. Radioelektronika asoslari. M., 1989.

  6. Molchanov A.P., Zanadvorov P.N. Elektron va radiotexnika kursi. Moskva, Nauka, 1976.

  7. Stepanenko I.P. Transistorlar va tranzistorlar nazariyasi asoslari



Qo'shimcha adabiyotlar:



  1. I.P.Zherebsov. Elektronika asoslari. M. Energoatomizdat 1989.

  2. Gusev V.G., Gusev Yu.M. Elektronika. Moskva, 1991 yil


Yüklə 123,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin